Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
— Dunyoda hech bir mushuk shu onga qadarli tavba qilmagan edi, sen nechuk istig‘for 
aytmakni ixtiyor qiliyursan? — deb so‘rabdilar. 
Do‘mboq sichqonlarni ko‘rgan mushukning-da fe’li o‘sha on aynibdi, niyati-da buzulibdi. 
— Senlar ayt-chi mana, senlar insofsizmi yoki men? Senlar nechun qopning og‘zi ochiq 
o‘lgani holin-da ostidan teshasanlar? Men shu savolga javob istab senlarni yo‘qlagan 
edim. 
Mushuk shunday debdi-yu, nodon sichqonlar uning nonushtasi bo‘libdilar ekan... 
Mana shu rivoyatni aytib doktor Xudoyor sovub qolgan qahvaga uzoq tikilib, jim qolgan 
edi. 
Moskva milisaxonasining vaqtinchalik qamoqxonasida aka-uka o‘sha xayrashuv onlarini, 
ustozi aytib bergan rivoyatni eslashdi. 
— Sichqonlar nodon bo‘lishsa ham «tavba qil!» de-yishga ulgurishibdi-ku, — dedi 
Abdulhamid akasining gapiga javoban. 
Sovuq nafas qilma, nima, bizni hozir shartta otib tashlasharmidi? 
Abdulhamid «buni Xudo biladi», deganday qo‘l siltadi. 
Ularning hibsdagi soatlari adog‘iga yetib, erkinlikka chiqishgach, to‘g‘ri uyga qaytish 
o‘rniga mehmonxonaga borib qolganlaridan ajablanishdi. Jamshid xojasini muolaja qilib 
chiqqach, «Nega uyga ketmayapmiz?» deb uni so‘roqqa tutishdi. Negaligini koshki 
Jamshid bilsa. Bir ko‘ngli «Adanglardan o‘zlaring so‘ranglar», demoqchi bo‘ldi. Biroq, 
gapni chuvalashtirmaslik uchun «Bek akamning bu yerda qiladigan ishlari bor ekan
ertaga qaytadigan bo‘ldik», deb ularni tinchitdi. Ertaga qaytar-qaytmasligini o‘zi ham 
aniq bilmasa-da, shunday dedi. Agar ertaga ham Moskvada qolsalar «Bek akamning 
ishlari bitmabdi», degan bahonani aytishdan osoni yo‘q. 
Asadbekning badanidan issiq o‘tib uxlagan damda aka-uka uyga telefon qilib onalarining 
bezovta yuragini tinchlantirdilar. 
Jamshid esa yotoqning eshigi yoniga stul qo‘yib o‘tirib, oyoqlarini uzatib chalishtirdi-da
boshini beton devorga yopishtirilgan gulli qog‘ozga tirab mizg‘idi. 
3 
Asadbek odatiga ko‘ra orqa o‘rindiqqa o‘tirmoqchi bo‘lib mashina eshigini ochgan edi, 
Mamatbey to‘xtatdi: 
— Bek gardashim, yanima o‘ltur, suhbatlashib ketajakmiz, — dedi kulimsirab. 
Asadbek uning gapiga e’tibor bermay orqaga o‘tirib, eshikni yopdi-da: 
Orqadagi xatar yomon-da, a? — dedi. 
— Xatar deding? — Mashinani o‘t oldirgan Mamatbey kulimsirab bosh chayqadi. — 
Sendan xatar kutmaklik men uchun cho‘x nodonliktur. 
— Mamatbey, qardosh, xatar deganlari sen bilan menga o‘z soyamizdan ham yaqin. 
Kimdan qanday mukofot olishingni bilmaysan. 
— Cho‘x go‘zal falsafa so‘ylading, gardash. Xatar ham, o‘lim ham bizlara hamroh o‘lur. 
«O‘lim-ku, bizlara bilan birga tug‘ilgan. Xatarni esa o‘zimiz arzon-garovga sotib 
olganmiz», deb o‘yladi Asadbek. Mamatbey esa «Gapim unga yoqdi», degan xayolga 
borib, ro‘parasidagi ko‘zgu orqali Asadbekka bir qarab oldi. 
Bo‘ron tingan bo‘lsa-da, osmon Asadbekning ko‘ngli kabi tund edi. Baland-baland issiqlik 
minoralaridan sizib chiqayotgan bug‘ og‘ir bulutlar qatlamini yorib o‘tishga ojizlik qilib, 
ko‘p qavatli imoratlar tomlari uzra yengil suzadi. Yaxmalakka qarshi sepilgan tuz kuchini 
ko‘rsatgan, serqatnov ko‘cha yuzini qoplagan qor qop-qora atalaga o‘xshab ketgan edi. 
Oldindagi mashinalarning orqa g‘ildiraklaridan otilgan bu atala-balchiq ba’zan 
peshoynaga zarb bilan urilib, qora parda hosil qilardi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling