Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 ergashgan edi, orqasiga o‘girilib, buyurdi: — Haydar, G‘ilayning yonida tur. Mahmud, sen sal orqaroqda yur. Asadbek yigitlardan ikki qadam berida to‘xtadi. Ana shu ikki qadam oralig‘idagi masofaga sukunat suqulib kirib hukmronlik o‘rnatdi. Ko‘zlar ko‘zlarga to‘qnashgan holda qotdi. Ammo sukunatning hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Yigitlarning chapdastrog‘i «Assalomu alaykum, Bek aka», dedi-yu, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yganicha unga peshvoz chiqdi. Boshqalar o‘ylab ham o‘tirmay, unga ergashishdi. Ularning aksari yangi hojalari bilan qo‘shqo‘llab ko‘rishishdi. Mana shu manzaraning o‘ziyoq «ikki davlat» o‘rtasida g‘olibning foydasiga bitim imzolanganidan dalolat edi. Asadbek ular bilan ko‘rishib bo‘lgach, «ish ko‘ngildagiday bitdi», degan xayolda orqasiga qaytmoqni ham o‘yladi. Bu yigitlar o‘z hojalari uchun jon olishlari mumkin, ammo jon berishni istamaydigan toifadan edi. Kecha oqshomda hojalarining Asadbek uyiga kirib ketganicha qaytib chiqmaganini ular bilishardi. Kichik hojalarining bu holda turishining o‘ziyoq ularga chorasiz ekanliklarini, ikki yo‘ldan birini tanlamoqliklari zarurligini anglatardi. Asadbek kelmasidan ilgariyoq, ular kichik hojalari yo‘lini tanlashgan, g‘oliblar qarshisida bichilgan yuvvosh qul libosiga o‘ralgan edilar. Agar Asadbek ko‘ringanida birov «Tiz cho‘klaring!» deb buyruq bersami edi, shubhasiz tiz cho‘kardilar, buyruq bo‘lsa sajda qilishdan-da qaytmagan bo‘lardilar. Asadbek ular orasida sarosimani, norozilikni, hatto qarshilikni kutgan edi. Yigitlarning mutelik bilan ko‘rishishlari uning uchun kutilmagan hol bo‘ldi. «Agar Hosil meni o‘ldirganida mening yigitlarim ham unga shunday poyi-patak bo‘lisharmidi?» degan xayol ko‘nglini g‘ash qilib o‘tdi. Ko‘rishuv marosimi tugagach, yigitlar Asadbekning atrofida yarim doira yasadilar. Tobelik alomati yaqqol sezilib tursa-da, Chuvrindi ehtiyotni shart deb bilib unga yaqinlashdi. O‘ng qo‘li jigarrang charm plash cho‘ntagidagi to‘pponcha dastasini mahkam siqdi. — Hosil mening eng qadrdon ukaxonlarimdan, buni bilasanlar, a? — dedi Asadbek vazminlik bilan. — Kecha u uyimga kelib bir iltimos qildi: uzoqdagi bir joyda bitadigan zarur ishi bor ekan. O‘zi bormasa ishi bitmas ekan. U yoqda bir oy yuradimi, ikki oymi — Xudo biladi. «Zamon nozik, bolalarga ko‘z-quloq bo‘lib turing», deb iltimos qildi. Sizlarga shu xabarni o‘zim yetkazib qo‘yay deb to‘pladim. Hosilning ketganini siz bilan mendan boshqa hech kim bilmasligi kerak. Birov so‘rasa tushuntirib ham o‘tirmang. «Bilmayman», deng — tamom! Kimning gapi bo‘lsa, menga ro‘para qiling. Hosil kelgunicha, mana, Mahmudjon akalaring nima desa, shunga bo‘ysunasanlar. Bu gaplarni eshita turib Kesakpolvon betoqatlandi. — Bilib qo‘y, — dedi u G‘ilayning biqiniga tirsagi bilan asta turtib, — eng muhimi — o‘shandan ehtiyot bo‘l. Sen o‘ladigan bo‘lsang ham shuning qo‘lida o‘lasan. — Patsan-ku bu, bo‘sh kelish yo‘q, — dedi G‘ilay mensimagan tarzda. — Aqling bo‘lsa, shu mishiqilardan qo‘rq. Qovoq kallasiga nima kelsa shuni qiladi. G‘ilay «seniki ma’qul» deganday bosh irg‘ab qo‘ydi. Asadbek gapini oxiriga yetkaza olmadi — yo‘tali tutdi. Chuvrindi ildam ravishda uning yoniga kelib, gapini davom ettirdi: — O‘ylab ko‘rlaring: senlarni zo‘rlash yo‘q. Hosil kelgunicha birga ishlaymiz, desalaring, gap yo‘q. Ko‘nmasalaring, yana o‘zlaring bilasanlar. Lekigin tuxum bosib o‘tirasanlar, pista qilib yurasanlar. G‘iring-piring degan gap chiqarsalaring tuxumlaringni quritaman. — Eshitdingmi? — dedi Kesakpolvon yana G‘ilayni turtib, — Hosil kelgunicha birga ishlaysanlar. Keyin Hosil kelib, o‘zi bilan olib ketadi. G‘ilay «patsanning o‘zini asfalasofilinga jo‘natmay tag‘in!», demoqchi bo‘ldi-yu, tilini tiydi. Har- holda bular orasidagi munosabatni yaxshi bilmaydi. Oralarida sovuqlik |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling