Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
eshitildi. Zohid o‘zini tanitgach, darvoza o‘rtasidagi eshik qiya ochilib, egniga paxtalik 
nimcha kiyib, yelkasiga jun ro‘mol tashlagan, kipriklari uzun-uzun, qoshlari kamalak kabi 
egilgan chiroyli juvon ko‘rindi. 
«Qoshu yosimu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin», degan ashulani shoirlar shunday 
go‘zallarga qarab turib yozishganda...» Zohid buni ayni damda, darvoza ostonasining 
bu tomonida turganida emas, keyinroq qaytar mahalida o‘ylaydi. Hozir esa savol nazari 
muhrlangan chiroyli ko‘zlarga qarab turib maqsadini aytdi. Juvon «bu odamning uyga 
kirishga haqqi bormi, qo‘yaymi yo qo‘ymaymi», degan o‘yda picha turdi-da, so‘ng 
chekinib eshikni kengroq ochganicha «kiring», deb yo‘l boshladi. «Uyda erkak yo‘q, 
gapingiz bo‘lsa shu yerda so‘rayvering», deyish «erkaksiz uyga begonalarni kiritma», 
degan odobdan dars olmagan juvonning xayoliga ham kelmadi. Uning izidan borayotgan 
Zohid «bu qizimi yo kelinimi?» deb o‘zicha fol ochdi. Bu ko‘hlik juvon Mirkarimovning 
ikkinchi xotini degan haqiqat tushiga kiribdimi? 
Qishning hukm surish vaqti taqvimga ko‘ra adog‘iga yetgan bo‘lsa-da, sovuq nafasi 
hukmronlikni davom ettirayotgani sababli tashqarida turib gaplashish imkoni yo‘q edi. 
Kungay qilib solingan oynavand ayvon issiq ekan. Zohid «shu yerda o‘tira qolaylik» 
degan taklifni aytishga ulgurmay juvon televizor qarshisidagi stulni ko‘rsatib «o‘tiring» 
dedi. O‘zi yon tomondan joy olib, yelkasidagi jun ro‘molni suyanchiqqa tashladi. So‘ng 
portfelini ochib, qog‘ozlarini olayotgan Zohidning harakatlarini ziyraklik bilan kuzatdi. 
— O‘ldirgan odamni topdinglarmi? 
So‘roqqa tayyorlanayotgan Zohid uchun bu savol kutilmagan bo‘lmadi. Bunday 
savollarni ko‘p eshitgani uchun ham shoshilmay, qog‘ozlarni ko‘zdan kechirib oldi-da, 
javobni qisqa qildi: 
— Topamiz. 
— Sizdan ham oldin bir kishi ikki-uch marta keldi. Qotilni sizlarga biz topib berishimiz 
kerakmi? 
— Siz ovora bo‘lmang, opa, o‘zimiz bir amallab topamiz. 
— Shunaqami? — juvonning kamalak qoshlari chimirildi. — Unda nima uchun keldingiz? 
Adalarini... bu uyda o‘ldirishmagan. Endi boshqa kelmanglar. Birinchi kuni olib ketgan 
narsalaringni ham qaytaringlar. 
«Adalarini... Demak, bu xonim Mirkarimovning bevalari ekan-da?» Zohid shu xayol bilan 
juvonga tegishli sahifalarni varaqladi. «Oysanam Erkaeva. 1958 yilda tug‘ilgan... 
Yoshiga kecha e’tibor bermabman. Eridan o‘n sakkiz yosh kichik ekan...» Zohid bevaning 
talab ohangidagi gaplariga ham sovuqqonlik bilan javob qaytardi: 
— Mirkarimovning bu uyda o‘ldirilmaganini bilaman. Lekin o‘limidan oldin shu uydan o‘z 
oyog‘i bilan chiqqan. Olingan narsalar vaqti kelganda qaytariladi, xavotirlanmang. 
Ro‘yxat bilan olingan, ro‘yxat bilan qaytariladi, ignadek narsa ham yo‘qolmaydi, 
Oysanam opa, — Zohid shunday deb juvonga tik qaradi. Chiroyli ko‘zlarga dosh berish 
qiyin bo‘lsa-da, nigohini olib qochmadi. — Men so‘raydigan ayrim narsalar sizga bema’ni 
yoki erish tuyulishi mumkin, lekin shularni so‘rab, aniqlashga majburman. 
Eshitishimcha, Mirkarimov serhimmat, qo‘li ochiq, mehmondo‘st, hotamtoy odam 
ekanlar, — shunday deb Zohid atayin yolg‘on aytdi. Puldor odamlar, ularning oilalari 
baxil bo‘lsalar-da, o‘zlari haqida shunday tavsifni eshitmoqni xush ko‘radilar. Zohidning 
mo‘ljali aniq chiqib juvon uzoridagi qat’iylik soyasi chekinib, mamnunlik oftobi ko‘rindi. 
Zohid esa bu o‘zgarishni sezmaganday davom etdi: — Kunda bo‘lmasa ham kunora 
mehmon kutgandirsiz. Mehmondo‘st odamning xotini bo‘lish osonmas. 
— Nimasini aytasiz... — juvon shunday deb yengil xo‘rsindi. 
Yaqin o‘tmishning totli xotirasi yuragini entiktirdi. Mehmon kutishda u ertalabdan xamir 
qorib nonu somsa yopmas, bir qozonda suyuq, ikkinchisida quyuq ovqat ham 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling