Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
216
— Ha, unda-bunda... — dedi Jamshid savoldan maqsadni uqmay. 
— Bir e’lon berishyapti. «Xayrli tun, kichkintoylar», degan ko‘rsatuvlari bor. Shu 
ko‘rsatuvni olib borish uchun yaxshi ertakchi odam kerak ekan. Bir xabarlashing. Shu ish 
aynan siz uchun, — Zohid shunday deb zaharli jilmaydi-da, xayrlashish uchun qo‘l uzata 
turib qo‘shimcha qildi: — Ertaklaringizning muxlisiman. Yana uchrashamiz. Yangilaridan 
eshitaman, degan umidim bor. 
Hamisha dangal gaplashishga o‘rgangan, so‘z kelmagan taqdirda musht tilida 
gaplashgan Jamshid bu kinoyani hazm qila olmadi. Bunday uchrashuv hali ko‘p bo‘lishini 
anglab, g‘ijindi. Murdani osib yoqib yuborgan akaxonlarining katta xatoga yo‘l 
qo‘yganlariga unda shubha yo‘q edi. Ularning olamida katta xatolar qon evaziga 
tuzatilguvchi edi. Bu xato kimning qoni evaziga tuzatiladi? 
Jamshid shu savolga javob izlab o‘tirgan damda tanish ovozni eshitdi: 
— Ha, yigitning guli, bormisan bu olamda? 
Jamshid Kesakpolvonni Asadbek huzurida ko‘rgandan beri uchrashmagan edi. Uning 
uyga kirib kelishidan ajablangan holda salomlashdi. Kesakpolvon batartib xonaga ko‘z 
tashlab olgach, divanga o‘tirdi. 
Haydar degan akaxonim bor edi, deb bir yo‘qlab ham qo‘ymaysan-a? — dedi u gina 
ohangida. 
— Bizdan nariroq yursin, degan gapni eshituvdim,— dedi Jamshid xuddi shu ohangda. 
— Bu Bek akangning gapi. Sen undan xafa bo‘lma. Hozir kasal, yuragiga hech narsa 
sig‘mayapti. 
— Bek akamdan xafa bo‘lgan kunim — o‘lgan kunim. 
— Bu gapni yaxshi aytding. Asadday odam bu dunyoda boshqa yo‘q. Sen o‘zimizning 
odamsan. Shuning uchun seni o‘limdan olib qoldim. — Kesakpolvon «o‘limdan olib 
qoldim» degan gapga alohida urg‘u berib, «tirikliging uchun Mahmud akangga emas
menga qulluq qil», deb shama qildi. — Hozir ishlarimiz biroz notinchligini bilarsan? Har 
holda Krasnoyarlarda bekor yurmagandirsan? 
— Kozlovni qidirdik. 
— Buni bilaman. Sen Xongireyning qo‘liga qanday tushib qolding? 
Jamshid bu tafsilotni yashirmay, barchasini aytib berdi. 
— Xongirey bilan hech gaplashdingmi? 
— Yo‘q. 
— Senga ular qanday topshiriq berishdi? 
— Hech qanday. Yurtingga jo‘na, deyishdi, vassalom. 
Kuzatib yur, biron gap bo‘lsa yetkazasan, deyishmadimi? 
— Men gap yetkazadigan xotinchalish emasman. 
— Erkaksan, erkak! — Kesakpolvon unga bir oz tikildi-da, so‘ng gapini davom ettirdi. — 
Maskovdan Mahmud akang bilan otamlashib kelibsan-da, a? Mahmud akang senga 
qanaqa topshiriq beryapti? 
— Hozircha uyda o‘tir, deganlar. 
— Sen uyda tuxum bosib o‘tirishni xohlamasding, shekilli? 
— Ish bo‘lsa, ayting, qilay? 
— Bir ish bor. Lekin buni ikkalamiz bilamiz. Bek akang ham, Mahmud akang ham 
sezmasligi kerak. Shu shartga ko‘nsang, aytay. 
— Siz... ulardan yashirincha ish yuritmoqchimisiz? 
— Aqling o‘tmaslashib qolibdi, bola. Xayolingga darrov buzuq fikr keldimi? Men 
sheriklarimga qarshi ish qiladigan nomardmanmi? 
— Unday deganim yo‘q. 
— He, seni ustozingni... — Kesakpolvon ikki og‘iz «shirin so‘zlar»dan so‘ng muddaosiga 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling