Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
218 — Birpas jim o‘tir. — Gapim yoqmayotgan bo‘lsa, keta qolay! — Birpas jim o‘tir, deyapman! Jalil «xo‘p» deb tiz cho‘kkanicha, itoatkor talaba singari indamay o‘tirdi. Xonadagi sukunat to Zaynab choy olib kirgunicha cho‘zildi. — Ada, ovqat olib kelaveraymi, oldin doringizni ichib olasizmi? — Ha, albatta, oldin dorini ichadi, — deb Asadbek o‘rniga javob berdi Jalil. Asadbek dorini ichdi-yu, ammo ovqatga qaramadi. Ilon kukuni solingan qaynatma sho‘rvani xo‘rillatib ichib olgan Jalilni ter bosdi. — Bo‘ldi, endi ja oshirvording. Seni tumtayishingni ko‘rgan odam, bu kuyovto‘raning xotini qari chiqibdi, deb o‘ylaydi. Ovqatingni ich. — Ovqat o‘tmaydi. — Bo‘lmasa, yorila qol: nima bo‘ldi? Jalilning gapida jon bor: yorilmasa, dardini aytmasa bo‘lmaydi. — Jalil... — shunday deb tin oldi. — Jalil... men og‘irlashganimda... Hech nimani sezmadingmi? — Nimani? — Haydar bilan Mahmud o‘rtasida gap o‘tmadimi? — Ha, bumi... — Jalil uning maqsadini angladi. — Endi, og‘ayni, o‘zing gap ochding, aytay: mol achchig‘i — jon achchig‘i, degan maqol bor. Podsho kasal bo‘lsa, merosxo‘rlar payt poylashadi. — O‘limimni kutishyaptimi? Shunaqa demoqchimisan? — Men ularning ichidagi maqsadlarini bilmayman. — Haydar Mahmudni tinch qo‘ymaydi, deb cho‘chiyapman. Cho‘chiyapman... Hech narsadan qo‘rqmaydigan Asadbekning cho‘chishi qiziq... «Cho‘chiyotgan bo‘lsa, yuragi bir narsani sezgan», deb o‘yladi Jalil. — Haydaringning qo‘lidan har balo keladi. Senga necha marta «Shu pakanangning turqi sovuq, o‘zingdan uzoqlat!» deb aytuvdim-a? — Vaqtida menga kerak edi. Yordami ko‘p tekkan. Endi zamon o‘zgardi, lekin u o‘zgarmayapti. Zamonga qarab ish yuritmaydi. — O‘shaning o‘zgararkanmi? Bukirni go‘r to‘g‘rilaydi. Senga anchadan beri aytishga tilim bormayotgan edi. Sen uning bir qilig‘ini bilib qo‘yishing kerak.— Jalil shunday deb uning Abdurahmon tabibga uchrashgani, so‘ng otlarini ottirganini aytdi. Bu gaplarni eshitgan Asadbek qahr otiga mindi: — Xunasaning chotini ayirib tashlayman! — deb baqirdi. Jalil uni fikridan qaytarishga urinmadi. Agar Kesakpolvon hozir shu yerda bo‘lganida bir baloga uchrashi naqd edi. Baxtiga orada tun bor. Tun va sokinlik Asadbek uchun maslahatchi bo‘ldi. U o‘ylay-o‘ylay Kesakpolvon bilan hozircha murosa qilmoq joiz ekanini angladi. Shu bois ham ertalab Kesakpolvon qaymoq ko‘tarib kirganida uni quvmadi, g‘azab otidan tushmagan bo‘lsa-da, qahrini sochmadi. Qaymoq ustiga non to‘g‘rayotgan Kesakpolvonga sinovchan tikildi-da: — Haydar, sen otlarning farqiga borasanmi? — deb so‘radi. Kesakpolvon bu savoldan so‘rag‘uvchining maqsadini anglagan bo‘lsa-da, sir boy bermadi. — Qanaqa otlar? — Ha, endi otlar har xil bo‘ladi: aravaga qo‘shadigani, uloqchisi. — Qaziga bopi... — Ha, bilar ekansan. — Men otlarning farqiga bormayman. Nega so‘rayapsan? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling