Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
212 — Zo‘rrog‘i-da, — dedi Mamatbey. — Qaysi biri zo‘r? — Bilmayman. — Shuni aniqlaysan. U ham zo‘r bo‘lsin, ham bizga itoat etsin — Hosilning o‘rnini bossin. O‘yla! Mamatbey bosh egib, o‘ylangan bo‘ldi. Keyin yelka qisib «Amr hojamdandir», degan ma’noda qaradi. — Men Mahmudbeyga Asadning o‘rniga sen bo‘lasan, dedim. U bir oz noz qildi. Lekin men bunaqa nozlarga ishonmayman. Hali taxtdan voz kechadigan ahmoq dunyoga kelmagan. Yuragiga cho‘g‘ solganman. Ikkinchi cho‘g‘ni sen Gaydarga solasan. Ana endi ikkisi olishsin. Aqllisi, zo‘ri qoladi. Bizga o‘shanisi kerak. ...Yarim kechada Kesakpolvon uyiga kelgan Mamatbeyning asosiy vazifasi shu — bo‘lajak taxt egasi qalbiga cho‘g‘ solish edi. Aslida bunda cho‘g‘ emas, to‘g‘rirog‘i, olov mavjud edi. Mamatbey endi bu olovga moy sepib alanga oldirmog‘i darkor. — Mahmudbey Maskovdan qanday gap olib keldi?— Mamatbey shu savolni berib, ayyorona kulimsiradi. — U Xongireyning sovg‘asini olib keldi, — dedi Kesakpolvon, gapni qisqa qilib. — Asadbeyning sog‘lig‘i qalay? — Yaxshi, — Kesakpolvon shunday deb ajablandi. — Bu kasal yomon... oxiri olib ketadi... — Nima deyapsiz? — Rakning davosi yo‘q. — Rak deb kim aytdi sizga? — Kim aytishi mumkin? Ha, yana bir savol: Asadbey nima sababdan Hosilbeyni otdi, bilmaysanmi? — Asadbek otmadi. — Senga yolg‘on gapirish yarashmaydi. Asadbeyning o‘rniga o‘tiradigan odam haqgo‘y bo‘lishi kerak. — Haqgo‘y deng... Bitta donishmand aytgan ekan: «Agar ro‘parangdan zaharli ilon bilan haqgo‘y chiqib qolsa, avval haqgo‘yni o‘ldir». — Biz unday donishmand emasmiz. Biz oddiy odamlarmiz. Haqgo‘ylarni yaxshi ko‘ramiz. — Haqiqat shuki, o‘sha kuni men boshqa yoqda edim. — Bilishimizcha, Hosilni sen ko‘mibsan? — Kim aytdi? — Kim aytishi mumkin? — deb jilmaydi u. — Umuman savob ish qilgansan. Musulmonni ko‘mib qo‘ygan yaxshi. — Shu gaplarni... Mahmud aytdimi? — Aytmaganida... Jamshidbey ikkita kallani ko‘tarib kelgan bo‘lardi. G‘ilay sadoqatliroq ekan, churq etmadi. Senlar o‘rgatgan gapni to‘tiqushday takrorlayverdi. — Bu gaplarni nima uchun menga aytyapsiz? — Xongirey Asadbey o‘rnida seni ko‘rmoqchi. Mahmudbeyda shunday harakat borligi bizga ma’lum. Lekin u eplay olmaydi. Asadbeyning eng yaqin odami — sensan. Biz senlarning ishlaringizga aralashmaymiz. O‘zlaring hal qillaring. Men «lalayib o‘tirib, o‘ljani og‘zingdan oldirma!» degani atayin keldim. Kesakpolvon uning kelishidan maqsadini sezganday bo‘ldi. Shu bois o‘smoqchilab so‘radi: — Agar yordamingiz kerak bo‘lsa-chi? — Biz — qardoshlarmiz, — dedi Mamatbey. Kesakpolvon kelajakda nima bo‘lishi bilan ishi yo‘q, bugun hamnafas topilganidan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling