Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
62 — Masalan? Zohid taksoparkka asadbeklarning ta’siri borligini aytishni istamadi. Shilimshiq, Sayfi Turdievga doir gaplarni bu odam bilmasligi ham mumkin. Bilmasa, xabardor bo‘lmay turgani ham ma’qul. Alhol Zohidning maqsadi uni gumonlaridan ogoh etish emas, bilaks, undan biron yangilik eshitish edi. — Masalan... taksopark direktorining beton zavodiga boshliq bo‘lib qolishi meni ajablantiryapti. U sohada ham bu sohada ham ma’lumoti yo‘q ekan? — Bunaqa o‘rinlarda o‘tirish uchun ma’lumot shart emas, uka. Pul sanashni, pulni to‘g‘ri taqsimlashni bilsa bo‘ldi. Siz kitob ko‘rib ulg‘aygan yigitsiz. Agar qoqilmayin desangiz, endi bu kitoblaringizni chetga qo‘yib hayotning kitobini o‘qing. Ilyosovning bu o‘giti Zohid uchun yangilik emasdi. Ilmdagi muallimi Habib Sattorovdan ham, bu sohadagi ustozi Maqsud Solievdan ham eshitgan. Yoshi ulug‘roq odam borki, Zohidga o‘xshaganlarga shunday maslahat qiladi. Zohidga bu gaplarni eshitaverish erish tuyuladi. Chunki u hayot boshqa, kitob boshqa degan fikrni mutlaqo hazm qila olmaydi. Uning aqidasiga ko‘ra, har qanday kitob hayot tajribasiga asoslangan tarzda yuzaga keladi. «Dono»lardan biri Zohidga «hayot kitobini o‘qing», deganida u g‘ashlanib: — O‘zingiz hech kitob o‘qiganmisiz? — deb so‘ragan edi. — Kitob o‘qib, boshimni og‘ritib nima qilaman, men hayot ko‘rganman, — degan edi «Dono». O‘shanda Zohidning tili qichib o‘rtog‘iga aytgan gaplarni aytib yuborgan, keyin afsuslanib «Dono» ranjiydi, deb o‘ylagan edi. Ammo «Dono» Zohidni hayron qoldirib ranjimadi. Holbuki u gap uncha-buncha odamning badanini teshib yuborishi mumkin edi: bir kuni Zohid uyda yotganida hamqishloq o‘rtog‘i yo‘qlab keldi. — Ha, yana bosh og‘riyaptimi? — deb ko‘ngil so‘ragach, o‘zicha tashxis qo‘ydi: — Kitobni ko‘p o‘qiysan-da. Men senga ming bir marta aytdim: hadeb o‘qiyverma. Mana men bitta ham kitob o‘qimaganman. Shu yoshga kirib bir marta ham boshim og‘rimadi. Zohid o‘rtog‘iga yarim hazil, yarim chin ohangida: — Boshingning og‘rimasligi kitob o‘qimaganingdan emas, sen yana yuz yil yashasang yuz yil bosh og‘rig‘i nimaligini bilmaysan. Senda og‘riydigan boshning o‘zi yo‘q, — degan edi. Hozir Ilyosovga ham shunga o‘xshagan gap aytvoray dedi-yu, tilini tiydi. Fikrni chalg‘itmaslik uchun muddaodan chetlamadi: — O‘ynash bilan haydovchiga qo‘llanilgan ehtiyot chorasi sal oshirib yuborilmaganmi? — Men ularni o‘z bilgimcha qamamadim. Jinoyatga aloqasi bo‘lgani uchun men taklif etdim, prokuror tasdiqladi. Xotinini qamab qo‘yganim yo‘q-ku? — Ehtiyot chorasini o‘zgartirsammikin, siz nima deysiz? — Endi uka, «Ish» sizning qo‘lingizda. Nima qilsangiz qiling. Faqat shoshilmang. Xo‘jayinlar «Ha, bo‘l!» deb turishsa ham arqonni uzun tashlayvering. Men shoshilmagan edim, «Ish»ni sizga olib berishdi. Aqlim yetganicha gumonlarim bor, ammo buni hozir sizga aytmayman. O‘zingiz bir harakat qilib ko‘ring. Keyinroq maslahatim zarur bo‘lib qolsa kelarsiz. Ilyosovning bu tarzda suhbatga yakun yasashi Zohidga malol kelsa-da, og‘ir olganini sezdirmay xushmuomalalik bilan xayrlashdi. Umri «Ugro»da o‘tayotganlarning tergovchilarni, ayniqsa, yoshlarni xushlamasligi, ayrim holatlarda mensimasligi Zohidga ayon. Barcha sohalarda bor bo‘lgani kabi yosh-qari mutaxassis orasidagi muammo bunda ham mavjud. Yoshlar kattalarni dogmada, ya’ni qotib qolganlikda ayblashadi. Kattalar esa ularni «dumbul» deb bilib ishlaridan ayb izlashaverishadi. Kamchilik topilgan taqdirda mamnuniyat bilan tanbeh berishadi. Musulmon odobiga zid o‘laroq, biron yoshning qoqilishini istovchilar ham yo‘q emas. Afsus shuki, bu toifa «yosh birodarim iloyim qoqilmasin, qoqilguday bo‘lsa o‘zim suyayman», demaydi. «Qoqilsin, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling