Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Bulutli tongga bo‘lgan nafrati ham susaymadi. 
Zotan... 
Uning butun umri bulutli tong kabi edi. 
Shubhasizki... 
Umri adog‘i aynan shunday bulutli kunda bo‘lajagini u bilmas edi. 
Quyoshli tongni suygan bola umri adog‘ida quyoshni bir martagina ko‘rmoq ilinjida ko‘z 
yumadi... 
Bolaligida tong quyoshi uni aldardi.
Alhol, uning quyoshi xiyonat qildi. So‘nggi nafasida bir qarab olishni istamadi. 
Quyosh-ku... balki istagandir. Biroq, zaharli bulutga chirmalgan umri evaziga bu baxtdan 
mahrum etilgandir... 
U otasining jasadini kuydirmoqni niyat qilgan edi. Niyati o‘ziga nasib etadi... 
Unga qadar esa... 
Changalida bombani ushlaganicha, hazin ovozda: 
— Quyoshsiz kunni yomon ko‘raman, — dedi. 
Mayor Soliev uning ovozidagi xazinlikni sez-di-yu, «ishqilib bu o‘zgarish yaxshilikka 
bo‘lsin-da», deb o‘yladi. 
— Faraon, sen Xudoga ishonaman, deding, a? Shaytonga-chi? Shaytonga ishonasanmi? 
Soliev darrov javob bermadi. «Qassob» ham «tez bo‘l!» deb qistamadi. «Agar bu 
dunyoda shayton bo‘lsa, bu sensan», deb o‘ylagan Soliev fikrini sirtiga chiqarmadi. 
Ilohiy tuyg‘ulardan mahrumligi bois ruhlari o‘lik, hayvoniy hislari esa quvvatli bu odamga 
nisbatan shu gaplar aytilsa, balki shayton alayhila’na ranjirmidi... Iblis «Qassob»ni 
hidoyat yo‘lidan adashtirgani rost, Xudoga begona qilgani to‘g‘ri, xiylalari to‘riga 
o‘ragani, vasvasalari gulxanida qovurgani ayni haqiqat. Biroq, iblisning o‘zi xotinlarni 
o‘ldirib, go‘shtlaridan chuchvaralar tugib yemagandir... «Eng shirin chuchvara sen 
maishat qilgan juvonning go‘shtidan bo‘ladi», degan xiylasiga ishontira olgan iblis hozir 
«Qassob» laqabli bandasining qonlarini ko‘pirtirib qanday vasvasa qilyapti ekan? Yoki 
«mana, oxirgi manzilingga eson-omon yetib kelding, endi men senga do‘st emasman», 
deb qochib qoldimi? 
Ajab... «Qassob» umrining so‘nggi soatlarida nechun qadrdoni shaytonni eslab qoldi? 
Qizig‘i shuki, shayton yetovida yurguvchilar hamma vaqt ham o‘z yo‘lboshchilarini 
eslayvermaydilar. 
Bir ozlik sukutdan so‘ng «Qassob» qadrdonini nima sababdan eslaganini ma’lum qildi: 
— Men shaytonga ishonaman, — dedi u. — Bilib qo‘y: barchalarimizning xo‘jayinimiz 
shayton bo‘ladi. Mening shaytonim baquvvatmi, demak, men zo‘rman. Seniki kuchlimi, 
demak, sen zo‘rsan. 
— Hozir... sen zo‘rmisan? — deb so‘radi mayor Soliev. 
— Zo‘r bo‘lmasam shuncha odam atrofda titrab turarmidi? Lekin... faraon, bilib qo‘y: 
shayton har bir odamning ko‘kragiga mana shunaqa bombani bosib turadi. 
— Keyin portlatadimi?.. Qachon portlatadi?
— Har kuni portlatadi. Keyin yurakni qiyma-qiyma qilib yeydi. 
Ertasiga yurak yana o‘sib chiqadi, u yana portlatadi, yana yeydi. 
— Falsafang qiziq ekan. Men shayton tomirlardagi qonga aralashib oqib yuradi, deb 
eshituvdim. Sen o‘sha shayton bilan olishib ko‘rmaganmisan? 
— Nega olishaman? U menga doim quvvat bergan. 
— Yuragingni qiymalashichi? 
— Buni azob deb o‘ylayapsanmi? Yo‘q, bu men uchun zo‘r rohat edi. 
— Hozir ham rohatlanyapsanmi? 
— Ha. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling