Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
220 Nazarida Jamshid izma-iz kirib kelganday bo‘ldi. «Darrov topishib olishibdimi? O‘shanda Zaynab to‘g‘risini aytganmidi? «— Men Jamshid akamni yaxshi ko‘rardim... Sizga xiyonat qildim!..» Zaynabning bu faryodi yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Bu faryod o‘qtin-o‘qtin qo‘zg‘olib yurak yarasiga tuz separdi. Shunday paytda Elchin ruh azobida bir ingrardi-yu, «Zaynab jon achchig‘ida aytdi», deb o‘zini-o‘zi ishontira boshlar edi. Hozir esa... O‘zini o‘zi ishontirishga harakat ham qilmadi. Chunki... ro‘parasida xotini yoqtirib qolgan o‘sha odam turar edi. Jamshid unga yaqinlashdi. «Nimaga yaqin kelyapti? Bo‘g‘ib o‘ldirmoqchimi? Birato‘la Zaynabga ega chiqmoqchimi?» Jamshid yaqinlashib, u tomon engashdi: — Hofiz aka, eshityapsizmi? Elchinning yuziga uning nafasi urilib, yengil seskandi. — Hofiz aka! — Gapirolmaydilar, — dedi xonaga kirib kelgan hamshira. — Tildan qolganmi? — Kelganlaridan beri gapirmaydilar. Gapirmasalar ham kerak. — Nima uchun? — Bilmasam, do‘xtirlar shunaqa deyishyapti... Yarim ochiq ko‘z yumildi. Ovozlar uzoqlashdi. U yana ucha boshladi. Qush kabi yengil uchdi. Uchdi, uchaverdi... 2 Asadbekning muomalasidagi o‘zgarish Kesakpolvonga ma’qul kelsa-da, ayni choqda sergaklantirdi. Nazarida «Chuvrindi ukaginasi» undan o‘zini olib qochayotgandek tuyuldi. Chuvrindi Sharif Namozov masalasida Moskvaga borib kelgach, Kesakpolvonni Mamatbey yo‘qladi. «Ukang hokimiyatni o‘z qo‘limga olaman, bu ishni mendan boshqa hech kim eplay olmaydi», deb Xongirey bilan shartlashdi. Xongirey Asadbekni ham, seni ham tan olmaydi!» deb tutab turgan olovga moy sepdi. Kesakpolvonni bu gapga ishontirish uchun telefonda Xongirey bilan uladi. «— Xongirey og‘a, bu men, Haydarman! — Qanaqa Gaydar? — Asadbekning sherigi. — Men hech qanaqa Gaydarni ham, Asadni ham tanimayman. Menda ishing bo‘lsa Mahmudbeyga uchrash. Men Mahmudbeyni taniyman!» Kesakpolvon uchun shu gap kifoya edi. U «Xongireyning o‘zi bilan gaplashdimmi yo biror yigiti meni laqillatdimi?» deb o‘ylab ham ko‘rmadi. Chuvrindi Moskvaga borganida bu gapning teskarisi bo‘lganidan, ya’ni «Sen taklifimizga darrov javob bermading. Biz endi seni tanimaymiz. Gaydar bilan shartnomamiz bor», deyishganlaridan ham bexabar edi. Chuvrindi Xongireyning qarorini Asadbekka aytmoqqa jur’at etmadi. Hali haqiqat ekani tekshirib bilinmagan gapni yetkazib «akang ustidan mag‘zava ag‘darma», degan ta’na eshitmay, deb o‘yladi. Bu uning eng so‘nggi, hal qiluvchi xatosi bo‘ldi. Asadbekni uyiga kuzatishgach, Kesakpolvon «Bi-ir otamlashishni» taklif qildi. Chuvrindi akasining ra’yini qaytargisi kelmadi. Ular yarim tungacha ulfatchilik qildilar. Chuvrindining kayfi oshdi. Uyga qaytganda darvozani ochgan o‘g‘li «Asadbek |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling