Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Uchoq titrog‘i tinib, bulutlar ustiga chiqib olgan onda ikki qator oldindagi o‘rindiqda 
o‘tirgan odamga Asadbekning ko‘zi tushib, yuragi bir hapriqdi. Boshiga do‘ppi kiyib olgan 
bu odam yon tomondan Sobitxonga o‘xsharkan. 
Asadbek o‘zining sihati, tashvishlari bilan andarmon bo‘lib uni yo‘qlay olmagan edi. Hozir 
shu do‘ppili kishining chindan ham Sobitxon bo‘lib qolishini istab, unga qayta-qayta 
tikildi. U kishi ortidan kimningdir qattiq tikilayotganini sezdimi, bir-ikki o‘girilib qaradi. 
Do‘ppili bu kishining ham soqol-mo‘ylovi bo‘lsa-da, yuzida Sobitxon yuzidagi nur yo‘q 
edi. 
Shu kishi bahona bo‘lib, Asadbek Qo‘qondagi shifoxonada bo‘lgan suhbatni esladi: 
Ikki yuz yil umr ko‘rgan odam: «Baloli yillar, farovon yillar... kun o‘tadi, tun o‘tadi. 
Tuqqan tug‘adi, o‘lgan o‘ladi. Tuqqan tug‘masaydi mavjudot tugardi. O‘lgan o‘lmasaydi 
— Yer yuzi undagilarga tor bo‘lib qolardi», degan ekan. 
Ha... O‘lganlar o‘lib turibdi. Lekin shunda ham Asadbekning nazarida, keng dunyo juda 
tor bo‘lib ketayotgan edi. Tor bo‘lmasa, salkam besh milliard odam siqqan shu dunyoga 
Mahmud sig‘masmidi? Dunyo birgina shu odamga torlik qildimi?.. Dunyo yanada torayib
endi kimlarni siqib chiqaradi ekan? 
«Bek aka!..» 
Yonidagi odam Sobitxonning ovozi bilan chaqirganday bo‘ldi. Asadbek beixtiyor ravishda 
unga qaradi: burniga ko‘zoynak qo‘ndirib gazetaga muk tushib o‘qiyapti. 
Ovoz esa yana takrorlandi: 
«Bek aka... Yaxshilab o‘ylab qaralsa, bu dunyo hayotidan tubanroq narsa yo‘q. Dunyoni 
yiqilishga yuz tutgan devorga ham o‘xshatishadi. 
Devorning yiqilajagini bilgan holda unga suyanamiz, a? Dunyo hayotini sirpanchiqqa 
ham o‘xshatishadi. Bu sirpanchiqda hech kimning oyog‘i sobit turmaydi... sirpanib 
yashaymiz... Keyin esa... so‘nggi ziyoratgohga qarab jo‘naymiz. So‘nggi ziyoratgohimiz 
— qabr. Bu ziyoratgohni hech eslamaymiz, eslagimiz ham kelmaydi. Ajalni unutishda 
bir-birimizni ortda qoldirib ketamiz...» 
Qo‘qon shifoxonasidagi o‘sha uchrashuvdan so‘ng ko‘p oylar o‘tdi. Krasnoyarda 
yurganda, ayniqsa xastalik o‘lim darvozasiga haydab kelgan kunlarda Sobitxonning 
gaplarini ko‘p eslagan edi. Keyinroq o‘lim ostonasidan qaytib, umid darvozasiga 
yetganda ibodatdan yiroqlashgani kabi bu gaplarni, Abdurahmon tabibning gaplari 
qatorida, eslashdan uzoqlashdi. 
Yer bilan osmon orasida eslashi... 
Osmonda nima bor? 
Yerda nima qoldi? Bir-birlarini bo‘riday g‘ajiydigan odamlarmi? 
Shu savol xayoliga urilishi bilan qulog‘i ostida Anvarning gapi jarangladi. Ha, aynan 
o‘sha ovoz, aynan o‘sha gap: 
«Bo‘riday desangiz bo‘rilar xafa bo‘lisharmikin? Bo‘rilar ahil yashasharkan...» 
«Bo‘richalik ham aqlimiz yo‘q, — deb o‘yladi Asadbek. — Bu dunyoda sirpanib 
yasharkanmizmi? Men sirpana-sirpana shu holga keldimmi? Endi so‘nggi ziyoratgoh 
qoldimi? Yo‘q, hali vaqt bor... Bilaman, Mahmud u dunyoda kimnidir olovli gullar bilan 
kutib turibdi. Avval o‘sha gul egasini topib, jo‘natay...» 
Asadbek zulm libosiga o‘ralgan niyatini qanday amalga oshirishini o‘zi ham yaxshi 
bilmaydi. U bir yil avvalgi Asadbek bo‘lganida zulmatli olam ichra bu qadar sarsari 
kezmasdi. Aravalar otlardan oldin chiqib ketgan zamonda bir qanoti qirqilgan, ikkinchisi 
esa xiyonat qilgan qush baland ucha olarmikin? O‘ljaga dadil va bexato chovut sola 
olarmikin? Hech bo‘lmasa o‘zini himoya eta olmoqqa kuch toparmikin? 
Bir qanotning qirqilishi kutilmagan hol bo‘ldi. Ammo ikkinchi qanotning xoinligi 
tasodifmi? Bir qanotning qirqilishiga sabab bo‘lgan ikkinchi qanotning xoinligi qachon 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling