Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
edi. Bevosh bulutlar choki so‘kildi-yu, Zohidning ko‘ngliga hamohang ravishda quyosh 
bir charaqladi...
4 
Omadli odamning xo‘rozi ham tuxum qiladi, deydilar. Keyingi kunlarda Kesakpolvon 
o‘zini ana shunday omadli his eta boshladi. Ular aytgan qabriston emas, boshqalarining 
tekshirilishi, go‘rkovlarning so‘roq qilinishi Halimjonga bo‘lgan gumon olovini zarracha 
bo‘lsa ham pasaytirmadi. Xizmatga kelgan dastlabki kunlarida bo‘yin egmagan bu yigitni 
Kesakpolvon uncha yoqtirmas edi. Endigi qiziqishi tufayli uni qarmoqqa ilintirib, shu 
bilan Chuvrindi yuziga tarsaki urmoqchi, Asadbekni undan sovutmoqchi edi. 
Ana shu tashvishlar bilan yurganida unga yana omad kulib boqdi: uyiga Mamatbey kirib 
keldi. 
Kesakpolvon maishatni barvaqt yakunlab, uyiga tungi soat ikkilarda qaytgan edi. 
Mamatbey o‘n besh daqiqadan so‘ng darvoza qo‘ng‘irog‘ini chaldi. 
Kesakpolvon Asadbekka taqlidan boloxona qurdirgan, unda ikki yigit galma-galdan 
poyloqchilik qilishardi. 
— Xo‘jayiningni chaqir, — dedi Mamatbey poyloqchiga. 
— Siz kim bo‘lasiz? 
— Xongireyman, Maskovdan keldim. 
Kiyimini almashtirayotgan Kesakpolvon yigitning gapini eshitib, «kallang bormi?» deb 
so‘kindi. Shubhasizki, u Xongireyning kelganiga ishonmadi. Ammo «Xongireyman», 
degan ahmoq kim ekan?» degan qiziqish bilan yelkasiga to‘n tashlab, darvozaxonaga 
chiqdi. Mamatbeyni ko‘rishi bilan tanidi. 
— Salom, qardoshim, Xongireydan senga ulug‘ salomlar, — dedi Mamatbey u bilan 
ko‘risha turib. 
— Salomat bo‘lsinlar, — Kesakpolvon shunday deb, uni uyga taklif qildi. 
— O‘zbeklarga qoyilman, — dedi Mamatbey, mehmonxonaga kirishi bilan, — dasturxoni 
doimo shay turadi. 
Mamatbey izzattalab insonlardan emas edi. Kesakpolvon «Oling» deb taklif qilishi bilan 
dasturxondagi noz-ne’matlardan betartib ravishda iste’mol qila ketdi. 
... Bu xonadonga u o‘z xohishi bilan kelmadi. Xongirey chindan ham Kesakpolvonga 
salom aytgan edi. 
Chuvrindi yurtiga qaytgach, Xongirey bir rejani obdon pishirish uchun bir-ikki kun 
o‘ylandi. So‘ng Mamatbeyni chaqirdi. 
— O‘zbeklarni nima qilsam ekan? — deb so‘rab, unga sinovchan tikildi. 
— Ular o‘yin qoidasini buzishdi. Maydondan chiqarib tashlash kerak, — dedi Mamatbey 
dangaliga. 
— Men ularni to‘satdan chiqarib tashlay olmayman. 
— Nega? 
— O‘zbeklarga qo‘l ko‘tarishga haqqim yo‘q. Ular din qardoshlar, bu bir. Ikkilamchi, ular 
ustozimga non berishgan. Agar ularga qo‘l ko‘tarsam Zeli og‘amning ruhi chirqiraydi. 
— Ularni jazosiz qoldirmoqchimisiz? 
— Hosilni Asad o‘ldirgan. Unga tegmasam ham erta-indin o‘zi o‘ladi. Ikkita laychasini 
nima qilamiz? 
— Ochig‘i... bilmayman, — dedi Mamatbey. U oson yo‘lini aytgan edi, hojasi unamadi. 
Mamatbey uning yashirin niyati borligini payqab, javobdan bo‘yin tovladi. 
— Bizga ularning bittasi kerak. Qaysi biri? 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling