Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
78 bolalarning «ko‘z urishtirish» o‘yinini eslatardi. To‘kin dasturxonning bir tomonida Xongirey, ikkinchi tomonida esa Asadbek — ikkovi o‘ziga xos ikki mulkning egasi. O‘zini aqlli deb hisoblovchi bu ikki nodon bilmaydiki, ulardan-da avval, ulardan-da zo‘rroq sohibi mulklar o‘tganlar. Lekin osmon barchasini o‘z gardishiga olib, kulga aylantirgan. Oldinroqmi keyinroqmi lahad tuprog‘i bilan to‘luvchi bu ko‘zlar hozir bir-biriga tikilganicha bir-biriga kafan bichadi: — Senga jahannam gullari nasib bo‘lsin, — deydi Asadbekning ko‘zlari. — Mahmud ukangning o‘limini unutma, bitta o‘lik siqqan go‘rga ikkitasi ham sig‘adi, — deydi Xongireyning ko‘zlari. Xongireyning Iliko haqidagi gaplaridan Asadbek bu mehmondorchilikdan maqsadni fahmlaganday bo‘ldi. Moskvaga bugun ertalab kelganini qayta-qayta aytishidan maqsadi — «o‘g‘illaringning mashmashasiga mening aloqam yo‘q, men Moskvada yo‘q edim» demoqchi. Bunaqa ishni amalga oshirish uchun Moskvada bo‘lishi shart emas. Telefon degan beminnat dastyor bor ekan, dunyoning narigi chetida turib bu chetini ostin-ustun qilib yuborish hech gap emas. Xongireyning tagdor gaplari — kichkina bolaning go‘llik bilan topgan bahonasi. Xongireyning asosiy maqsadi boshqa: Asadbekka hujumi hal qiluvchi pallaga kirganda vaziyat o‘zgarib qoldi — Iliko unga yovlashganday bo‘lib turibdi. U yoqda Mahmudning fojiasi, keyinroq esa Sulikoning o‘limi bir-biriga aloqador bo‘lmasa-da, Iliko bularni zanjirning ikki halqasi deb bilishi mumkin. Ilikoda gumon uyg‘onganini u Kutaisidan qaytgach bildi. Iliko chindan yovlashdimi yo bu shunchaki xom gapmi, Xongirey hali tagiga yetganicha yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, ehtiyot chorasi shart, deb bildi. Xongirey Iliko bilan yakkama-yakka tashlashishdan qo‘rqmaydi. Ko‘nglidagi umidlardan biri — vaqti kelganda Ilikoni ham yanchib tashlash. Ilikoni yanchish degan gap mutlaq hokimlikka bir qadam qoldi, demakdir. Lekin u farahbaxsh kunlarga hali fursat bor. Uni hozir cho‘chitib turgani — agar Iliko hamla qilsa yoniga boshqalar qo‘shiladi. Xongireyning Shaxovskiydagi qarorgohida ziyofatini yeb, unga oq fotiha berganlar ham bu vaziyatda Iliko tomonga o‘tib olishlari mumkin. Asadbek Xongireyning xavotirini ilg‘aganday bo‘ldi. U Iliko bilan juda yaqin aloqada bo‘lmasa-da, akasi Suliko bilan og‘a-inilar kabi qadrdonligi bor edi. Xongirey buni yaxshi bilgani uchun ham Asadbekni yo‘ldan olishda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi hujum qilmay avval Hosilboyvachchadan, so‘ng Chuvrindi bilan Kesakpolvonning o‘zaro ziddiyatidan foydalanmoqchi bo‘ldi. Sulikoning dafn marosimidan so‘ng u to‘g‘ri Moskvaga qaytgan edi. Otasining og‘ir xastaligini bilsa-da, Asadbekning o‘g‘illari kelayotgani uchun ovuliga o‘tmadi. Otasini o‘zi emas, yigitlaridan biri bugun tongda olib keldi. Onasi esa uning amri bilan «Xongirey kelib otasini olib ketdi», degan gap tarqatishi lozim edi. — Iliko Moskvaga ertaga qaytadi. Xohlasang ta’ziyaga birga borishim mumkin, — dedi Xongirey oradagi sukutni buzib. — Yaxshi bo‘lardi, — dedi Asadbek undan ko‘z olmay. Xongirey aytmasa ham Asadbek bu yerdan chiqib Sulikoning uyiga borishni o‘ylab turgan edi. Asadbek yangi uylangan kezlari, hali qimorni tashlamagan paytlarda «Tambovda katta o‘yin bo‘ladi», degan xabarni eshitdi-yu, «O‘sha katta o‘yinini ham bir ko‘ray», deb belni baquvvat qilib bordi. Suliko bilan o‘sha yerda, qimor ustida tanishgan edi. Asadbekdan bir oz yoshroq bo‘lgan Sulikoning kavkazliklarga xos qiziqqonligi bu o‘yinda pand berib, kattaga tushdi. Tushganda ham Asadbekka tushdi. O‘yin oxirlaganda hech vaqosi qolmagan Suliko dabdurustdan: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling