Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
41 Savol kelini tomonidan berilgan bo‘lsa-da, Asadbek unga javob qaytarish o‘rniga jiyan martabasidagi Chuvrindining o‘g‘liga qarab so‘radi: — Ilgari bordi-keldi qilarmidilaring? — Yo‘q, — dedi jiyan «to‘g‘ri javob beryapmanmi?» degan ma’noda onasiga qarab olib, so‘ng dadilroq ohang-da qo‘shib qo‘ydi: — Biz ularni tanimaymiz. — Tanimasalaring nima qilasanlar xabarlab. Tirigida yaramagan tog‘a endi kelib tiriltirib berarmidi. Mehrga arziydigan odam bo‘lsa, Mahmudning o‘zi oqibat qilardi. Endi gap bunday, Umidjon bolam, adang rahmatli yetimlikda katta bo‘lgan edi. Sen «mening ham peshonam shu ekan», deb siqilma. Sen meni «opoq dada» deb katta bo‘lding. O‘lgunimcha senga ham, ukalaringga ham dadaman. — Mulla aka, sizning tani-joningiz sog‘ bo‘lsin. Sizdan boshqa bizning yana kimimiz bor? Bola-chaqangizning rohatini ko‘ring. Fotihaga kelayotganlarga yigirmaning qachon bo‘lishini aytib qo‘ysakmikin? Asadbek bu safar ham jiyaniga qarab javob berdi: — Bularni o‘ylamalaring. Qachon, qaerda, nima qilishini o‘zimiz bilamiz. Umidjon bolam, sen adanglarning tsexlariga borib turarmiding? — Ha...— Yigit bu safar ham onasiga aybli odamning nigohi bilan qarab oldi. — Uch kun bu yerda turgin-da, keyin ishga qara. Adang-ning ishlarini endi o‘zing yurg‘izasan. — Mulla aka, — kelin murojaat etishga etib qo‘yib, fikrini bayon qilmoqqa ikkilanganicha past ovozda dedi: — O‘g‘lingiz o‘qishini tiklab, davom ettirsamikin, devdik. Ukangiz bilan ham maslahatimiz shunaqa bo‘luvdi. O‘g‘lingiz bir esi yo‘qlik qilibmi tashlovdi o‘qishini, endi o‘zi ham pushaymon, «o‘qiyman», deyapti, opoq dadasi. Yana... Umidjon o‘g‘lingiz yosh... bu ishlarni eplolmaydi. Buralgan tarzda bayon qilingan fikrga yashirilgan maqsadni Asadbek angladi. Bu ayol eri bajaradigan barcha ishlarni aniq bilmasa-da, odamlarning gap-so‘zlariga ishonib, taxmin qilardi. Lazzatli kelinlik olamiga kirgan dastlabki haftalar, oylar, yillarda erining uyga qaytishini xavotir bilan kutib, tuni bilan Manzura kabi joynamoz ustida o‘tirishni odat qilmagan, lekin ajinadan qo‘rqqan qizaloq kabi hadiksirab kun o‘tkazardi. Garchi shu olamning noz-ne’matlaridan bahramandlikda yashasa-da, farzandlarining boshqa bexavotir olam fuqarolari bo‘lishlarini istardi. Bu jihatdan uning niyati Manzuraning, nafaqat Manzuraning, hatto Asadbekning umidlari bilan uyqash edi. Shu sababli ham Asadbek gapning zamiridagi ma’noni darrov uqdi. Uqdi-yu, biroq, achchiqlanmadi, «noshukr ekansan!» deb g‘azablanmadi. Aksincha bu taklifni xotirjamlik bilan qabul qildi: — O‘qiydi, o‘qimaganiga qo‘ymayman. Mahmud menga ham «o‘qishini tiklataman», devdi... Asadbek bu gapning yolg‘onligini bildirib qo‘ymaslik uchun xuddi rost gapirayotgan odam kabi ona-bolaga bir-bir tik qarab oldi. To‘g‘ri, Chuvrindi o‘g‘lining o‘qishidan gap ochgan edi. Faqat hozir Asadbek aytgan tarzda emas, balki «Bek aka, sizning o‘g‘illaringizga havasim keladi. Umidjonimda o‘qishga sira toqat yo‘q. Bolaligidan shunaqa. Kitob o‘qi, desam yig‘lardi. Endi-ku «o‘qimayman» deb dangal aytdi. O‘qimasa o‘qimas. Lekin bitta diplom to‘g‘irlab qo‘ysammikin», degan edi. Hozir Asadbek «o‘qimaganiga qo‘ymayman» deganda o‘sha «diplom to‘g‘irlash»ni nazarda tutdi. Bir ozlik sukutdan so‘ng u fikrini davom ettirdi: — O‘zimning bolalarimni o‘qitib, senikilarni ko‘chaga tashlab qo‘yamanmi? Sen aytmasang ham o‘qitaman. Xotirjam bo‘l, bolalaringning hammasi o‘qiydi. «Hohlamayman» deydiganini ham tinch qo‘ymayman. Xizmat qilib yurgan Xumkalla uchta kosa qo‘yilgan patnisni ko‘tarib kirib, ularning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling