Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
zo‘rlasa ham sho‘rvaning yarmidan kamrog‘i qoldi. Shundan so‘ng Jamshid xojasini 
yechintirib, badanini aroq bilan obdon artib, xuddi chaqaloqni yo‘rgaklaganday yotqizib 
qo‘ydi. Ana shu amaldan so‘ng Asadbekning badaniga iliqlik yugurib sovuq titroq 
azobidan qutuldi. Hatto tashvishli gaplardan ham yiroqlaganday bo‘lib o‘zi sezmagan 
ravishda oromli uyquga ketdi. Ammo bu orom olami uni bag‘rida uzoq ushlab turolmadi. 
Bir soatga yetar-etmay u yana tashvishli dunyosiga qaytdi. 
Yuvinish xonasi tomondagi g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir tovushlar qulog‘iga kirmaganida uzoqroq 
uxlashi mumkin edi. Avvaliga buni ko‘rayotgani majhul tushga oid tovushlar deb o‘yladi. 
Tovushlar avval uning sezgilarini uyg‘otdi. So‘ng ko‘zlari ochildi. Bir zum quloq tutib 
yotdi-da: 
— Mahmud, kim keldi? — deb so‘rab qaddini ko‘tardi. 
«Jamshid» demay «Mahmud» deb yuborganini o‘zi ham sezdi. Jamshid esa ustozi o‘rnini 
egallayotganini fahmladi. Yotoq eshigini qiya ochib: 
— Mamatbey keldi. Xongireyning salomi bor emish,— dedi. 
— Ha... kelibdi-da, juda yaxshi. Hozir kiyinib chiqaman. Sen choy-poy buyur. 
— O‘tirmas emish. Sizni olib ketgani kelganmish. Menam tayyorlanaymi? 
— Sen ukalaring bilan qolasan. Xongireying bilan o‘zim bi-ir otamlashay. 
— Sherigim boraqolsinmi? 
— Keragi yo‘q. Bu sen o‘ylagandaqa uchrashuvmas. Yarash-yarash bo‘ladi. Akangning 
ziyofatini yeymiz bugun. — Asadbek kiyina turib shunday dedi-da, zaharli tarzda 
kulimsirab qo‘ydi. 
U Xongireydan chopar kelishini kutgan edi. Shu sababli milisaxonadan chiqishgach, 
mehmonxonaga borajagini bildirdi. Xojasining maqsadini anglamagan Jamshid ajablanib 
qarab qo‘yish bilan qanoatlandiyu «Ichkariga chaqirishganda bir gap aytilgandir-da», 
degan o‘y bilan cheklandi. «Nega chaqirishibdi, tinchlikmi?» deb so‘rashni xayoliga ham 
keltirmadi. Aytish lozim bo‘lsa, xojasining o‘zi aytardi. Sir saqladimi, demak, bu sir 
qal’asining eshiklari Jamshid uchun taqa-taq berk. Ochishga urinishlik esa eng kamida 
so‘kish bilan mukofotlanadi. 
Asadbek milisaxonadan to‘g‘ri «Domodedovo» deb atalmish joyga qarab bormog‘i, ikki 
soatdan so‘ng esa uchoqqa o‘tirib uyiga jo‘nab qolishi ham mumkin edi. Shunday qilsa 
uning har qadamiga tikilib, kuzatib turganlar juda bo‘lmaganda qo‘rqoqlik tamg‘asini 
bosar edilar. Yoki yuklar qayta tekshirilib biron mashmasha chiqarilmog‘i muqarrar edi. 
Asadbek kiyinib dahlizga chiqishi hamon Mamatbey quchoq ochib kutib oldi. 
— Ha, eski og‘aynilar topishib oldinglarmi? — dedi Asadbek yengil piching ohangida. 
— O‘, jan gardashim, bu o‘g‘lung cho‘x buyuk insan. Bek gardash, ta’ziyalarimi qabul et. 
Mahmutbey cho‘x buyuk insan edi. Afsuslar chekmakdamiz, afsuslar. 
— Og‘ang Xongirey qalay, durustmi? 
— Tashakkur sana, gardash. Sana Xangireyning salamlari var. 
— Ertalab ziyoratiga boraman deb turuvdim. 
— Ziyaret bizdan lazim o‘lur, Bek gardash. Sanda biza ko‘nakdirsan. Sanida aziz etib 
bashlarimiza ko‘tarajakmiz. Xongirey orqadash bu onda sani kutmakdadir. 
— Kutayotgan bo‘lsa ketdik. 
— Jamshidbeyda bizim ila borajakmi? 
— Yo‘q. U ukalari bilan shahar aylanmoqchi bo‘lib turuvdi, shashtini qaytarmaylik. 
____________ 
* Hukumat idoralari bilan hamkorlik qilish o‘g‘ri uchun o‘z qonunlariga xoinlik hisoblanib, 
shunday «unvon» bilan taqdirlanadilar. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling