Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
pishirmasdi. Mehmon kutishni pazanda yigitlar, xizmatchi ayollar o‘rniga qo‘yishardi. Bu 
oppoq, bo‘liq barmoqlar qozon-sochiq nimaligini allaqachon unutib yuborgan. Mehmon 
kutiladigan kun bu barmoqlar piyoz archib, to‘g‘ramas, balki tilla uzuklar bilan 
orolanardi. Tamanno bilan yurib, ko‘p ko‘zlarni kuydirardi. Eri «erkaklarning oldiga 
hadeb chiqaverma» desa-da, «choyinglarni yangilab berayinmi?» degan mehribonlik 
bilan kirib-chiqib turardi. Uning xayolida buzuqlik yo‘q edi, eriga xiyonat qilmoqni ham 
o‘ylamasdi. Faqat erkak zotining yeb qo‘ygudek bo‘lib suqlanib qarashidan rohatlanardi. 
Mehmonga taqinchoqlarini taqib borganida esa erkaklarning xirsday qarashlariga 
qo‘shimcha ravishda ayollarning hasad bilan boqishlaridan mast bo‘lardi. Hozir o‘sha 
omon-omon damlarni eslab entikdi. Juvonning bu olami Zohidga qorong‘u edi. Shuning 
uchun yengil xo‘rsinish sababini boshqacha tushundi. 
— Tez-tez keladigan odamlar orasida Asadbek aka bo‘larmidilar? 
— Kim u kishi? 
— «Asadbek» desa butun shahar taniydi-ku? Siz... eshitmaganmisiz? 
— Eshitmaganman... og‘aynilari orasida bunaqasi yo‘q edi shekilli? 
Haydar aka, Mahmud deganlarini-chi? 
— Esimda turadi, deysizmi? Bilasiz-ku, bizda erkaklar alohida o‘tirishadi. O‘rislarga 
o‘xshab billalashib cho‘qishtirib ichishmaymiz. 
— Bu gapingiz ham to‘g‘ri. Men Asadbek akani taniysiz deb o‘ylabman. Sizni qaerdadir 
ko‘rganday bo‘lib o‘tiruvdim. Endi esladim: Asadbek akaning to‘ylarida ko‘rgan 
ekanman. 
Zohid bu yolg‘onni tavakkal qilib aytdi. Uning farazicha, to‘yga shaharning barcha 
puldorlari kelishgan. Asadbeklarga xizmat qilib yuruvchi taksopark direktorining kelishi 
esa isbot talab etilmaydigan haqiqatlar sirasiga kirardi. Shunday dabdabali to‘yga 
bunday go‘zal xotinni olib bormaslik esa nodonlik bo‘ladi. 
Zohidning bu yolg‘oni ham yaxshi samara berdi. Juvon kaftini o‘ng betiga bosib, 
o‘ylanganday bo‘l-di. 
— Qaysi to‘yni aytyapsiz? 
— Mashhur hofiz Elchinni kuyov qildi-ku? 
— Ha... siz ham boruvdingizmi? 
— Faqir kishi panada, deyishadi-ku, bir chetda o‘tirib maza qilganmiz. Demak, 
esladingiz. Asadbek aka kelib turarmidilar? 
— Yo‘q, u kishi kelmasdilar. Balki o‘g‘ilchamizning to‘yida kelgandirlar. Nima, o‘sha 
kishidan gumoningiz bormi? 
— Be, shunday ulug‘ odamdan gumonsiraymizmi? — Zohid shunday deb kulimsiradi. — 
Shunchaki so‘radim, qo‘ydim, Mendan oldin siznikiga militsiyadan Ilyosov degan odam 
kelgan. O‘sha odamga «hech kimdan gumonim yo‘q», debsiz. Rostdanam gumoningiz 
yo‘qmi? 
— Kimdanam gumon qilardim? 
— Haydovchidan... — Zohid «o‘ynash» demoqchi bo‘l-di-yu, juvonga bu so‘z yomon 
ta’sir qilishi mumkin-ligini anglab, yumshoqroq tarzda: — yana bir tanish ayol, — dedi. 
Ayolni bilmayman, — dedi Oysanam, — lekin haydovchi deganingiz... akamdan 
qanaqasiga gumon qilishim mumkin? 
Bu gapni eshitib Zohid sergak tortdi: 
— Nima, akam dedingizmi? O‘z akangizmi? 
— Ha,— juvon shunday deb ajablanib yelka qisdi,— tug‘ishgan akam. Siz nimaga hayron 
bo‘lyapsiz? 
— Ilyosovga ham aytganmidingiz buni? 
— Esimda yo‘q... aytgandirman. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
— Akangizning familiyasi?.. 
— Men birinchi erimning familiyasida qolganman. 
Bu yangilik Zohid uchun kutilmagan jumboq bo‘ldi. 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling