Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

VI b o b 
I 
«Anglashilmovchilik bo‘libdi»?! 
Asadbek quloqlariga ishonmadi. «Uyqusirayaptimi bu malla kapitan yo kechasi bilan otib 
chiqqan bo‘lsa kalla karaxtmi?» 
Chetdan qaragan kishiga milisaxona navbatchisining darchasiga tirsagini tirab turgan 
Asadbek gap uqmas bo‘lib ko‘rinardi. Bu xonada kapitandan boshqa chetdan qarovchi 
odam yo‘q edi. Unga esa Asadbek aynan shunday ko‘rindi. 
— Tushunmadingizmi? — dedi u ensasi qotgan tarz-da. 
— Tushunmadim, — dedi Asadbek. 
— Nimasiga tushunmaysiz? Anglashilmovchilik bo‘libdi, — dedi kapitan. — Militsiya 
nomidan uzr so‘raymiz. O‘g‘illaringiz hozir chiqishadi, olib ketaverasiz. Yuklaringizni 
qarab, tekshirib qabul qiling. 
Necha xil o‘y-xayol, necha xil reja bilan bu yerga kelgan Asadbek uchun bunisi sira 
kutilmagan «sovg‘a» bo‘ldi. U avvaliga to‘g‘ri Xongireyga uchrab «talabingni aytu 
bolalarimga tegma», demoqchi bo‘ldi. Lekin bu ahdi qat’iylashmadi. «Xo‘p, bordim, 
aytdim, — deb o‘yladi u, — «o‘g‘illaringni men qamatmadim», demaydimi? Deydi. U 
xunasa chaqaloqligida tulkining sutini emib katta bo‘lgan. O‘zini bilmaganga oladi. «Iya, 
shunday bo‘ptimi?» deb achinadi. Keyin menga marhamat qiladi. E, yo‘q, menga u 
xarifning marhamati kerakmas. U mening bosh egib kirib borishimni juda-juda 
istayapti...» 
Asadbek yo‘qotilgan boylikning o‘rnini to‘ldirish mumkinligini, yo‘qotilgan nomusni esa 
aslo tiklab bo‘lmasligini yaxshi bilgani uchun ham Xongireyning huzuriga bormadi. 
O‘g‘illari uchun jonini berishga tayyor Asadbek nomusini bulg‘ab bo‘yin egishga kelganda 
chiday olmadi. Nomus jonga nisbatan ulug‘lik qildi. O‘zini to‘xtatdi. Nomusning 
toptalishini eng so‘nggi chora deb bildi. «Gadoning dushmani gado bo‘ladi», 
deganlaridek, Moskvada Xongirey yakka hokim emas, uning payiga tushadiganlar ham 
topiladi. Asadbek hozir chora izlab ulardan birining huzuriga bormog‘i mumkin edi. Lekin 
bu yo‘lning ayni damda xatarli ekanini, yara patos bog‘lab ketmog‘i mumkinligini u 
fahmladi. Shubhasizki, Asadbek Moskva yeriga qadam bosishi bilan Xongireyning 
odamlari uni kuzatadilar. Asadbek Xongirey uchun nobop to‘daga arzini aytgani hamon 
o‘ljani bo‘g‘ib turgan ilon zaharlashni paysalga solmaydi. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri milisaxonaga boraverish fikri uni kutib olgan Jamshidga ham ma’qul 
keldi. Balki «besh-o‘n so‘m» sovg‘a evaziga ish pishar degan umidda navbatchi 
darchasiga tirsagini tiraganicha o‘zini tanitib, muddaosini aytishi hamon kapitan 
anglashilmovchilik bo‘lganini ma’lum qilib turibdi. 
Umidiga osonlik bilan yetgani uchun quvonishi lozim bo‘lgan Asadbek 
«anglashilmovchilik» degan so‘z ikkinchi marta takrorlangach, beixtiyor g‘azablandi. 
«Ikkita begunohni qamog‘ingga tiqib qo‘yib yana «anglashilmovchilik» deb 
bezrayasanmi, enag‘ar!» deb baqirishga chog‘langanida xojasining fe’li ayniganini 
sezgan Jamshid uni chetga tortdi. 
Asadbek «nega aralashasan!» degan ma’noda o‘tli nigohini unga qadadi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling