Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
narkokurerni bizga tutib berasan. Mulohazaga o‘rin yo‘q. Ko‘nishga majbursan. Har 
holda o‘g‘illaringni bekorga chiqarmayapmiz. Ular garovda, bilib qo‘y! 
Chindan ham tortishish, mulohaza yuritishga fursat yo‘q edi. 
— Kim bilan bog‘lanaman? 
— Sen bilan o‘zimiz bog‘lanamiz. Endi boraver. Uyingga qaytib, to‘yingni boshlayver. 
Qo‘rqma, endi sen bizning himoyamizdasan. 
Asadbek past ovozda «xayr» deb xonadan chiqdi. Salomiga alik olinmagani kabi 
xayrlashishiga ham lutf qilinmadi. 
Jamshid bilan o‘g‘illarining savol bilan qarashlariga javoban: 
— Tezroq bo‘llaring, men toza havoda turaman, — deb tashqariga yurdi. 
Ko‘chaga chiqdi-yu, quruq qor bo‘roni yuziga urilib nafasi qaytdi. Paltosining yoqasini 
ko‘tarib, boshini toshbaqa kabi ichiga tortdi. Moskvaning sovug‘iga moslanmagan yupqa 
paltosi bo‘ron hamlasini qaytara olmadi. Bir pasda badaniga muz yugurib qaqshay 
boshladi. Iziga qaytmoqchi bo‘lganida besh qadam narida, ko‘cha chetida qorga 
burkanib turgan «Volga» eshigi ochilib Jamshidning sherigi tushib keldi: 
— Bek aka, bo‘ldimi, chiqishdimi? — deb so‘radi. 
Asadbek «ishing nima!» deb jerkimoqchi bo‘ldi-yu, qo‘l qovushtirib some’ turgan yigitni 
o‘ksitgisi kelmay qisqagina qilib: 
— Ha, — dedi. 
Hayriyat-e, Bek aka, moshina issiq, o‘tirib turing. Men ichkariga kiraymi? 
Yigit endi haddidan oshgan edi. Shu bois bu safar xojasining g‘azabidan benasib 
qolmadi: 
— Joyingga bor, ishingni qil! 
Yigitning mahmadanaligi g‘ashini keltirgani uchun u taklif etgan issiq mashinaga bormay 
joyida turaverdi. 
Uning xayollari ko‘chada sarsari kezayotgan qor bo‘roni kabi to‘zigan edi. «U meni kutib 
o‘tirgan edimi? «KGB xodimiman» deganida ishonib qo‘ya qolganim yaxshi bo‘ldi. 
Guvohnoma so‘rasam gap maydalashardi. Mayli, meni kaltafahm deb hisoblab 
o‘tiraversin. Agar uning KGB emas, Xongireyga tobe laycha ekanini bilmasam, unda 
chindan ham paytavafahm bo‘laman. Xongirey qoradorifurushlikka toqatim yo‘qligini 
biladi. U o‘zicha ustalik bilan qo‘l-oyog‘imni bog‘ladi. Agar haromi Haydar bilan til 
biriktirgan bo‘lsa, ishini qilaveradi. Men nodon esa narkokurerlarni aniqlab, 
xabarlayman. Bu ma’lumot to‘g‘ri Xongireyning qo‘liga borib tushadi. U enag‘ar 
ilgaritdan qanjiq* edi. Meni ham o‘ziga o‘xshatyapti shekilli? Yaxshi, o‘xshatsa o‘xshatib 
tursin. Men unga o‘xshagan past o‘g‘ri emasman. Meniki bitta gardkam bo‘ladi. Ostidan 
ham ustidan ham qo‘porib tashlamasam yurgan ekanman. U basharasiga niqob taqib 
arslonman deb kerilyaptimi? Bashara arslonniki, dum esa tulkiniki. E, nodon, o‘sha tulki 
dumingning ostiga sening...» Asadbek shunday deb so‘kinib yon tomonga o‘girilganicha 
tupurdi. 
Birinchi jomadonni ko‘tarib chiqqan Jamshid: 
— Bek aka, sovuqda turmang, yuring, — dedi mehribonlik bilan. 
Asadbek Chuvrindiga qanday itoat etgan bo‘lsa, Jamshidga ham shunday bo‘ysunib, 
ergashdi. 
Ko‘chada turganida etini zirillatgan sovuq mehmonxonaga borganida kuchini ko‘rsatdi. 
Badanida bezgak titrog‘i turib, holdan toydi. Jamshid ustma-ust junchoyshabga o‘rab 
qo‘ysa ham isimadi. Xojasining titrog‘i pasayish o‘rniga zo‘rayayotganini ko‘rgan Jamshid 
restoranga qo‘ng‘iroq qilib qaynoq karam sho‘rva bilan aroq buyurdi. Aytganlari 
muhayyo bo‘lgach, shishadagi aroqning yarmini xojasiga zo‘rlab ichirdi. Asadbek karam 
sho‘rvadan uch-to‘rt qoshiq ichgach, peshonasida ter marjonlari ko‘rindi. Jamshid 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling