Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
— Qaerdaman? 
Bu safar ham ovozi chiqmadi, faqat lablari asta qimirladi. Hamshira lablarning 
qimirlashidan savolning mazmunini uqqanday, o‘sha soxta jilmayishini kanda qilmagan 
holda mayin kaftini uning peshonasiga qo‘yib: 
— Xavotirlanmang, krizis o‘tdi, — dedi. Keyin dalda beruvchi ohangda qo‘shib qo‘ydi: — 
balki erta-indin reanimatsiyadan umumiy xonaga olishar... 
«Krizis...», «Reanimatsiya...» 
«Zulmat — krizismidi? Menga nima bo‘ldi o‘zi? — deb o‘yladi Soliev — Bomba 
portlamagan edi. Yigitlar kirishgandi. Balki o‘shandan keyin portlagandir? Yonimdagi 
yaralanganlardan bittasimi? Boshqalari qani?»
Tili gapga aylanib, bularni so‘raganida ham hamshira javob qaytara olmas edi. Hamshira 
yon tomondagi bemorning holidan xabar olgach, chiqib ketdi. Hamshira kirgach, qaysi 
bir burchakka biqinib olgan sukunat u chiqib, eshik yopilishi bilan yana xonaga o‘z 
hukmini o‘tkaza boshladi. Solievning baxtiga bu safar quloqlari shang‘illamadi. Ahyon-
ahyonda dahliz tomondan soatning chiqillashini eslatuvchi uzuq-uzuq, ojiz-ojiz tovush 
sukunat hukmiga zarba berib turdi. Xayollari asta-sekin tiniqlasha boshlagan Soliev 
zulmat dunyosiga kirish arafasidagi voqealarni esladi. 
2 
Soliev jinoyatchilarning izlaridan tushgan paytlarida ko‘p tunlarni bedor o‘tkazgan, biroq, 
«Tun» deb atalmish vaqt birligining bu qadar uzun, bu qadar og‘ir-vazmin bo‘lishini 
sezmagan ekan. 
«Qassob» ham, Soliev ham, atrofda sergak turgan yigitlar ham «Tezroq tong ota 
qolsaydi» deb kutishardi. Go‘yo bu mashmashaga tun aybdoru, otajak tong barcha 
balolarni daf etadiganday edi. 
O‘lim yoki hayot daragini bermog‘i lozim bo‘lgan tong ham otdi. 
«Qassob» chala bo‘g‘izlab qo‘yilgan ho‘kiz tovushida baqirib, yana talablarini takrorladi. 
Bu tomon va’dani yana quyuq qildi. Talab va va’dalar qachonga qadar davom etajagini, 
qanday yakun topajagini hech kim bilmasdi. Hamma qandaydir bir mavhum tasodifga 
umid qilardi. 
Soliev va’da berayotganlardan ham, atrofda kuzatib turganlardan ham ranjimas edi. 
Chunki bu muammoning yechimini o‘zi ham bilmasdi. Bilganda-ku, «shunday-shunday 
qilinsa — olam guliston» deb g‘azablansa ham arzirdi. 
Yurakni eslatuvchi mushtdekkina temir necha soatdan beri necha-necha yuraklarni 
behalovat tepishga majbur qilardi. Portlamay qolsa-ku, barcha masala bir nafasda hal 
bo‘ladi-qoladi. Tongga yaqin holdan toygan Soliev bombaning portlab ketishini ham 
istadi. 
U tomon hech qachon talabni bajarmaydi. «Qassob» esa o‘zicha insofga kelmaydi. 
Shunday ekan, nimadan umid qilmoq mumkin? 
— Ha, faraon, charchadingmi? — dedi «Qassob» uning holini anglaganday. 
— Charchashimning birovga foyda-ziyoni yo‘q. O‘zing charchaganga o‘xshaysan. 
Barmoqlaring titrayapti. Qo‘yib yubora qol o‘sha zormandani. 
— Charchabsan, faraon. O‘limni bo‘yningga oldingmi, demak, tamom bo‘libsan. 
Ishtoning quruqmi ishqilib? Har holda ho‘l ishtonda o‘lsang sheriklaringga kulgi bo‘lasan. 
Men senga bir yaxshilik qilay: ishtoning qurigunicha kutaman. Ikki soat oldin o‘lamanmi 
yo keyinmi, menga baribir. Sen, — «Qassob» istehzo bilan tirjaydi. — «mardlarcha halok 
bo‘lsang» bitta medalga ilinib qolasan. 
Soliev indamadi. U «Qassob» baqirayotgan paytda talablaridagi qat’iylikning susayganini 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling