Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
— Nima deding? 
Oraliqdagi farq bir yosh bo‘lgani sababli Abdulhamid akasini ko‘p hollarda sensirardi. 
Faqat ota-onasi huzurida tanbeh eshitmaslik uchungina sizlab qo‘yardi. Ukasining bu 
qilig‘iga ko‘nikib ketgan Abdusamad hozirgi sensirashga ham ahamiyat bermadi. 
— Ustozning gaplari esingdami? — dedi ukasiga qarab. 
Esida... 
Vatanga qaytish kuni, vaqti aniq bo‘lgach, doktor Xudoyor ularni mehmonga taklif etdi. 
— Meni avfu aylangiz jigarbandlarim, sizlar uchun vaqtimdan bir soatni belgiladim. 
Qahva ichib so‘zlashajakmiz. So‘ng mening yumushlarimda vordur. 
Ustozlarining nemislarga xos mehmondo‘stligi ularga yangilik emasdi. Ziyofatlarda 
maishat qilib uzoq o‘tirish yoki uyda ziyofat tashkil etish uning tabiatida yo‘q edi. 
Shogirdlari bilan muloqotda bo‘lganida «englar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar» oyati 
kalimasini tez-tez tilga olar, «isrof qilmaslik faqat taomgagina nisbat emasdur, vaqtga 
ham taalluqlidir, vallohi a’lam. Qiyomat kuni behuda isrof etgan umrimiz uchun ham 
hisob berajakmiz. Hamonki, beshikdan qabrga qadarli ilm olmoqlik bizlarga farz etilmish 
ekan, vaqtni zoe ketkazmakdan biza qanday naf kelur?» deb nasihat qilardi. 
Vatandoshlar doktor Xudoyorning bu tabiatini hazm qila olishmas, «ilmdagi omad uni 
kibrga olib bordi», deb afsuslanishardi. Gap kelganda otasini ayamaydigan doktor 
Xudoyor Sa’dulloxonga o‘xshaganlar bilan tez-tez bahslashib «Sizlar Vatan hijronida 
emas, boylik hasratida yurgan bandasizlar», deb ularning naf-ratini qo‘zirdi. Uning 
achchiq haqiqati faqat Muzaffarxongagina ma’qul bo‘lardi. Shu bois uyidagi biron-bir 
yig‘in Xudoyorsiz kechmas edi. Ana shu yaqinlik oqibatda to‘rt yoshni bir-birlariga 
qovushtirdi. 
Doktor Xudoyorning chorlashi o‘ziga xos xayrlashish marosimi edi. Ustoz Vatanga 
qaytayotgan shogirdlariga havasi kelayotganini qayta-qayta ta’kidlab: 
— Dunyoda ommatan abadiy o‘lan hech nimarsa yo‘qtur. Xossatan Vatanning istilodagi 
umrining adog‘i ko‘rinmakdadir. Ohkim, mana bu qadar cho‘x marhamatlar etgan 
Tangrim yana birgina karomat etsa-da, man Vatan ozodligin ko‘rsam, Vatan erki 
xususindagi darakni eshitsamgina bas, orada to‘rt ummon o‘lsa-da, suzib o‘tajakman, 
Vatan tufrog‘in o‘pajakman! Banda uchun shu baxtning o‘zi basdir. Banda bandaga 
ta’zim etmas, ammo man — banda Vatan istiqlolin olam aro ovoza etmish bandaga 
ta’zim qilajakman. Siza so‘zim shuldir, azizlarim. 
— Biz bilan boraversangiz bo‘lardi. To‘yimiz bahonasida orzuga yetardingiz. Siz — 
olimsiz, sovetlarga yomonlig‘ingiz yo‘q. Moskvaga bordingiz, indashmadi-ku? 
— Oh, jigarlarim, qalbimdasiz! Man qo‘rquv iskanjasidagi ojiz bir banda emasdurman. 
Maning-da bu ko‘zlarim istilodagi yurtni emas, hur Vatanni ko‘rmak istayur. Qalbim 
toptalmish tufrog‘ni emas, ozod o‘lmish zaminni o‘pmakni orzu etiyur. Ojiz fikrim 
ayturki, bu kunlara insha Olloh, tezda yetajakmiz. Unga qadar esa ehtiyot o‘lmog‘ingiz 
joizdur. Jon talvasasidagi bu beasllar iblis eplolmagan ishlarni-da qilmoqqa qodirdirlar. 
O‘tmish yoz chog‘indagi mesxetiyalik orqadoshlarimizga qilinmish ig‘volarni unutmaslik 
shartdir. Sovetning tavbasi mushukning tavbasi ila ohangdosh o‘lmish. Anglayurmisiz? 
Mushuk ila sichqon xususinda cho‘x rivoyatlar bitilmish. Mazkurlar orasinda ibrat 
shulkim, bir qari mushuk o‘lar oldindan go‘yokim insofga kirmish ekan. Sichqonlara 
maktub bitib tavbalarini izhor etibdur va yana debdurkim «sizlara bir ziyofat bersam-da 
so‘ngra jon versam. Sichqonlar bu va’daga inonish yoxud inonmaslikni-da bilmay 
donishmandga yuz tutmish ekanlar. Donishmand debdiki: «Mushukning tavbasiga zinhor 
inonmangiz. O‘lib, ko‘mib-da qo‘yilmish mushukning bir dona mo‘ylabi tufroqdin chiqib 
turganini ko‘rmoq bo‘lsangiz-da hov naridan aylanib o‘tmagingiz durust o‘lur». 
Sichqonlarning jo‘juqlari nasihatga zid o‘laroq mushuk huzurina boribdilar. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling