Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
57 — O‘zingni o‘zing aldama: hozir qo‘rqyapsan! — Aljima, faraon... — Qassob shunday deb bir siltab, bombani uning ko‘kragiga qattiqroq bosdi. — Shaytoning endi senga quvvat bera olmaydi. Yo‘l ham ko‘rsata olmaydi. Bittagina yo‘ling bor sening. — Bittagina yo‘l? Taslim bo‘l, demoqchimisan? Aqling kalta ekan, faraon. Ikkinchi yo‘l- chi? Panjalarimni ochib yuborish uchun menga quvvat shart emas. Yana bitta yo‘lim bor. Balki... ko‘rarsan. — Hamma yo‘llaringning nomi bir — chorasizlik. — Bo‘ldi, o‘chir! Falsafa so‘qma menga. — Men falsafa so‘qiydigan faylasuf emasman. To‘g‘ri gapni aytyapman. Sen katta fojianing halqumidan bo‘g‘ib turibman, deb o‘ylayapsanmi? Panjalaringni ochib yuborsang dunyoni larzaga soladigan fojia yuz beradimi? Tomizg‘ichda dengiz suvidan ikki tomchi olib tashlansa nima o‘zgaradi? Dunyo g‘ariblashib qoladi-mi? — Tomchi dedingmi? To‘g‘ri aytding. Sen chindan ham arzimas bir tomchisan. Shuning uchun ham million so‘m ham, samolyot ham menga berilmaydi. Nega laqillatishayotganlarini bilmaymanmi? Xo‘jayinlaring Mos-kvadan buyruq kutishyapti. Moskva marhamat qilib «so‘raganini berlaring», desa berishadi. Ikkovini otib tashla, desa, otib tashlashadi. Moskva uchun sen kimsan? Hech kimsan. Sendaqalar millionta. Moskva nimadan qo‘rqadi, bilasanmi? Xalqaro janjaldan. Bu yerda esa xalqaro janjal yo‘q. — «Qassob» shunday deb yengil titrab oldi. — Faraon, to‘g‘ri aytibsan, charchabman. Hamtovoqlaringga ayt, bir shisha aroq berishsin. Soliev «Qo‘y, bu ahvolda ichma», demoqchi bo‘ldi-yu, aytajak gapi xarsangtoshga otilgan kesak kabi naf bermasligini bilib, tilini tiydi. Shuning barobarinda «bunga aroq beringlar» ham demadi. Chunki «Qassob»ning baralla aytgan gapini sal narida turgan yigitlar eshitishgan, ular uchun Solievning tasdiq ma’nosidagi ishorasi kifoya edi. — Zaharlamay olib kellaring, avval sheriklaring ichadi, — dedi «Qassob» yigitlarga qarab. So‘ng yana buyurdi: — avtomat yukxonadagi qirq yettinchi bo‘linmani ochasanlar. Shifri — 01958. Sumkani olib kelasanlar. Qulfini ochishga harakat qilmalaring, bombaga ulangan. Soliev sumkani nima maqsadda oldirib kelmoqchi bo‘lganini fahmladi: — Xumori tutdimi?— deb so‘radi u xotirjam tarzda. — Ziyrak ekansan, faraon. Sheriklaringga ayt: men quruq po‘pisa qilmayapman. Sumkada rostdan ham kichkinagina bombacha bor. Kichkinagina bo‘lsa ham uch-to‘rt hamtovog‘ingni tinchitishga kuchi yetadi. Soliev buyruqni bajardi. «Qassob»ning talabi ham tezlikda ado etildi. Sumka oyog‘i ostiga qo‘yilgach, u kuldi. — Qara-ya, faraon, aroqni bir pasdayoq olib kelishdi. Mashinalaringda maishat uchun olib yurasanlarda, a? Men ahmoq, samolyot so‘rab o‘tiribman. Aslida seni ikki shisha aroqqa almashtirib yuborsam bo‘larkan. Endi narxingni bildingmi? Qani ol, och aroq- ni. — Soliev buyruqni bajargach, «Qassob» shishaning yarmidan sal yuqorirog‘iga barmog‘ini tirab dedi: — Shu yergacha ich. Qolgani menga. — Men ichmayman, — dedi Soliev. — Sendan «ichasanmi?» deb so‘ramadim, «ich!» dedim. Soliev odobli bola singari buyruqqa itoat etib shishani ko‘tardi, biroq, ikki qultumdan keyinoq qalqib ketdi. Yo‘tali bosilgach, keyingi buyruqqa itoat etgani holda sumkani ko‘tardi. — Hojatxonadagi uchta sheriging dimiqib ketishgandir, ayt, daf bo‘lishsin, — deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling