Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
206 qildi. Chekib ado bo‘layozgan o‘rama papirosni berdi. Sharif yutina-yutina tutatib joyiga bordi. Avval cho‘nqaydi. So‘ng yotib oldi. Nasha ta’sirida sal rohatlanganday bo‘ldi. Nashaning kuchi qirqilib, isitmasi yana ko‘tarilgach, bezovtalana boshladi. U uchoqdan mashinaga chiqquniga qadar, so‘ngra yo‘ldagi sovuqda shamollaganidan, zotiljam xastaligi vujudiga hukm o‘tkaza boshlaganidan bexabar edi. Sharif og‘zi qurigan, titragan holda qaddini arang ko‘tardi. Picha devorga suyanib o‘tirdi. So‘ng qiynalib bo‘lsa-da, o‘rnidan turib burchakdagi davraga asta yurib yaqinlashdi. Uning bu turishi ko‘cha-ko‘yda xorlanib yuradigan mayparastlarning ayni o‘zi edi. Davradagilardan biri ijirg‘anib: — Yana nima deysan? — dedi. — Bitta torttiring. — Torttiraymi? Hozir, — u shunday dedi-da, Sharifning yuziga musht tushirdi. Keyin uning behush tanasi tepki ham yedi. Sharif shu holida ancha yotdi. So‘ngra atrofdagilar unga rahm qilib, joyiga — devor yaqiniga, muzdek beton ustiga yotqizib qo‘ydilar. Davradagilardan biri yozilib chiqayotib, hali ham qimir etmay yotgan Sharifga e’tibor berdi. Joyiga o‘tirayotib: — Sasha, nima balo o‘ldirib qo‘yding shekilli, qoravoy qimir etmay qolibdi, — dedi. Urgan yigit avvaliga qo‘l siltadi, so‘ng «Hozir o‘ziga keltiraman», deb o‘rnidan turdi-da, Sharifning bilagini ushladi. — Tirik. Qoravoylarning joni qattiq bo‘ladi. Hozir nashatir spirt beramiz, — dedi-da... Sharifning ustiga tahorat ushatdi. U to ishini tugatguncha davradagilar kulgilari bilan quvvatlab turishdi. Sharif chindan ham tirik edi. Hushi ham o‘ziga qaytgan, faqat holsizligi tufayli qimirlay olmayotgan edi. U kaltaklagan yigitning nima qilayotganini avval tushunmadi. So‘ng xo‘rlik va alamdan bo‘g‘ildi. O‘rnidan turmoqni, uning bo‘g‘ziga chang solmoqni istadi. Bor kuchini to‘plab turishga intildi, biroq gavdasi o‘ziga bo‘ysunmadi: yerparchin bo‘lib qolaverdi. Istakni bajarish uchun quvvat kerak. Uni esa quvvat tark etgan edi. Bir ozdan keyin sudralib quruqroq joyga o‘tdi. Ko‘ngli aynib, o‘qchidi. Ichida hech narsa bo‘lmagani sababli qayt qilolmadi. Karavoti borlar yotib uyquga ketishdi. Demak, kech kiribdi... «Men necha kundan beri bu yerdaman? Meni buncha xorlashadi? Bu xorlikdan o‘lganim yaxshi emasmi? Yaxshi... Ammo o‘lishning chorasi bormi?» deb o‘yladi Sharif. Uning fikri qat’iylasha boshladi. O‘limni chaqirdi. Qani endi o‘lim hazrati oliylari kela qolsa, shoshila qolsa... O‘lim-ku kelar, ammo qay holda jon beradi? Hayotda omadsiz edi, o‘limda ham shunday bo‘ladi shekilli? Itday xor bo‘lib o‘ladi, murdasini itning o‘ligiday olib chiqib tashlashadi. Ko‘mishadimi yo kuydirisha-dimi? «Nima qilsa qilar, shu yerdan qutulsam bo‘ldi», deb o‘yladi u. Hozir Sharif Nasibani, bolalarini o‘ylamas edi. U azoblardan qutulish yo‘linigina axtarardi... Qadimning alloma shoiri aytganidek: Kishidinki qaytti jahon ichra baxt, O‘zi zor bo‘lur, ishi barcha saxt. Agar qochsa har sori yeldek, qazo Anga yetkurur javru dardu balo... Qazo uni quvib yurgan ekan. Quva-quva shu sassiq qamoqxonada bo‘g‘zidan ushladi. Sharif sal o‘ziga kelgach, o‘rnidan turib gandiraklaganicha burchakdagi davraga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling