Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
222
Sovuq uy. Sovuq tancha. Xuddi qirq yil avvalgi kabi... 
Ho‘l paltosini yechmay tanchaga o‘tirib, qunishdi. Eti uvishdi. Deraza orqali ko‘cha 
eshigiga qaradi. 
...Hozir otasi chana ko‘tarib kiradi. 
— Toychoq! — deb erkalaydi... 
Yo‘q, otasi kirmadi. Ikki noma’lum kishi kirdi. 
— Otang — xalq dushmani! — dedi. 
So‘ng... maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarni boshlab kirdi. O‘quvchilar saf tortgan holda
unga bir-bir yaqinlashib basharasiga tupurdilar... 
Asadbek ingrab yubordi. 
U har yili o‘ttiz birinchi dekabr kuni shu uyda o‘tirardi. Bu safar odatini kanda qildi — 
o‘sha kuni tabibnikida bo‘ldi. O‘zi uzoqda bo‘lsa-da, ko‘ngli shu uyda edi. Qaytgach
necha marta kelishga qasd qildi. Ammo o‘z tashvishlari bilan o‘ralashib kela olmadi. 
Bugun keldi. Yelkasida bir olam g‘am bilan keldi. 
Inson bolasiga xos pokiza tuyg‘ularni quvgan kundan beri oradan qirq yildan oshiqroq 
vaqt o‘tdi. O‘shanda mitti yuragiga yovuzlik tuxum qo‘ygan, yovuzlikning birinchi ovozini 
o‘rtog‘i Jalil eshitgan edi: 
— Ularni o‘ldiraman!.. 
Hozir bu ovozni o‘zi ham eshitdi. Eti seskandi. 
Ko‘cha eshigi ochildi: Jalil ko‘rindi. Orqasida bir odam. 
— Asad! 
Jalil odati bo‘yicha hovli o‘rtasiga kelib chaqirdi. Ovoz bo‘lmagach, yana chaqirdi. 
— Asad! 
— Kiraver, — dedi Asadbek bo‘g‘iq ovozda. 
Jalil bilan ham, notanish odam bilan ham o‘tirgan joyida salomlashdi. 
— Bu o‘rtoq ijroqo‘mdan ekan, — deb izoh berdi Jalil. — Hozir uyimga kelsam, ro‘yxat 
qilib o‘tiribdi. 
— Qanaqa ro‘yxat? 
— Bu joylar buzilarmish. Bu yerdan katta yo‘l o‘tarmish... 
Bu gapni eshitib, Asadbek boshini egib o‘yga toldi. Nazarida buldozer ovozi eshitildi. 
Uyga bostirib kela boshladi... Tom bosib tushdi. Onasi... Samandar qoldi... Asadbek bir 
seskanib, «ijroqo‘mdan kelgan o‘rtoq»qa qaradi: 
— Yo‘lni narigi mahalladan sol, bu yer buzilmaydi. 
Notanish kishi ajablanib, Jalilga qaradi-da: 
— Ish boshlangan. Loyihani o‘zgartirib bo‘lmaydi... — dedi. 
Alqissa: 
Ey nafsi havosig‘a giriftor o‘lg‘on, 
Shayton ishiga ishing namudor o‘lg‘on, 
Ham zuhd ila izzatka sozovor o‘lg‘on, 
Ham fisq ila olam elig‘a xor o‘lg‘on.* 
__________ 
* Hazrat Alisher Navoiydan. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling