Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
43 vazminlik, chuqur mulohaza yuritishni talab qilishning o‘zi to‘g‘ri emas. Qiziqqonlik barcha yoshlarga xos. Vaqti kelib, bosh turli devorlarga urilib, ko‘zi ochilgach, unda o‘sha vazminlik, sermulohazalilik o‘z-o‘zidan uyg‘onadi. Xudo umrini bersa, balki Umid ham otasi kabi bo‘lar, vallohi a’lam. Hozir esa... Agar hozir Asadbek «to‘g‘ri fahmlabsan, otangni shu o‘ldirgan» desa, o‘ylamay-netmay qo‘liga pichoqmi yoki boltani olib yugurib qolar edi. Asadbek shuni nazarga oldimi, har nechuk uni tiydi. Bola — bola-da. Asadbek «ayangga aytma», deb ta-yinlagan bo‘lsa-da, onasi «opoq dadang bilan nimalarni gaplashding?» deb so‘raganida bir ozgina gullab qo‘ydi. To‘g‘ri, gumonini, qasos haqidagi gaplarni aytmadi. «Bu tasodifga o‘xshamasmish», deyishining o‘ziyoq onasini bir qalqitib yubordi. Chuvrindining xotini bu ayriliqning tasodif emasligini xabar eshitganidayoq his qilgan edi. U bir kunmas bir kun oqibat shu bo‘lar deb qo‘rqib yashadi. Qo‘rqib kutganining yuz berganini biliboq ko‘z oldi qorong‘ulashdi. Bir necha lahza tildan qoldi. Xayolidagi «kim o‘ldirdi?» degan savol buluti quyuqlashdi. Bu borada ona-bolaning fikr-o‘ylari hamohang edi. Umidning gaplarini eshitib qalqishiga sabab bo‘lgan narsa gumonining to‘g‘ri ekani emas, balki bu haqiqatdan o‘g‘lining xabar topishi edi. Otasining o‘ldirilganini bilgan qaysi o‘g‘il tinch yurarkin? Yoshlikning qaynoq qoniga qasos o‘ti harorat bersa yangi falokat yuz ochmasmi ekan? Bu falokat bolasini biron baloga giriftor etmasmi ekan? Shu xavotir onaning yurakkinasini yorib yuboray dedi. «Opoq dadang adashganlar. Adang birovga yomonlik qilmovdilar. Birovning adangda xusumati bo‘lmagan. Bu bir falokat, bir tasodif», deb o‘g‘lini chalg‘itmoqchi bo‘ldi. O‘zi ham ishonmaydigan bu gapga o‘g‘li ishonarmi ekan? Bu haqda o‘ylamadi. 3 Ertasiga ertalab Asadbek yana keldi. Bu safar mehmonxonaga kirmadi. Xassakashlar uchun darvozaxonaga qilingan joyga o‘tirdi. Kesakpolvonni ko‘rib fe’li bir buzildi, rangi bir bo‘zardi-yu, darrov o‘zini qo‘lga oldi. Xuddi kecha qabr tepasida turib «Yo‘qol! deb haydamaganday, sir boy bermagan holda so‘rashdi. A’yonining «O‘zing tuzukmisan, xavotir olib uyingga boruvdim, yo‘q ekansan», degan savoliga «Yaxshiman, shukr», deb javobni qisqa qildi. «Sen menikiga borganingda men bu yerda edim», deyishining hojati yo‘q edi. Asadbek uyiga qaytgach, bu yerdan chiqib qozixonaga borgan Xumkalla barcha xabarni hojasiga yetkazgan, hatto qatiq qo‘shilmagan moshxo‘rdaning ichilmaganini ham aytib «bir nimadan xitlanmadilarmikin?» deb ilova qilgan edi. U sadoqati uchun hojasidan shirin so‘z ko‘rinishida bo‘lsa ham bir mukofot kutgan edi. Sho‘ring qurg‘ur Xumkalla sho‘ri qurib qolganini, oxirgi mukofot o‘lim sharobi ekanini tasavvur ham qila olmas edi. Umri adog‘idagi so‘nggi xabarini aytib bo‘lgan Xumkallani Qozi maishatga taklif qilib «ijozat bering» degan ma’noda hojasiga qaradi. Kesakpolvon: — Bo‘pti, bugun ja-a ezadigan kun bo‘ldi, bi-ir chigil yozdi qillaring, — deb marhamat qildi. Asadbek Kesakpolvonga sir boy bermay o‘tirgach, atrofni zimdan kuzatib Xumkallani qidirayotgan pallada shahar chekkasidagi axlatxona atrofida hamisha och yuruvchi itlarning bayrami avjga chiqqan edi. Itlar galasidagi zo‘rlar qorinlarini to‘ydirib, uzun tillari bilan tumshuqlarini yalab nari ketishgan, zaifroqlari esa Xumkallaning so‘nggi etlarini suyakdan ayirib yeyish bilan ovora edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling