Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
79 Mashriqdagi bulutlarning chetlari qontalash, ammo bag‘ri qora edi. Kechasi bir sidra yog‘ib, yer yuzasini omonat qoplagan qor esa bag‘riga sukunatni singdirgan. Serqatnov ko‘chalardagi qor mashina g‘ildiraklari ostida ezilib, erib ketgach, sukunat ham chekindi. Shovqin Asadbek yashaydigan mahallaga ham yetib keldi. Yarim tunga qadar gurunglashgan ikki oshna hali uyquda — tong manzarasini ko‘rishdan bebahra edilar. Jalil uyqu hukmiga bo‘ysunib bomdod namozini ham boy berdi. Tashqarida g‘ovur-g‘uvur tovushlar qulog‘iga kirgan Asadbek ko‘zlarini yarim ochganicha boshini ko‘tardi. Ovozlarga quloq tutdi. So‘ng erinibgina o‘rnidan turib, hovliga chiqdi. Muzdek toza havo to‘g‘ri o‘pkasiga urilib, yo‘tali qo‘zidi. Yo‘tal ovozini eshitgan darvozaxonadagi chollar ham, ularning yo‘lini to‘sib turgan yigit ham uy tomonga qaradilar. — Nima gap? — dedi Asadbek, yo‘tali tingach. — Gaplari bormish, — dedi yigit aybdor odamning ovozi bilan. So‘ng o‘zini oqlash maqsadida izoh berdi: — Uxlayaptilar desam ham ko‘nishmayapti. — Bek inim, ikki og‘iz gapimiz bor, aytamizu ketamiz. Sizni uchratishimiz osonmi, bu to‘rtinchi kelishimiz, hayriyat, uyda ekansiz, — dedi chollardan biri. — Kiraveringlar, men hozir, — Asadbek shunday deb yuvinishga o‘tdi. Yigit «uyga kiringlar», desa ham chollar ayvonda, tik turgan holda kutishdi. Asadbek yuvinib chiqib, ular bilan ko‘rishgach, uyga taklif qildi. Chaqirilmagan mehmonlar bu lutfni qaysarlik bilan qabul etmadilar. — Bek inim, bizdan ranjimang, bomdoddan chiqib kelaverdik. Sizning ishingiz ko‘p, bilamiz, kunduzi uchratishimiz qiyin. Bir masalani hal etib bermasangiz bo‘lmay qoldi- yov, — dedi dastlab uzr so‘ragan qariya. — Qanaqa masala? — Machit bitay deb qoldi, Olloh sizdan rozi bo‘lsin. Bunaqa serfayz machit bu atrofda boshqa yo‘qdirov... Ammo-lekigin... machitda it bog‘loqlik tursa yomon bo‘lar ekan. Shu itni yo‘qotib bering, jon inim. — It? Qanaqa it? — deb ajablandi Asadbek. — It deganimki... — qariya qo‘polroq gapirib yuborganidan xijolat tortib, soqolini tutamlaganicha izoh berdi: — mutavallimiz Abdukarimni aytaman... — Ha, Ko‘samullami? Yana qanaqa hunar ko‘rsatdi? Tanobini tortib qo‘yuvdim-ku? — Ko‘samullangizning hunari ko‘p, Bek inim. Uning avval kim bo‘lgani o‘zingizga ma’lumdir? Hozir tamoman machitning xo‘jasi bo‘lib oldi. Keksani keksa demaydi, yoshni yosh demaydi. Xohlaganini uradi, xohlaganini so‘kadi. Qilayotgan ishing musulmonchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb aytsak qulog‘iga ilmaydi. — Qulog‘iga gap kirmasa orqasiga boplab tepmaysizlarmi? — Tepishga tepardigu, ammo-lekigin bir nima desak «machitni menga Bek akam topshirib qo‘yganlar» deb dag‘dag‘a qiladi. — Bekorlarni aytibdi. Machit sizlarniki. Lekin... yozda ham shunaqa gap chiqqanida chetlashtiruvdim, a? Qurilish ishlarini qiladigan boshqa odam topmadinglar. Baqirib- so‘ksa ham ishni yuritib turuvdi. Yana o‘ylab ko‘ringlar. Mutavallilikni olsalaring olinglar. Unga boshqa ish beringlar. Mayli, so‘filik qilsin, ovozi o‘tkir-ku? — Hay-hay, asti unday demang. Agar u so‘fi bo‘lsami... — qariya kulimsiradi, — u azon aytishni boshlasa dunyodagi bor eshaklarning bari hangrab yuborar... — Unda bilganinglarni qilaveringlar. — Bek inim, yana chollar g‘iybatchi ekan, deb o‘ylamang. Machitda yuradigan odam pokizaroq bo‘lishi kerak-da. Bu Ko‘samullangiz bitta rost gapga to‘qson to‘qqiz yolg‘onni qo‘shib tursa... Yolg‘onning gunohi juda katta ekan. Agar bu Ko‘samullaning og‘ziga pilik tutib yoqib qo‘yilsa, to qiyomatga qadar o‘chmas-ov... Bek inim, Ko‘samullangizni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling