Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
— Qara, kelgan bo‘lsa chaqir. 
Mamatbey yana o‘rnidan turib, eshikni ochdi-da, amr-ga mahtal turgan yigitga imlagach, 
yana joyiga qaytdi. Dam o‘tmay eshik baralla ochilib, ostonada Selim ko‘rindi. 
— Selim, bormisan, orqadoshim! — dedi Xongirey o‘tirgan yerida. 
Selim salom berdi-da, gavdasiga yarashmagan holda tez-tez yurib kelib, so‘rashish 
uchun uzatilgan qo‘lni o‘pib, ko‘ziga surtdi. Bu qiliq ma’qul kelib, Xongirey o‘zini chin xon 
kabi his qilib jilmaydi-da, Selimga yonidan joy ko‘rsatdi. 
— Qaerlarda tentirab yuribsan? — deb so‘radi u Selim o‘tirgach, yelkasiga qo‘lini 
tashlab. — Qorabog‘da eding, Bokuga ko‘chibsanmi? 
— Ha, endi... — Selim aybdor boladay boshini egdi. — Qorabog‘dagi qarindoshlarni qora 
tortib boruvdim, u yerning tinchi ham buzildi... Boku tinchroq bizga. 
— Sen qaerga borsang, g‘alva chiqyapti, nima balo shumqadammisan? — Xongirey 
shunday deb kuldi. Mamatbey hojasining ko‘ngli uchun tirjaydi. Dam sigaret tutatib
dam qahva ho‘playotgan Baygildin esa bu gaplarni eshitmaganday jimgina o‘tiraverdi. 
— Sen nima uchun Hosil bilan chiqishmay qolgan eding? — deb so‘radi Xongirey 
jiddiylashib. — Otang-dan qolgan molingni talashdingmi? 
— U narxni past oldi, bizga tiyin ham qolmadi. 
— Hosil mening odamim-ku? 
— Buni bilmabman. 
— Sen mentlarga xizmat qildingmi? 
— Yo‘q. — Selim shunday dedi-yu, ichida nimadir uzilganday bo‘ldi. 
— Zeli og‘am seni nima uchun do‘pposladi? 
— Tushunmovchilik bo‘lgan... 
— Zeli og‘amni o‘ldirishdi. Uning o‘limi sening bo‘yningda. — Xongirey shunday deb 
Selimning bo‘yniga uch-to‘rt shapatiladi. — Sening har bir tomiringni bitta-bitta kesib 
tashlasam ham xumordan chiqmayman. Bo‘ri o‘libdi, eshitgandirsan? 
— Yo‘q... 
— Laqillatma, eshitgansan. Sen har bir baloni bilasan. Sen titrama, ponchik. Nima balo
ishtoningni ho‘l qilib qo‘ydingmi, tur, chiqib almashtirib kel. Mamatbey bunga loyiq 
ishtoning bormi? Xotinlarniki ham bo‘laveradi. Buning erkakka o‘xshamay qolibdi. 
O‘zingni tut, shu yurak bilan Hosilga osildingmi? — Xongirey shunday deb uni yelkasiga 
yengil mushtladi. — Seni o‘ldirmayman. Bir qop go‘shtning jonini sug‘urib olsam isnodga 
qolaman. Sen hozir ko‘ch-ko‘roningni ko‘tarasanu O‘zbekistonga qaytasan. 
— Nega? 
— Kokoin bilan shug‘ullanasan. 
— Kim bilan... ishlayman? Yana Hosil bilanmi? 
Xongirey «Hosilning o‘limini rostdan ham bilmaysanmi?» deganday unga tikildi: 
— Har holda Iliko bilan emas... 
Bu gapdan so‘ng Selim rostdan ham ishtonini ho‘l qilay dedi. Farg‘onada ekanida, hali 
Zelixonning tepkisini yemay turib, «Bo‘ri» — Fedyaning yo‘rig‘iga yurmasidan avval 
g‘ilay Shomil uni siquvga olganida «Iliko bilan maslahatlashaychi...» deb, kimga 
suyanajagini ishora qilib qo‘ygan edi. Hosilning Xongirey bilan aloqasi borligini bilganda 
bu gapni zinhor aytmagan bo‘lardi.
— Iliko bilan... aloqam yo‘q, — dedi Selim titroq tovushda. — Menga osilavermasin, deb 
shunchaki aytuvdim. 
— Bilaman, — dedi Xongirey, — Iliko sen bilan ishlaydigan ahmoq emas. Ikki 
qulog‘ingga quyib ol: O‘zbekiston meniki. U yerga bir-ikki ishonchli odam kerak. 
Aloqalaringni yo‘qotmagandirsan, a? 
— Bor... siz bilan ishlash biz uchun baxt. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling