Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
214 — Valdirama! — dedi Asadbek jahl bilan. Keyin bexosdan qizining «Ularni o‘zimga qo‘yib bering» degan ovozini qayta eshitgandek bo‘ldi. — Endi sen valdiramay eshit: Zaynab o‘ch olmoqchi ekan, men yordam berdim. — Qanaqa o‘ch? — U Mardonani o‘ldirdi... o‘z qo‘li bilan. — Bekor aytibsan! Uni... qaerdan topding? — U G‘ilayning o‘ynashi edi. — Hayvon! Sen haddingdan oshyapsan! — deb baqirdi Asadbek. — Hayvon bo‘lsam ham senga sodiqman. Faqat senga yaxshilik qilishni o‘ylayman. Yaxshilik qilish... Asadbek farzandlarini bu ishlardan nari bo‘lishlarini istar edi. Nodon a’yoni esa qizini bu yo‘lga kiritib, yana «yaxshilik qildim» deb keriladi... Asadbek qizining odam o‘ldirishi mumkinligini tasavvuriga sig‘dirolmas edi. Hozir ham bir zumgina ko‘zlarini yumib avval to‘pponcha ushlagan, so‘ng pichoq sanchayotgan, so‘ng... bo‘g‘ayotgan Zaynabni ko‘rib ingrab yubordi-da, kuldonni olib, ro‘parasidagi Kesakpolvonga qarab otdi. Og‘ir kuldon yelkasiga tegib, zirillatgan bo‘lishiga qaramay, Kesakpolvon sapchib turib, Asadbekning qo‘llariga yopishdi. — Asad, o‘zingni tut, jahling chiqmasin! — Sen... hayvon, maktabdaligingda basharamga tuflagan eding. Endi yuragimga tuflamoqchimisan? — Unday dema, Asad, men faqat ishimizni o‘yladim. — He, ishingni!.. — Asadbek bo‘ralab so‘kdi. Kesakpolvonni nari itarib, tepmoqchi edi, kuchi yetmadi. Ilgarigi holi bo‘lganda bu odamchani bulg‘alab tashlagan bo‘lardi. Quvvati yetmagani bois butun qahrini tili orqali sochdi: — Sen kesak polvon eding. Xohlaysanmi, yo‘qmi, shundaysan. Sen odam bo‘lmaysan hech qachon! Yo‘qol, turqingni ko‘rsatma! Kesakpolvonni avvallari ham Asadbek so‘kib turardi. Lekin bu safargisi oshib tushdi. Avvalgilari Kesakpolvonning o‘ng qulog‘idan kirib chap qulog‘idan chiqardi. Bunisi har ikki qulog‘idan kirib yuragiga qurum kabi o‘tirdi. Asadbekning bu qadar g‘azabga minishi sababini izlab, ko‘z oldiga Chuvrindini keltirdi. Ammo hojasiga sir bermadi. Asadbek uni idorasidan haydab chiqargan bo‘lsa-da, ertasiga nonushta payti hojasinikiga qaymoqxo‘rlikka keldi. Asadbek uni uyidan quvmadi. _______________ * (Fir’avnga) deyildiki: «Hayotdan umid uzganingda (endi) iymon keltirdingmi? Ilgari Ollohga osiylik qilgan va buzg‘unchilardan bo‘lgan eding?!» * Ey Odam farzandi, qachon balo va musibatga yo‘liqsang, meni yodga olasan, lekin qachon u baloni sendan ko‘tarsam, meni hech tanimas kishidek esdan chiqarib yuborasan. 2 — Ha, yigitning guli, bormisan bu olamda? O‘yga tolib o‘tirgan Jamshid Kesakpolvonning ovozini eshitib, yengil seskandi-da, ko‘rishmak uchun o‘rnidan jildi. Quvg‘indi bo‘lganidan beri taqdir o‘yinlariga ajablanib yurgan Jamshid ovloq ko‘chalarda adashib tentiragan kimsa holiga tushgan edi. Zelixondan o‘zining «fojiali o‘limi», «dafn marosimi»ni eshitganda taajjublangan edi. Voqeaning dahshatini uyida his etdi. Eng avval o‘gay onasining esi og‘ib qolayozdi. Eriga ovqat yegizayotgan ayol hovlida o‘gay o‘g‘lini ko‘rdi-yu, avval ko‘zlariga ishonmadi. Jamshid uyga kirib, salom bergach, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling