Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
67 — Bu yerdan chiqvolaylik, keyin gaplashamiz, — dedi Jamshid. Kim bilan, qachon, qaerda, qanday tarzda gaplashajagini o‘zi ham bilmasa-da, xojasini tinchitish uchun ishonch bilan aytdi bu gapni. Asadbek «ertaga senga shokolad olib beraman», degan aldovga uchgan go‘l bola singari yuvosh tortdi. Endi uning javdiragan ko‘zlari har yon boqib, o‘g‘illarining chiqib kelishlarini kutardi. Oradagi yarim soat xuddi yarim yil singari ruhni ezg‘ilab o‘tdi. Vaqtning o‘n besh daqiqasi «hozir chiqishadi», degan ishonch bilan, qolgani esa «yana anglashilmovchilik bo‘libdi, beayb boshqa odamlar ekan, sizning o‘g‘illaringizni chiqarmaymiz» deb qolsa- chi?» degan gumon talvasasi bilan o‘tdi. Yarim soat Asadbekni besh yilga qaritdi. Zaynab mojarosida cho‘kkan gavdasi yanada cho‘kdi. Hojasini kuzatib turgan Jamshid yengil titradi: hojasining soch-lari birdaniga oqarib ketdi. Asadbekning sochlariga oq oralagan edi. Lekin hozir, bir onning o‘zida qirov qo‘nganday bo‘ldi. Jamshid «avval ham shundaydir, e’tibor bermagandirman», deb o‘ylab yanglishdi. Sochning ayni shu damda oqarganini navbatchi kapitan ham sezgani uchun tez-tez qarab-qarab qo‘yayotgan edi. Sukunat... Sukunatning tili bormi? Bo‘lsa, sassiz ravishda nimalar deyapti ekan? Balki o‘zining tilida chinqirib Asadbekni qarg‘ayotgandir? Balki sochlarining oqarib ketgani qarg‘ishning ijobat bo‘layotganiga bir ishoradir? Oldinda qo‘llari kishanlangan Abdusamad, orqaroqda Abduhamid ko‘rinishi bilan Asadbek o‘zini tuta olmadi. Uning keyingi oylar ichi zaiflashib qolgan irodasi, saboti ko‘zdan quyilib, kipriklariga qadalgan yosh tomchilarini to‘xtata olmadi. Hali «anglashilmovchilik bo‘lganini» bilmagan, «Turlaring!», «Devor tarafga o‘giril!», «Qo‘lingni cho‘z!», «Bitta-bitta yur!», «Gaplashma!» degan buyruqlarga mo‘min bola singari itoat qilib chiqib kelayotgan, xayollari «Endi bu yog‘i nima bo‘larkin?» degan savol bilan band aka-uka oynavand devor ortida otalarini ko‘rdilaru ko‘ngillari to‘lib, bo‘g‘izlariga yig‘i keldi. Ulardagi yoshlarga xos matonat yig‘ini to‘xtatishga qurbi yetdi. Agar Asadbek o‘g‘illari ko‘zlarida yosh ko‘rsami, bo‘g‘ziga qadalib turgan faryodni to‘xtata olmasdi. Yaxshi hamki oynavand devorning xiraligi otalari yonog‘iga dumalagan ko‘z yoshni parda qilib to‘sdi. To‘smasami edi, balki yoshlik matonati ham ojizlik qilib qolarmidi... Go‘zal yorlari hamrohligida uyga kirib bormoqni, kelinsalomdan quvongan otalari bilan ko‘rishmoqni orzu etgan o‘g‘illar xira oynavand to‘siq ortidan «Adajon, bizning hech gunohimiz yo‘q» degan ma’noda javdirab qarashardi. Qo‘llaridagi kishanlar yechilib, cho‘ntaklaridan olingan narsalar ro‘yxat bo‘yicha bir-bir qaytarila boshlangach, ular chindan ham «gunohlari yo‘qligini» anglab yengil tortishdi. Ikkovlari ham baravariga «adam chiqarib oldilar» deb o‘ylashdi. Sog‘inch va tashvishdan o‘rtangan yuraklar xadik soyasi ostida uchrashganlari uchun tilga so‘z kelmay qoldi. Titroq tillar «Bolam!», «Adajon!» deyishgagina quvvat topa oldilar xolos. Asadbek o‘g‘illarini bag‘riga bosib, ko‘ngli bir oz orom topgach, qulochini keng yoyib ikkovini qanotlari ostiga oldi-da, «Ketdik!» dedi. So‘ng jiyanlari qatori suyumli bo‘lib qolgan yigitlar bilan ko‘rishish baxtidan bebahra qolayotgan Jamshidga qarab: — Yuklarni o‘zing olib chiq, — dedi. — Bek aka, qarab olaylik, — dedi Jamshid aybdor odamning ovozi bilan. — Past ketma bularning oldida. Bir-ikkita matohni olgan bo‘lsa olgandir. — Olsa mayli-yu, qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa-chi? Ko‘chaga chiqqanimizda yana hunar ko‘rsatishmasin, deyman... Jamshid «xo‘jayinga aql o‘rgatib baloga qolmasaydim» degan xavotirda gapini kalta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling