Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
sog‘inchini meros qoldirdi. Sho‘roparastlar buni anglamaslar! Ularda nainki sog‘inch, 
ularda Vatan tuyg‘usi yo‘qtur. Buni men angladim! Ular so‘qir! Sho‘ro yetagida qayga 
borajaklarini bilmaslar! 
Siz ularni bunda ayblarsiz, ular bizlarni unda ayblarlar. Kun shu tarzda o‘taverar. 
Vatan esa kundan-kun botqoqqa botaverar. Afandim, agarchi ular sizni, siz tufayli 
bizlarni ayblar bo‘lsalar, haqlidurlar. Chunki biz bunda Vatan uchun biron nima 
qilmakdan ojizdurmiz. 
— Biz nimalar qilaylikki, yo‘llar to‘siq bo‘lsa. Yo‘llar ochilsa edi, men Vatanning besh 
yerida besh ulug‘ mag‘oza ochsam, Lutfullaxon yana necha yerinda supermarket 
ochsalar... 
— O‘h-ho‘!.. — doktor Xudoyor baralla kulib yubordi.— Afandim, afandim, siz o‘n emas, 
o‘n ming do‘kon quring, Vatanga nafi ozdir. Mag‘ozalar qurg‘uvchi tujjorlar Vatanda ham 
bisyordir. Siz Vatanga ilm olib boring. Vatanning qaddini ko‘targuvchi birinchi vosita — 
ozodlik, ikkinchisi esa ilmdur. Dunyo yurtlariga bir qarang-chi, ular mag‘ozalari ila 
baquvvatlarmi yoinki ilm ilami? Siz bilan biz yashab turgan Olmoniyani urushdan so‘nggi 
xaroblikdan bu darajaga ilm ko‘tarmadimi? Siz bilan bizning aybimiz shuki, Vatan yo‘llari 
ochilsin, Vatan ozod bo‘lsin, deb bunda orzu qilib kutib o‘tirmakdamiz. Sho‘rolarning 
hukmidagi Ovrupo jumhuriyatlarining xorijdagi biz kabi muhojirlari esa vaqtli hukumat 
tuzib, o‘z Vatanlarini ozod qilish qasdida kurashmakdalar. Nima uchun siz bilan biz 
kurashmaymiz? Chunki bizlar — siz mehr qo‘ygan Shermuhammadbekning avlodlarimiz. 
Na-da Shermuhammadbek kurashdi, na-da amir Said Olimxon kurashdi, na-da biz 
kurashyapmiz. Sizni bilmadim, sharafli afandim, ammo men Vatan qarshisida 
uyatlidurman. 
— Siz andak yanglish gap aytdingiz, janob Xudoyor. Bizning jamiyatimizni nazarga 
ilmaganingiz chakki. Biz ham Vatan uchun qayg‘urmakdamiz. 
— Qayg‘urmak durust, ammo kurashmak lozim. Vatandan kelgan ashulalarni eshitib, 
«o‘yna yor, o‘yna!» deb o‘tirmakdan naf yo‘qtur. Agar mening so‘zlarim malol tuyulsa, 
ana, vatandoshimiz muhtarama xonim afandim aytsinlar... 
Manzuraning kutilmagan tarzda suhbatga chorlanishi faqat uning o‘zinigina emas, 
o‘g‘illarini ham shoshirib qo‘ydi. Ikkovi baravariga najot istab, Guluzor begimga 
qaradilar. Guluzor begim bu qarashning ma’nosini uqib, jilmaygani holda doktor 
Xudoyorga murojaat qildi: 
— Muhtaram doktor janoblari, bizlarga dasturxon muntazirdir. Bahs nonushtadan so‘ng 
davom etmagi durustmikin? 
Bu luqma cho‘kayotgan odamni kemaga chiqarib olish savobi darajasiga yetishdi. Doktor 
Xudoyorning murojaati ham sog‘inch, ham xavotir dengizida cho‘kish azobini 
tortayotgan ayolni yanada og‘irroq ahvolga solgan edi. Avvaliga Manzura ularning 
suhbatlariga unchalik ahamiyat bermadi. Aniqroq aytilsa, bahsning sababini anglamadi. 
Mashoyixlar bedardning oldida boshimni og‘ritma, deganlaricha bor. Asosan oila 
tashvishlari bilan yashovchi ayolning bu odamlar qalbidagi dardni his qilishi mumkin ham 
emas edi. Qo‘qonda Sobitxon Asadbekni yo‘qlab, unda Vatan himoyachisini ko‘rishni 
istab yanglishgani kabi, bu izdihomdagilar ham Vatan xususidagi gaplarimiz vatandoshni 
befarq qoldirmas, deb adashdilar. To‘plangan mezbonlarning qalblari Vatan, Vatan 
sog‘inchi dardi bilan, Manzuraning qalbi esa erining tashvishi, qizining sog‘inchi bilan 
tepardi. Qalblarning tepishi hamohang emas edi. Manzuraning suhbatga chorlanishi ana 
shu sirni oshkor etmog‘i mumkin edi. Guluzor begimning luqmasi uni bu noqulaylikdan 
ham qutqardi. 
Doktor Xudoyor tanbehni anglab, o‘rnidan turdi-da, qulochlarini yoygan holda dedi: 
— O‘, sharafli xonim afandim, qalbimdasiz, sizning so‘zlaringiz biz uchun amrdir. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling