Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
45 — Tinchlikmi? — deb so‘radi. — Tinchlik, — dedi Asadbek unga tikilib, — ko‘ngil so‘rab qo‘ydi. Mehr-oqibati yaxshi shu yigitning. — Har nima qilsa ham musulmonligi bor-da, — dedi Kesakpolvon. «Ha tulki, shu «musulmon»ga qul bo‘lmoqchimisan? Agar shu Xongirey musulmon bo‘lsa, men bo‘lmadim. Shunaqa musulmondan yana o‘nta bo‘lsa bu dunyoda kofirning hojati yo‘q». Asadbek bu fikrini oshkor qilmaslik uchun o‘zini majburlab jilmaydi-da: — To‘g‘ri aytding. Kozlov deb uning ko‘nglini xira qilganimiz chakki bo‘ldi, — dedi. Yarim soatga qolmay Halimjon yelim chelakni to‘ldirib uzum olib kelgach, Kesakpolvonning gumoni tar-qadi. Halimjon xizmat qilib yurgan yigitlar davrasiga qo‘shilganda Asadbek uni yana imlab chaqirdi. Halimjon qulog‘iga aytilgan gapga ma’qul ishorasini qildi-da, ko‘cha tomonda turgan Kesakpolvonga yaqinlashib «Zaynabni olib kelaman», dedi. Kesakpolvon «Men ham qizimni olib kelsam bo‘larkan», deb o‘ylab, yigitlardan birini imlab chaqirdi. Xalimjon Zaynabni olib kelgach, darrov iziga qayt-di. Fotihachilar bilan ovora Kesakpolvon uning g‘o-yib bo‘lganini bilmay ham qoldi. Halimjon bu safar hojasidan olgan asosiy topshiriqni bajarish uchun ketdi. Asadbek bu topshiriqni ertalab yo‘lda kelayotganida aytib qo‘ygan edi. Shunga muvofiq Halimjonni o‘sha ondayoq jo‘natsa bo‘lardi. Lekin u yigitni ikki marta chaqirib, qulog‘iga shivirlaganda ko‘zi Kesakpolvonda bo‘ldi. A’yonining sarosimaga tushish yoki tushmasligini tekshirmoqchi edi, kutgani amalga oshdi. Halimjon Chuvrindining joni uzilgan yerga borib, o‘sha yerdagi xonadonlarda yashovchilar bilan uchrashib, o‘zini «militsiya xodimi» deb tanishtirgach, «KamAZ»dan tushib qochgan odamning qiyofasini surishtirdi. Odamlar uchun «men militsiyadanman» degan gapning o‘zi kifoya qildi. Birontasi hujjat so‘ramadi. Ayni damda tayinli gap ham aytmadi. Barchalari yarim tundagi fojiadan uyg‘onganlarini, ko‘chaga chiqqanlarida «KamAZ»da hech kimni ko‘rmaganliklarini aytishdi. Faqat birgina kampir «KamAZ»dan tushayotgan past bo‘yli odam qorasini ko‘rganini bildirdi. Halimjon bu ma’lumotni eshitishi bilan tezgina iziga qaytdi-da, fursat topib turib Asadbekka bildirdi. Bu xabardan Asadbekning ko‘zlari yondi: — Xumkallani top, nega ko‘rinmayapti? — dedi. Halimjon yana bir soatcha g‘oyib bo‘lib, Xumkallaning uyida tunamagani haqidagi noxush xabarni yetkazdi. Bu yangilikni eshitgan Asadbekning ko‘kragida bir nima portlaganday bo‘lib, bu portlash kuchidan hosil bo‘lgan to‘lqin bo‘g‘ziga qadar bostirib keldi. Atrofida hech kim bo‘lmaganida «meni go‘l qilib ketishdi, an-qayib qoldim-a», degan afsus bilan peshonasiga bir shapatilagan bo‘lardi. O‘ziga necha juft ko‘z tikilib turgani uchun tashvishli emas, xush yoquvchi xabarni eshitganday o‘zini majburlab jilmaydi. Peshinda qo‘shnilar pishirib chiqargan oshdan bir-ikki qoshiq yegan bo‘lib, ketishga chog‘langanida Jamshidning mashinasi ko‘rindi. Ikki uy narida to‘xtagan mashinadan Jamshid tushdi-yu, yurarini ham, yurmasini ham bilmay to‘xtab qoldi. Fojeani yo‘lda eshitib, ishonib-ishonmay kelayotgan Jamshid bu ko‘chaga burildi-yu, darvoza yonidagi odamlarni ko‘rib yuragi uvishdi. Bir necha oy muqaddam shu darvozadan kuyib ko‘mirga aylangan mayitni olib chiqishgan edi. Tutingan ukasiga «aza ochgan» Chuvrindi shu darvoza og‘zida uch kun bel bog‘lab turgan edi. Buni Jamshid bilmaydi. Bilgani — Mahmud akasining o‘rnida hozir Umid bel bog‘lab turibdi. Kecha bu yerdan ko‘tarib chiqishgani ham birovning kuygan murdasi emas, aynan Mahmud akasining jasadi... Yurishga majoli qolmagan Jamshid |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling