Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
qilibdimi? Xo‘p, Kozlov masalasidagi o‘jarligi durust bo‘lmadi. Xongirey «yo‘limdan 
qoch», deganida nari tursa olam guliston edi. Bunda gap faqat o‘jarlikda emas. Orada 
Kozlov bilan ahdnoma bor edi, Asadbek bu ahdga xiyonat qilib past ketishni istamadi. 
Bugun Kozlov masalasida chekinsa, ertaga boshqa ishda qulluq qilib tursa Xongireyning 
uni eshakka aylantirib minib olishi yoki boshga chiqib istagan noma’-qulchiligini amalga 
oshirishi mumkinligini ham hisobdan chiqarmagan edi. 
Hosilning o‘limi uchun hisob berishi kerakmi? Axir uni Xongireyga o‘chakishib o‘ldirmadi-
ku? Hosil o‘limni o‘zi sotib oldi-ku? Faqat benomus otagina Hosilning qilig‘iga chidashi 
mumkin edi. Agar ana shu nomus qasosi uchun jon berishi shart bo‘lsa — Asadbek 
tayyor! 
«Xongirey... darding bo‘lsa erkakchasiga dangal aytmaysanmi? Nayrangga balo bormi? 
Yoki... dard chekib ingraganimda rohat topasanmi? Undan ko‘ra o‘ldirib, jasadimni 
yoqib, shu olov taftida qo‘lingni isitib maza qila qolmaysanmi, nomard!..» 
Moskvaga uchadigan uchoq yerdan ko‘tarilgunicha shu kabi xayollar qurshovida bo‘lgan 
Asadbek Xongirey bilan uchrashajagi aniq ekanini bilardi, faqat qaerda, qay holda 
ko‘rishajagi xususidagi tasavvuri aldamchi edi. Xongirey tayyorlab qo‘ygan 
nayranglarning navbatdagisini u yetti uxlab bir tushida ko‘rmas edi. 
U yorug‘lik olamidan tobora zimiston dunyosiga kirib, ana shu zulumot qa’ridan 
yorug‘likni umid qilib borardi. 
O‘g‘illarining yuklari orasidan chindan ham qora dori chiqqan bo‘lsa, qo‘rqqulik emas. Bir 
necha kunda bo‘lmasa-da, uzog‘i bilan uch-to‘rt haftada chiqarib olishga ishonadi. Ammo 
bu Xongireyning ishi bo‘lsa... chorasi qiyin. Tomirida iblis qoni oquvchi kimsa ham 
Xongirey darajasida beshafqat bo‘lmas. Asadbek o‘g‘rilar olamida «Knyaz» deb 
ardoqlanuvchi bu odamning qiliqlarini eshitib yurardi, biroq, g‘ilay Shomilning kallasini 
qutiga solib yuborganini bilgach, undagi beshafqatlik darajasining chegara bilmasligiga 
amin bo‘ldi. Qonundagi o‘g‘rilarning «O‘g‘ridan boshqa hech kim inson taqdirini hal qilish 
huquqiga ega emas», degan aqidasiga sodiq holda ish yurituvchi Xongirey Asadbekning, 
uning o‘g‘illarining taqdirini qanday hal etar ekan? 
Uchoq bulutlar bag‘rini yorib yuqoriga ko‘tarilar mahalda qattiq titradi. Bunaqa paytda 
har qanday odam Xudoni eslab qoladi. «O‘zing asragin, Tangrim, falon-falon gunohlarni 
boshqa takrorlamayman», deb tavba qiladi, ont ichadi. Uchoq titroqdan to‘xtab, ohista 
ucha boshlagach, tavba ham unutiladi, Xudo ham. Ko‘p kabi Asadbek ham shunday edi. 
Hozir unday bo‘lmadi. Uchoqning qulashidan, o‘zining o‘limidan qo‘rqmadi. Aksincha, 
«bu kunimdan o‘lib ketganim ming marta yaxshi emasmi?» degan fikr uni karaxt qilib 
qo‘ydi. 
Yoshi ellikdan oshibdi. Qanchadan qancha narsalarni ko‘ribdi. Qiziq... Nimalarni ko‘rdi? 
O‘ylab qarasa, hech nimani ko‘rmaganga o‘xshaydi. Ro‘parasida zulmat, ortiga o‘girilib 
qarasa, qorong‘u bo‘shliq. Faqat uqubat uchun tug‘ilgan odam ham u kabi uqubat 
chekmasa kerak... Qoq suyak topgan it ham o‘zini baxtli his qilar balki. Shuncha boyligi 
bo‘la turib nima uchun Asadbek baxtsiz?.. 
Har bir odamning baxt daraxti o‘ziga alohida bo‘ladi. Bu baxt daraxtini boylik bulog‘i suvi 
bilan sug‘orib meva olmoqchi bo‘lganlar yanglishadilar. 
Asadbek ana shu adashuvchilardan biri edi. 
Faqat iymon bulog‘idan suv ichgan baxt daraxtigina shirin meva berishini hamma ham 
anglab yetavermaydi. 
Asadbek ana shu anglamaganlardan biri edi. 
Zulm bulog‘idan suv ichgan baxt daraxti qiyomatda zaqqum daraxtiga aylanajagidan 
barcha xabardormi? 
Asadbek xabardor bo‘lmaganlardan biri edi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling