Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
27 muhoribasinda chiniqqan o‘rus askarlari bilan jang qildilar-ku?! Ular to o‘sha kunlarga qadar siyosat nima ekanini bilarmi edilar? Yo‘q, azizlarim, bilmas edilar. Harbiy ilmdan uzoq, siyosatning aldovdan iborat bir narsa ekanini bilmagan holda jang qildilar. Ha, ularda na harbiy, na siyosiy ilm bor edi. Ammo u ulug‘ zotlarning muborak qalblarida Vatanni sevmak tuyg‘usi bor edi. Biz, azizlarim, ana shu tuyg‘uni sharaflamagimiz shartdur. — Afandim, — dedi doktor Xudoyor, uning so‘zini bo‘lib, — buni men-da durust anglayurman. Biroq, Shermuhammadbek jihodni davom ettirmagi mumkin bo‘lmagan ekan, Vatanda dushman qo‘lidan o‘lim topmog‘i sharafliroq emasmi edi? — Ajab! Ajab! — deb yubordi Sa’dulloxon, ovozini bir oz balandlatib. — Sizning bu gaplaringiz menga Vatandagi bir sho‘roparastning so‘zlarini eslatdi. — Sabr etmakni ixtiyor qiling, afandim. Mening-da so‘zim hali intihosiga yetkani yo‘qtur. Siz-da, afandim, hijratni tilga oldingiz, ammo ulug‘ Badr muhoribasini xayolingizdan parishon qildingiz. Anglayurmanki, ulug‘ Badr muhoribasinda shahid bo‘lganlar sharafiga yetmak mushkul bir vazifadur. Ammo ming to‘qqiz yuz o‘n to‘rt sanasinda Chanoq qal’asindagi muhoribani anglayurmisiz? Bir qal’ada to‘rt yuz ellik ming shahid! Uch yuz ellik mingi talabalar! Anglayurmisiz buni?! «Kimi hindu, kimi yam-yam, kimi bilmam ne balo...» Ular-da shahid bo‘ldilar, ammo Turkiya mag‘lub etilmadi. Afandim, anglamak joizki, Vatan bir bog‘dur. Bu bog‘ni inson qoni ila sug‘armak lozimdur. Afandim, men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman. Sho‘roparastlar so‘zlarini siz ayting. To‘planganlar o‘sha sho‘roparastning gapi nima ekan, degan ma’noda kutdilar. Sa’dulloxon hozirgi gaplarga ham munosabatini ayon qilmoqchi edi, biroq doktor Xudoyorning «men sizga bu xususinda boshqa so‘z aytmasman», deb qo‘yishi hamda to‘planganlarning tikilib qolishlari uning shashtini qaytardi. — U zoti past aytdiki, — dedi u bir oz o‘ng‘aysiz ahvolda, — it qorni to‘ygan yerda, odam esa Vatanda yasharmish. Dastlab eshitilganda qo‘pol tuyulgan bu maqol o‘tirganlar etini bir sidra zirillatdi. Bu holatni sezgan Sa’dulloxon mazkur bahsda mutlaq g‘olib bo‘ldim, degan qarorga kelib, atrofidagilarga mag‘rur nazar tashladi. Ammo uning g‘oliblik supasini egallashi bir necha soniyalik edi. Doktor Xudoyor osonlik bilan mag‘lub bo‘luvchi toifadan emas edi. U ham o‘tirganlarga bir qur nazar tashlab olgach, «boshqa so‘z aytmasman» degan va’dasiga xiyonat qilgani holda javob berdi: — Gumrah ulus ichra o‘zin qotti, axiy, Dunyoga birovki dunyoni sotti, axiy... Hazrat Navoiyga bir so‘z qo‘shmakka hojat yo‘qtur. Sa‘dulloxon, sharafli afandim, qalbimdasiz, siz meni bir muhoriba maydonidan boshqasiga yetaklab o‘tmakni ixtiyor ettingiz. Sho‘roparastning gapi boshqa, biz aytayotgan dard o‘zgadir, Sho‘roparast sizga qozoq birodarlarimizning bir maqolini aytibdi. Buni kamina ham eshitgani bor. Siz sho‘roparast bizlarni itga qiyos etmakdadir, deb g‘azab otiga miniyursiz. Mening anglamog‘im bo‘yicha, maqsad maqolning ikkinchi bo‘lagida. Har bir insonni Vatanda yashamakka da’vat etmakdir. — Vatanda bo‘lmak?! — Sa’dulloxon chekinishni istamadi. — Otam menga Vatanni qoldirdimi? Bunday bahsning o‘rni hamda vaqti emasligini bilgan Guluzor begim yengil yo‘talib qo‘yib, mehmonga qarab aybli ko‘rinishda kulimsiradi. Sa’dulloxon yengil yo‘talning ma’nosini anglagan bo‘lsa-da, gaplarini chala qoldirishni istamadi: — Otam menga Vatanni qoldirdimi? — deb qaytardi u. — Yo‘q, otam menga Vatan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling