Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
46 — Asad, nima bo‘ldi? — dedi ostona hatlab. — Ho‘kizga o‘xshab bo‘kirma, dedim, senga. — Asad, nima bo‘ldi? — Nima bo‘lganini ko‘rmadingmi? — Ko‘rdim... Nimaga o‘ldirding? — O‘lgisi kelgan ekan, o‘ldi. Menikiga uni ajali haydab kelgan. Endi sen gapni chuvallashtirmay qo‘ya qol. — Nima uchun mendan yashirding? — Yashirganim yo‘q. O‘zing qayoqdagi tezaklarni terib yuribsan? Choyxonangdan chiqib qayoqqa g‘oyib bo‘lding? «Surishtiribdi-da...» — deb o‘yladi Kesakpolvon. Shu fikrning o‘zi uni bir oz tinchlantirdi. «Har holda butunlay surib chetga chiqarmabdi», deb taskin topay deganda Shayton alayhila’na asta kelib qulog‘iga shivirladi: «Bu ishni kecha rejalashtirmagandir? Uch-to‘rt kun pishitgandir? Mahmud bilan fikrlashgandir?..» Shayton shivirini tilga chiqarmoqchi edi, Asadbek gapirtirgani qo‘ymadi: — Boyvachchani ko‘mdir. G‘ilay seniki. Nima qilsang qil: oyog‘idan osasanmi, qaynoq suvga bo‘ktirasanmi, o‘zingning ishing. Ertalabgacha yigitlari qo‘l qovushtirib, salom beradigan bo‘lishsin. Bu topshiriq shivirlayotgan shaytonni nari surib, yuragiga chiroq yoqdi. Och yotgan ajdaho birdaniga o‘nlab odamlarni tiriklayin yutib qanday rohatlansa, Kesakpolvon shunday huzurlandi. Bu buyruq Kesakpolvon uchun kutilmagan baxt edi. Shu baxt quyoshidan ko‘zlari qamashib, iyib ketdi. — O‘zing tuzukmisan? — dedi mehribonlik bilan. — Nima, oldin buzuqmidim? — deb to‘ng‘illadi Asadbek. Gap bir oz sovuq ohangda aytilgan bo‘lsa-da, Kesakpolvon buni hazil sifatida qabul etib, do‘stining yelkasidan quchdi. — Tez bo‘l, imillama! — deb buyurdi Asadbek. — Eshvormagan — nomard! — dedi Kesakpolvon. — Ertalab hammasi emaklab kelib, etagingda namoz o‘qiydi. — Katta ketma. Isi chiqmasin. Namoz o‘qishlari shart emas, ammo hammasining og‘zini tikib chiqasan. Bittasi ovoz chiqarsa... keyin mendan xafa bo‘lib yurma. Keyingi gap iyib turgan ko‘ngilga muz parchalarini sochdi. — Sen... og‘ayni... oliftagarchilik qilma. Shu paytgacha qaysi ishning isini chiqaruvdim? — Jirillama! Kesakpolvonning tili bir qichidi-yu, ammo o‘zini tiydi. — Xo‘p, jirillamasam jirillamadim, — deb to‘ng‘illaganicha tashqariga chiqdi. Ko‘cha eshigini ochib, Bo‘tqani chaqirdi. — Manavini bir balo qilib, yukxonaga joyla. Bo‘tqa uchun shu buyruqning o‘zi kifoya qildi. Bir daqiqaning o‘zidayoq qonga belangan murda ikki buklanib, yukxonadan joy oldi. Bo‘tqa buyruqni ijro etgach, «yana xizmat bormi, akaxon?» deganday eshik og‘zida qo‘l qovushtirdi. — Ko‘tar buni, og‘zini och, — dedi Kesakpolvon G‘ilayga ishora qilib. Bo‘tqa uni tiklab, yiqilmasligi uchun bir qo‘li bilan suyab, ikkinchi qo‘li bilan yelim tasmani ko‘chirdi. G‘ilay chuqur nafas oldi. Kesakpolvon cho‘ntagidan sigaret chiqarib bittasini G‘ilayning labiga qistirdi-da, yoqqichni yondirdi. Pilik yorug‘ida G‘ilayning yuzi yanada xunuk ko‘rindi. U och qolgan odamday yutoqib tutatdi. Kesakpolvon yoqqichni o‘chirmadi, pilik alangasini uning jag‘iga tutdi. Jag‘i kuygan G‘ilay boshini orqaga tortdi. — Shunaqa, og‘aynichalish, — dedi Kesakpolvon, — xo‘jayinni almashtiradigan vaqt |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling