Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
To ko‘cha eshigi ochilib, ostonada Hosilboyvachcha ko‘ringuniga qadar Elchin Jamshidga 
qarab o‘q uzilishiga amin edi. Shu sababli Hosilboyvachchaning sovuq basharasi 
ko‘ringani hamon ajablanib, qaynotasiga savol nazari bilan boqdi: buning aybi nima? 
To‘yda meni xorlaganimi? Nahot shuning uchun?.. Uyg‘ongan savollar oqimi oxiriga 
yetmay o‘q uzildi. So‘ng Asadbek to‘pponchani uzatib, qahrli ovoz bilan amr etdi: 
Chiq tez, o‘lmadi shekilli, qo‘lim titradi. Tirik bo‘lsa, ot! 
— Nimaga? 
— Chiq deyapman! Zaynabni bulg‘adi bu, eshityapsanmi?! Erkakmisan, o‘zing? 
Elchin bu gapga ishonqiramasa ham, vujudida uyg‘ongan bir kuch to‘pponchaga qo‘l 
uzatishga majbur etdi. Asadbek yana baqirgach, hovliga chiqdi. U Asadbekning 
gaplaridan tamoman gangigan edi. U qattiq yerda yurib emas, go‘yo savollar botqog‘iga 
tobora botib borardi. Asadbek «ot!» deb buyurdi, u amrga itoat etib, hovliga chiqdi, o‘lja 
sari yurib boryapti. Lekin tepkini bosa oladimi yo yo‘qmi — aniq bilmaydi. Chunki 
Hosilboyvachchaning gunohidan bexabar. «Zaynabni qanaqasiga bulg‘ashi mumkin? Axir 
Zaynab o‘z og‘zi bilan Jamshidni aytgan-ku? U rasvoni deb o‘lmoqchi bo‘ldi-ku?..» deb 
garangsiydi. 
Asadbek reja tuzayotgan chog‘ida Elchin Hosilboyvachchani otgani chiqadimi yo rad 
etadimi, deb ko‘p o‘ylagan edi. «Xotinini bunday holatda ko‘rgan hebbim ham chidab 
turolmaydi», degan fikr rejaning to‘liq amalga oshishiga ishonch tug‘dirardi. U Elchin 
qalbida g‘azab gulxani yoqish uchun Zaynabning hammomdagi sharmandali holati 
tasvirini ko‘rsatmoqchi ham bo‘ldi. Shu fikrga kelishi bilan o‘zi uyatdan yorilib ketay 
dedi. U kuyovini o‘limga hukm qilgan edi. Ammo o‘limning totli labidan o‘pmoq arafasida 
turgan bu odamga ham tasvirlarni ko‘rsatishga jur’at qila olmadi. Hosilboyvachchaning 
aybini otish oldidan qisqa tarzda bayon qilishni ham o‘yladi. Biroq, bunga ham tili 
bormadi. O‘q uzilgach, «Zaynabni bulg‘adi bu!» deyishi esa Elchinda g‘azab gulxanini 
yoqa olmadi, balki savol botqog‘iga botirdi. 
Qat’iyatsizlik bilan qadam bosib borayotgan kuyoviga qarab, Asadbek g‘ijindi. U nishonni 
aniq olganiga, g‘animning jon taslim qilganiga ishonchi komil edi. Yana to‘qqiz-o‘n 
qadam qo‘ygach, bir necha oy kuyovlik libosida yurgan Elchin ham «baxtiyor» hayotiga 
shu yerda yakun topmog‘i lozim edi. Lekin u o‘sha to‘qqiz-o‘n qadamni bosishni 
istamayotganday imillaydi. Bir necha nafaslik fursat Asadbekka bir necha asrday g‘oyat 
uzoq tuyuldi. Shubha yo‘qki, qo‘lida yana bir to‘pponcha bo‘lganida, oqibatini o‘ylab 
o‘tirmay, Elchinni shartta-shartta otib tashlardi. 
Elchin esa og‘ir qadam bosayotganini o‘zi ham sezdi. «Kim ko‘rubtur, ey ko‘ngul, ahli 
jahondin yaxshiliq», deb afg‘on chekuvchi, o‘zini halol deb hisoblovchi, aslida esa o‘zi 
bilmagani holda shaytonning suyukli fuqarosiga aylangan bu odamga o‘limning issiq tafti 
sari borayotgani, bir tasodif bilangina tirik qolajagi hozircha noma’lum edi. To‘g‘ri, u 
qorong‘u uyda Zaynabga tegingan ondan boshlab Asadbekdan o‘lim hukmini kutib 
yashardi. Hatto to‘yidan keyin ham bu xavotir buluti tarqamagan edi. «Jamshidda nima 
qasdingiz bor edi?!» deb jag‘iga musht solganida qaynotasining hukm sari 
yaqinlashayotganini sezgan, ammo aynan shu bugun, aynan shu hovlida, hukmning ijro 
bo‘lishini o‘ylamagandi. Hozir, Hosilboyvachchaga yaqinlashar chog‘ida ham 
qaynotasining rejasidan bexabar, hatto eshik zarb bilan ochilib, G‘ilayni ko‘rganida ham 
buni fahm etmadi. Avval ko‘kragiga, so‘ng biqiniga o‘q qadalganidan keyingina bir «oh» 
uradi. Keyinroq, hushiga kelganida esa bu holatini eslab, laqmaligi uchun o‘zini 
la’natlaydi. «Taqdir (Asadbek emas!) qo‘limga to‘pponcha tutqizgan ekan, hammasini 
otib tashlamaymanmi, hammasidan birato‘la qutulmaymanmi», deb o‘kinadi. Lekin... 
So‘nggi pushaymondan kim lazzat topibdiki, Elchin huzurlansa...


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling