Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
48 Manzuraniki! ...Gunohlarni siz qildingiz-u... Biron marta bo‘lsin eriga tik qaramagan Manzura bu safar baqirdi. Umr bo‘yi to‘planib, kuch yiqqan dardi shu onda go‘yo portladi. Portladi-yu, Asadbekning ruhini tilka-tilka qilib yubordi. Agar Manzura unga ro‘para bo‘lib shunday desa Asadbek ilgarigidek «o‘chir ovozingni» deb qayirib tashlashga kuch topolmasdi. «...Yuklaridan qora dori chiqqanmish...» Asadbek buni tasodif yoki tushunmovchilik oqibati deb qabul qilmadi. Ilonning dumini bosib olib qo‘rquvda yashayotgan odam kabi Asadbek keyingi oylar ichi Xongireyning zahar solish onlarini xavotir bilan kutib yashardi. Manzuraning qaytish haqidagi qarori Asadbekning rejalarini buzib tashladi. Tabib muolajasidan so‘ng Zaynabning o‘ziga kelgani, Elchinning holatidagi xavotirli onlar ortda qolganidan xabar topgan Asadbekda qizini Olmoniyaga jo‘natish fikri qat’iylashdi. U qarorini Chuvrindi orqali bildirganda Zaynab «erimni bu ahvolda tashlab ketolmayman» debdi. Asadbek bu gapdan g‘ashlanib Chuvrindiga: — Erini bo‘ri yermidi, hujjatlarini tayyorla, boradi, — dedi. O‘sha xunuk voqeadan so‘ng Asadbek gapi bo‘lsa Chuvrindi orqali yetkazardi. Zaynabning javobini ham Chuvrindi bildirib, orada xolis vositachi vazifasini bajarib qolgan edi. Eri yaralangunga qadar Zaynab otasiga ko‘rinmaslikka harakat qildi. Elchin kasalxonaga tushgach, asosan ota uyida yashay boshladi. Shunda ham ota-bolaning o‘zaro muomalasi salom-alikdan nariga o‘tmayotgan edi. Asadbek kuyovini Abdurahmon tabibga ko‘rsatishni ham o‘yladi. Fikrini aytganda Chuvrindi ma’qullab: — Tabib ko‘rib qo‘yganidan keyin Elchinni ham birga yuborsakchi? U yoqda zo‘r do‘xtirlar bor, — dedi. — Yo‘q, — dedi Asadbek bosh chayqab. — Do‘xtiri zo‘r bo‘lsa zo‘rdir, lekin yangi qudalarga «kuyovimni tuzatib beringlar» deb yuboramanmi? Qo‘y, Abdurahmon tabib har qanaqa kasalni tuzatib yuboradi. Chuvrindi Zaynabning hujjatlarini tayyorlab qo‘ygan edi. Agar o‘lim g‘olib kelmaganida ertalab borib idoradan hujjatlarni olib chiqqan bo‘lardi. Uning o‘limidan so‘ng ham Asadbek Zaynabni jo‘natish fikridan qaytmadi. Manzuraning nogahoniy qaroridan shuning uchun ham achchiqlandi. — Zaynabni jo‘natayotgan edim-ku? — dedi bo‘g‘i-lib. — Voy adasi, qudalaringizga aytib qo‘ydim. Zaynab keyinroq kelib ketar. — Hey!.. — Asadbek «onangni...» deb bir «shirin» gapini aytmoqchi bo‘ldi-yu, o‘zini tiydi. — U yer amma-xolangning mahallasimi, Zaynabing bugun bo‘lmasa ertaga lip etib borib kelaveradigan... — «Bo‘pti, bilganingni qil». — Asadbekning shunday deb chekinishdan o‘zga chorasi yo‘q edi. Bilganini qildi xotini. Oqibat bu... Shuning uchun donolar «xotinning gapiga quloq solu teskarisini qil», deb aytishgandir... Asadbek avvaliga Manzurani aybladi. Keyinroq, hovuri bosilgach, o‘zining kaltabinligini tan olib, barcha aybni o‘z yelkasiga oldi. «Manzura bechora tag‘in ham chidab turdi u yerda. Bugun bo‘lmasa ertaga baribir qaytishi kerak edi. O‘lganimdan keyin shunaqa qop-qonga tushsa kim qutqaradi?..» «O‘lganimdan keyin...» O‘lganidan keyin ham Xongirey ularni tinch qo‘ymaydimi? Xongireyga nima kerak? Asadbekning o‘limi emasmi? Asadbek urug‘i bilan qirilib ketish darajasida gunoh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling