Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
— Bo‘ldi, cho‘zilma. Odamlarni qaerga yig‘asan? 
— «Yalta»ga. Hozir o‘sha yer tinch. 
— Hammasi keladimi? 
— G‘ilay tayinlagan. 
— Mahmud, sen bog‘ni o‘rab olasan. Ishkal chiqsa bittasi ham tirik qolmasligi kerak. 
Haydar, sen G‘ilayni boqqa olib bor. Hamma to‘planganidan keyin menga xabar 
berasanlar. 
— O‘zimiz gaplashib qo‘yaqolsak-chi? Sening borishing shartmi? 
— Shart! Chiqaverlaring. 
A’yonlar o‘rinlaridan qo‘zg‘alishdi. Chuvrindi ostonaga yetganida Asadbek uni chaqirdi: 
— Mahmud, to‘xta, gap bor. 
Kesakpolvon «Yana yashirin gapmi?» deb g‘ashlanib, tashqariga chiqdi. 
— Zaynabdan xabar olmadingmi? — deb so‘radi Asadbek yolg‘iz qolishgach. 
— Hozir kirib keldim. Keliningiz qarayapti. Kechagidan ancha tuzukka o‘xshaydi. 
Kasalxonadan telefon qilishibdi, kechqurun milisadan kelib ketishibdi. 
— Zaynab... bildimi? 
— Ha, bilibdi. Yaxshi bo‘lib tursa, keliningiz bilan birga kasalxonaga borib kelishadi. 
— Yaxshi... borsin... Mahmud, agar ishkal bo‘lib hammasini otadigan bo‘lsang ham G‘ilay 
tirik qolsin. 
— Nega? 
— U kerak bo‘ladi... Xongireyni ko‘rganing esingdami? Hosilning suyangan tog‘i o‘sha 
edi. Shuning uchun ham oliftagarchiligi osmonda edi. Ular nimani kelishishgan
bilmayman. Harholda Xongirey tinch turmas. G‘imirlab qolsa, tinchitish uchun G‘ilay 
kerak bo‘ladi. Qarab turasan, uch-to‘rt kundan keyin Xongirey Hosilni surishtirib qoladi. 
Hosil meni yanchib tashlamoqchi bo‘lganini unga aytgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun 
Xongirey birinchi navbatda mendan xavfsiraydi. G‘ilay — asosiy guvoh. U nima desa shu 
bo‘ladi. G‘ilay biz xohlagan gapni aytadi. Bog‘dagi ish oxiriga yetishi bilan uni olib 
ketasan. Isi chiqmaydigan yerga yashirasan. Hatto Haydar akang ham bilmasin. Endi 
boraver, sergak bo‘l.
4 
«Yalta» deyilgan joyga, shahar chekkasidagi tashlandiq boqqa Asadbek Halimjon bilan 
birga bordi. Kesakpolvon bu yerni bekorga tanlamagan edi. Bir tomoni o‘zi aytganday, 
tinch bo‘lsa, ikkinchi tomoni — Asadbekning bolaligi, yoshligi xotiralariga bog‘liqligi edi. 
Asadbek bu ovloq bog‘da kechalari fonus yoqib qo‘yib, rosa oshiq tepgan. Keyinchalik, 
qimorni tashlab, «qozilik» martabasiga o‘tirgach, ko‘p bahsli masalalar shu yerda hal 
qilingan edi. Bog‘dagi qurigan, quriy boshlagan daraxtlar qanchadan-qancha 
odamlarning nolalariga guvoh bo‘lgan... 
O‘zlaricha Stalin, Ruzvelt, Cherchill uchrashuvlariga qiyos qilib, da’vogarlarni «Yalta 
konferentsiyasi»ga taklif qilishar edi. Ana shundan beri bu O‘rmonbog‘ o‘zining asl 
nomini yo‘qotib, «Yalta» deb yurgiziladigan bo‘lgan edi. 
Asadbek «Yalta»ga ko‘p yillardan beri kelmagan edi. Biron bir davra bilan oralarida 
tushunmovchilik yuz bersa ba’zan Kesakpolvon, ko‘proq hollarda esa Chuvrindi kelib
masalani hal qilib ketaverardi. 
Asadbek mashinadan tushishga ulgurmasidan uni Chuvrindi qarshi oldi. 
— Hammayoq tinch, — dedi u hisob berib. — Qurollarini berishdi. 
— Sapchishmadimi? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling