Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   231
XIX b o b 
1 
Chuvrindi Moskvaga bordi-yu, keldi. Xongireyning bu ishga aralashishiga hojat qolmadi. 
Unga qadar Sharif Namozov o‘zini o‘rab olgan balo buluti orasida ko‘p azoblar chekdi. 
Avvaliga... 
Zohid qamoqxonada adolat xususida o‘ylayotganda, Sharif Namozov ham aynan shu 
haqda fikr yuritardi. Ular bir narsa haqida o‘ylaganlari bilan adolat to‘g‘risidagi 
tushunchalari turlicha edi. Zohid adolat uchun kurashguvchi toifadan, Sharif esa o‘ziga 
adolat yuzasidan muomala qilmoqliklarini talab etuvchi xilidan edi. Zohid «Nima uchun 
adolat toptaladi? Adolatni qanday himoya qilmoq, qanday tiklamoq mumkin?» deb fikr 
yuritsa, Sharif Namozov «Men iqtidorli olim bo‘lsam, ishlarim bilan chet el ham qiziqsa, 
nima uchun menga adolat qilmaydilar», deb nolir edi. 
Sharif Zohiddan farqli o‘laroq, ikki o‘t orasida edi. 
Bir o‘tni qamoqdan kelib, yuz ming talab qilayotgan nusxa yoqardi. Bu o‘tda oilasining 
kuyishi ehtimoli ham bor. Ikkinchi o‘tni shim kiygan, chigirtkasimon tergovchi xotin 
yoqardi. Bu o‘tdan ham oilasi jabr ko‘rmog‘i mumkin. 
Bu ikki o‘tning baravariga, bir kunda yoqilishi shunchaki tasodifmi yo atayin 
uyushtirilganmi, bilolmay garang edi. U moskvalik tergovchi bilan yana uchrashishni 
o‘ylaganida badaniga titroq yugurardi. Nasibani sharmandalikdan qutqarish uchun 
olmagan pulni oldim, dedi. Endi u «Pullarni topasan», deb zo‘rlaydi. Yana qiynaydi. 
O‘zini qiynasa mayli, oilasiga tegmasa bo‘lgani... «Ishqilib Nasiba bolalarni olib biror 
yoqqa qochsin»da», deb orzu qildi. 
Sharif Namozov bir fikrning tagiga yeta olmas edi: unga nima uchun osilib qolishdi? Axir 
u amal talashmasa... Ilmiy ish bilan shug‘ullanib yurgan odam edi. Bosh muhandislikni 
berdilar. Keyin cho‘ntagiga qora dori solib, qamatishdi. Qamoqdan o‘zlari chiqarishdi. 
Keyin... birato‘la rahbarlikni berishdi. Kerakmi edi, unga bu rahbarlik? Avvaliga kerak 
emas edi. Keyin uning shirasi yoqa boshladi. Bosh muhandisligida-ku, haqiqat talab 
qilgan edi. Endi hech narsa talab qilmadi. Baribir... Aksiga olib portgugaliyaliklar ham 
jimib ketishdi. Buni ham Sharif shu odamlardan ko‘rdi. O‘zining qora doriga o‘rganib 
qolganini hisobga qo‘shmadi. 
U tergovchi bilan uchrashuvni qo‘rquv bilan kutayotganda eshik sharaqlab ochilib
soqchi: 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling