Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
76
yanglishmadi. Tungi maishatlarga mo‘ljallangan xos xonalar did bilan bezatilgan edi. 
Kunduz kuni bo‘lgani uchunmi yo Xongirey «Hech kim qo‘yilmasin», deb amr etganmi
har holda xizmatchi yigitlardan tashqari hech kim ko‘rinmadi. Xos xonalardan ham 
tovush chiqmadi. 
Asadbek telpagini yechib xizmatchi yigitga uzatayotgan damda Mamatbey unga qaradi-
yu, oqarib ketgan sochlarini ko‘rib taajjublandi. «Qachon bunchalik oqardi? Yo bo‘yatib 
yurarmidi?» degan savoliga javob topishga harakat ham qilmay, Asadbekni 
kattaroq ziyofatlarga mo‘ljallangan kengroq xonaga boshlab kirdi. 
Yigirma besh kishiga mo‘ljallangan stol usti oliyshon makondagi kabi noz-ne’matlar bilan 
to‘ldirilgan edi. Eti ustixoniga yopishgan, kal boshi chiroq nurida yaltillab turgan, ko‘zlari 
ma’nosiz ravishda chaqchaygan odam dasturxon to‘rini egallagan edi. Xongirey esa 
uning muqobilida daxanini mushtumiga tiraganicha tikilib o‘tirardi. Mamatbey kirib 
salom bergach, Xongirey orqasiga o‘girildi. Asadbekni ko‘rib avvaliga ajablandi. 
Mamatbeyning xayolini yoritgan savol unga-da nasib etdi. Uning ajablanganini Asadbek 
sezdi. «Hali ham tirikmisan?» deb hayron bo‘lyapti shekilli?» degan fikrga kelib, «Sen 
uchun afsuslar bo‘lsinkim, Xudoga shukr tirikman», ma’nosida jilmayib qo‘ydi. 
Asadbekning chehrasini silab o‘tgan jilmayish Xongireyga ta’sir qildi. Tund yuzi yorishdi. 
O‘rnidan turdi. Uzoq vaqt ko‘rishmay sog‘ingan qadrdon kabi quchoqladi. Sharqliklarga 
xos odob bilan avval o‘ng, so‘ng chap betini betiga qo‘ydi. 
Uning bu tarzda ko‘rishishidan taajjublangan Asadbek «Bu bola o‘g‘ri emas, artist 
bo‘lishi kerak edi», deb o‘yladi. 
Xongirey quchog‘idan bo‘shagan ondan boshlab Asadbek uning ko‘zlariga tikildi: biron 
ma’no uqmadi. Asadbek uning qarashida oshkorami yoki yashirinmi «O‘g‘illaringni qo‘lga 
tushirib bopladimmi? Men bilan o‘chakishadigan senmisan hali?!» degan ma’no bo‘lishi 
kerak, degan fikrda edi. Xongireyning qarashida ham, harakatlarida ham bu fikrni isbot 
etishga arzigulik holat ko‘rinmadi. 
Ular ko‘rishayotgan onda to‘rdagi odam tili g‘o‘diragan ravishda: 
— Aftandil! — deb chaqirdi. 
Xongirey o‘girilib o‘z tilida bir nima dedi. Chaqchaygan ko‘zlari yumilay deb turgan kal 
ham nimadir degach, Xongirey Asadbekning bilagini ushlab o‘tirishga joy ko‘rsatdi. 
— Bu mening otam, — dedi Xongirey. — Sen bilan ichishni xohlayapti. Sen undan 
irganma. Uning turgan-bitgani shu. Men uni shu holicha ham yaxshi ko‘raman. Chunki u 
mening otam. Kutaisiga borgan edim, qaytishda ovulga kirsam otam yotib qolibdi. Jigar 
qurib bitganmish. Do‘xtirlar «yaqinda o‘ladi», deyishibdi. Onam ham qiziq ayol. «Kasal 
ekan, o‘lar ekan», deb aroq bermay qo‘yibdi. Bir yoqdan kasallik azobi, bir yoqdan 
xumor azobi otamni yeb tashlabdi. Holiga qaragin... Chindan ham uning yelkasida Azroil 
o‘tiribdi. U umr bo‘yi ichdi. Onamdan yashirib ham ichdi, urishib ham ichdi, yalinib ham 
ichdi. Endi o‘ladigan paytda qiynashning nima keragi bor? To‘g‘rimi? Ichsin, to‘yib-to‘yib 
ichsin, armonsiz ketsin. 
Xizmatchi yigit kirib bo‘g‘zi oq sochiq bilan o‘ralgan shishadagi aroqni qadahlarga quydi. 
— Ota, bu Asadbek, mening izzatli mehmonim, — dedi Xongirey ruschalab. — 
Mehmonim salomat bo‘lsin. Ichamiz! — Xongirey shunday deb aroqdan xo‘plab qo‘ydi. 
— Otangning sog‘ligi uchun! — Asadbek ham oxirigacha ichmadi. 
— Tilaging uchun rahmat, — dedi Xongirey. — Lekin u endi sog‘aymaydi. 
Otasi titroq qo‘llari bilan changallagan katta qadahni labiga yaqinlashtirib, aftini 
bujmaytirdi. Ko‘ngli ichishni istamasdi, vujud aroqqa to‘ygan edi, ammo nafs hamon och 
edi. To‘ymog‘i ham mumkin emas, chunki imoni ojiz kishilarning och nafsi faqat lahad 
tuprog‘i bilan qanoat topadi. Xongireyning otasidagi ko‘ngil bilan nafs olishuvi aroqni 
xo‘rillatib ichish bilan yakunlandi. Asadbek choy, sho‘rva xo‘rillatib ichilganini ko‘rgan, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling