Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
60 teri bilan et orasiga chumolilar kirib olganday g‘imirlab g‘ashini keltira boshlagach, chap kafti bilan siladi. O‘ylagani sayin o‘ylari uni o‘zi istamagan holda asadbeklar olami tomon tortaverdi. Agar asadbeklar olami shaxmat taxtasiga qiyos etilsa, Zohidning fikricha, Shokarimov ham Namozov kabi piyodalardan biri edi. Shohning manfaati uchun piyodalarning qurbon bo‘lishi tabiiy bir hol. «Piyoda» Shokarimov qanday manfaat uchun qurbon qilindi ekan? «Piyoda» Namozov ilmli, olim edi. Bunisi esa hunar-texnika bilim yurtini tamomlagan. Demak, maktabdagi o‘qishini qoyillata olmagan. O‘qituvchilarning zo‘ri bilan «hunar o‘rganish ishtiyoqida» bilim yurtiga borgan. Kasbi — g‘isht teruvchi! Bu ham Zohid uchun ajablanarli sir edi. Shokarimovning qo‘liga g‘isht ushlagan- ushlamagani qanchalar jumboq bo‘lsa, uning qaysi yo‘llardan yurib taksopark boshlig‘i kursisiga o‘tirgani shu qadar sir edi. Zohid «Ish»ni qayta-qayta o‘qib «Shokarimovning o‘ynashi ham, haydovchisi ham besabab ushlab turilibdi, ehtiyot chorasi o‘zgartirilishi kerak» degan to‘xtamga keldi. Ammo Ilyosov bilan suhbatlasha turib qarorini amalga oshirishga shoshilmadi. Bekatdan qaytar mahalida ustozining yaralanmaganini, balki yuragi o‘ynab, hushsiz bo‘lganini eshitgan edi. Peshindan keyin Solievning ahvolidan xabar olgani kasalxonaga bordi-yu, «infarkt» degan tashhisni eshitib, beixtiyor ravishda «Nega?» deb yubordi. Solievning hayotidan bexabar odam «Qassob»ning panjasidagi bombadan qo‘rqib yuragi ishdan chiqibdi», degan xulosaga kelishi mumkin. Har holda bekatdagi tunni bedor o‘tkazganlar, ayniqsa, Solievni behush holda ko‘rganlar shunday deb o‘ylashgan edi. Holbuki «Qassob»ning panjasidagi bomba so‘nggi turtki edi. Bu so‘nggi turtkidan xabarsiz bo‘lgan Zohid kasalxona hovlisidagi kimsasiz ayvon ustuniga suyanib, zaif qor uchqunlarining sar-sari uchishlariga tikilib turardi. U ustozning hayotini qisman bo‘lsa-da bilgani uchun «Nega?» degan savoliga o‘zi javob topdi. Necha haftalab, hatto oylab bedor yurib, jonini garovga qo‘yib jinoyat ildizini ochganida bittagina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan barcha harakatlari chippakka chiqarilganida yuragidagi bitta tomir uzilmadimikin? Jinoyat ishi kattalardan birining tantiq o‘g‘liga taqalganida, qat’iy turib olgani uchun «o‘z vazifasiga munosib emas», degan tamg‘a bilan ishdan chetlatilganida-chi? Soliev boshiga tushgan savdolardan ayrimlarini ibrat tariqasida aytib berganida Zohid «yuragingiz temirdan ekan, chidabdi», degandi. Mana endi ma’lum bo‘ldi, yuragi temirdan emas ekan. Zohidning qishlog‘ida, ularnikidan olti xonadon narida bir odam yashardi. Asl ismi G‘ayrat bo‘lgan bu kishini hech kim o‘z nomi bilan atamay, qisqa va lo‘nda qilib «G‘iybat» deb yuritishardi. Uning yana bir laqabi «Ofat» bo‘lib, ayrimlar boriga baraka usulida uni «G‘iybat Ofat» deb ulug‘lashardi. «G‘iybat» deyilsa- da — yarashiqli, ofat deyilsa-da — arzirli bu odam atrofdagilarning yoqtirmasliklarini faxmlardi. Shu bois duch kelgan xonadonga kirib, o‘zida yo‘q obro‘sini to‘kkisi kelmas, mo‘min-qobil bo‘lgani uchun Zohidning otasi bilan hamsuhbat bo‘lishni yoqtirardi. «Hamsuhbat» deyish ham nisbiy tushuncha. Chunki Zohidning otasi suhbatlashmas edi, tilining tagiga bir chekim nos tashlab faqat eshitardi. O‘n ikki yil muqaddam Zohid G‘iybat Ofatning rais bilan olishuvi haqidagi «axborot»ni bexos tinglab, g‘azablangan edi. «Menga moshin bermaguningacha har kuni kelaman, yuqoriga yozib seni tinchitmayman. Yo sen menga moshin berasan, yo men seni infarkt qilaman!» G‘iybat Ofat bu gapni alohida bir g‘urur bilan aytgan edi. Rais bu odamning aybi bilanmi yo boshqa sababdanmi infarktdan ko‘z yumgan edi. O‘shanda Zohid «pichoq urib yoki bo‘g‘ib o‘ldirganni «qotil» deymiz, qamaymiz, hatto o‘limga hukm qilamiz. Raisning qotili kim? G‘iybat Ofatni ayblay olamizmi? Pichoq urmoq bilan infarktga olib bormoqning farqi nimada? Faqat usul boshqa, oxir oqibat esa bir — bevaqt o‘lim!» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling