Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 o‘zingiz chaqirib, mutavallilikni topshir deb qo‘ying. — Xo‘p, — dedi Asadbek ensasi qotganini yashirmay. — Machitga qadam bosmasa, hisobmi? — Yo‘-o‘q, machitga kelib ibodatini qilaversin, faqat... — Bo‘pti, gaplashib qo‘yaman, — Asadbek beodoblik bo‘lsa-da, shart burilib, uyiga kirib ketdi. Chollar uning ranjiganini anglab, bosh chayqadilar-u ko‘cha tomon yurdilar. Darvozaxonaga yetganlarida «chaqirib qolarmikin», degan ilinjda orqalariga qarab oldilar. Uy tomondan sado bo‘lmagach, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odam kepatasida ko‘chaga chiqdilar. Ular darvozadan uzoqlashmay turib Chuvrindining mashinasi kelib to‘xtadi. Chuvrindi ularga bir qarab olib, darvoza ostonasida turgan yigitdan «Ha, tinchlikmi, nimaga kelishibdi?» deb so‘radi. — Bilmasam, mutavalli degan odamdan shikoyat qilishdi shekilli. — Shu yetmay turuvdi, — dedi Chuvrindi ming‘irlab. — Kim ivirsib kelsa, ichkariga qo‘yaverasanmi? — Kiramiz, deb g‘alva qilib turib olishdi. Keyin Bek akam «kiraverishsin», dedilar. — Nonushta tayyorladilaringmi? Hamshira kelib ketdimi? — Yo‘q. Moshina yuborganman. Hozir kelib qoladi. Nonushta tayyor bo‘lgunicha hamshira kelib, emlab ketdi. Nonushtadan so‘ng Jalil tashrifi uchun ajratilgan vaqtning yakuniga yetganini anglab duo o‘qidi-da, o‘rnidan turdi. Asadbek «yana birpas o‘tir», deb lutf qilmay, uni kuzatgani qo‘zg‘aldi. Hojasining o‘rniga Chuvrindi manzirat qildi: — Akaxon, doim shoshib turasiz-a, gurunglashib o‘tiruvdik-da... — Men ishlaydigan odamman. Ishlasam menga bir burda non berishadi, ishlamasam, yo‘q. Bolalarimning rizqini halol topaman. Senlarga o‘xshagan bekorchi bo‘lganimda biqsib yotaverardim. Manziratiga javoban «shiringina» gap eshitgan Chuvrindi hojasiga qarab, bosh chayqab qo‘ydi. — Yigitlarga ayt, olib borib qo‘yishsin. — Onam meni moshinada tug‘maganlar, avtobusda ketaveraman, — dedi Jalil. — Akaxon, mashina tayyor-a, — dedi Chuvrindi. — Qo‘y, uka, men moshinaga o‘rganmagan odamman. U senlar, hojatxonaga ham moshinada boradigan. Jalil shunday deb turganida darvozaxonada Kesakpolvon ko‘rindi. Jalilga ko‘zi tushishi bilan chehrasi yorishdi. Sog‘inganining diydoriga yetishgan baxtli odam kabi qulochini keng yoyib kelib, Jalilni quchoqladi. Tuni bilan ichilgan aroqning sassiq hidi dimog‘iga urilgani hamon Jalil aftini burishtirib, Kesakpolvonni nari itardi: — Cho‘chqaxonada yotganmisan, nima balo? — O‘, akaginam, irganmang bizdan, — dedi Kesakpolvon Jalilning gapini hazil o‘rnida qabul qilib. — Irganayotganim yo‘q. Sendan taralayotgan hid o‘nta cho‘chqaxonaga asqotadi. Sen yuviqsiz bilan ko‘rishgan odamning oxirati ham kuyib ketadi. — Sal pastroq tushing, akaginam, — dedi Kesakpolvon qiyqirib kulib, — ja oshirvordingiz, odamlar etagimda namoz o‘qiyman, deb navbat kutib turishibdi-ya... — Ol-a, — dedi Jalil, ensasi qotib. — Sening etagingda namoz o‘qishga shayton ham hazar qilar. Kiymingni itga tashla-chi, ustiga chiqib yozilarmikin? — Bo‘ldi, akaginam. Shu gap bilan o‘ldirib qo‘ya qoldingiz, — Kesakpolvon shunday deb yana quchoqlamoqchi edi, Jalil tislanib, uni o‘ziga yaqinlashtirmadi. Kesakpolvon buni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling