Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
Zaynabning yuziga qo‘ygan tarzda o‘pdi. 
— Tengri taolo sizdan-da rizo o‘lsun, — Cho‘lponoy ham shu tarzda o‘pgach, har birlari 
o‘zlariga atalgan uyga kirishdi. 
Manzura Olmoniyada ekanida, hali qaytish fursati ma’lum bo‘lmay turib, avval 
Chuvrindining xotiniga, so‘ng Zaynabga qo‘ng‘iroq qilgan, kelinlarning uylarini yasatib
kelinlar uchun uch-to‘rt sidra kiyim-bosh olib qo‘yishni tayinlagan edi. Chuvrindining 
xotini Elchin fojiasidan so‘ng gangib yurgan Zaynabni yoniga olib, shu xayrli ishlar 
bahonasida ovunar degan maqsadda bozorlarga birga tushib, birga harid qilib, uylarni 
birga yasatgan edi. 
Kelinlar uyga kirib ketishgan damda Manzura mehmonxonadagi ayollarga uzr aytib, 
tashqariga chiqdi. Zaynab bundan quvonib, onasiga yaqinlashdi-da, mahkam quchoqlab 
oldi. 
— Adang qanilar? — deb so‘radi Manzura past ovozda. 
— Krasnoyarga ketyapman, dedilar. 
— Qachon? 
— Bugun. 
Nimaga ketdilar yana, aytmadilarmi? 
— Bobomning qabrlariga tosh qo‘yarmishlar. 
— Voy Xudoyim, shu shartmidi hozir... 
Zaynab aldamadi. Otasidan eshitgan gapni aytdi. Gapi ohangida yolg‘on bo‘lmagani 
sababli Manzura unga ishondi. Asadbekning Moskvaga ketgani kuzatib chiqqan Halimjon 
bilan Kesakpolvongagina ayon edi. Nima uchun ketgani esa Kesakpolvonning o‘zigagina 
ma’lum edi. 
Dasturxonga sho‘rva suzilgach, telefon jiringladi. Zaynab mehmonxonaga kirib 
«Kennayim, Mahmud akamning xotinlari...» deb chaqirdi. Onasi ayvonga chiqishi bilan 
«xabarlari yo‘qdir» degan mulohazada «kennayim azadorlar, shuning uchun 
kelolmadilar», deb qo‘ydi. Manzura go‘shakni qulog‘iga tutib, salomni eshitishi bilan alik 
o‘rniga ko‘ngil so‘radi: 
— Bandalik ekan, ovsin, ukamni berib qo‘yib- siz, — deb yig‘lamsiradi. 
— Qandoq qilamiz, opajon, peshonamiz shu ekan,— degan javob yig‘iga ulandi. 
Telefon orqali yig‘i-sig‘i uzoqqa cho‘zilmay, Chuvrindining xotini kutib olishga 
chiqolmaganidan xijolatda ekanini bildirib, erta-indin albatta yo‘qlayajagini ma’lum qildi. 
Manzura til uchida «Xo‘p, keling, aylanay ovsin», dedi-yu, «Azador xotin chillalik uyga 
kelmay tursa ham bo‘lardi», deb o‘yladi. 
Manzura xizmat qilib yurgan Halimjonni chaqirib, so‘yilgan qo‘yning bir sonini olishni
non, noz-ne’matlardan solib tugun qilishni buyurdi-da, yotog‘iga kirib javonni ochdi. 
O‘g‘illarining ilgakda osig‘liq turgan ko‘ylaklaridan bir juftdan olib, yaxshilab taxlab, 
yaltiroq qog‘ozga o‘radi. So‘ng Zaynabga «sen mehmonlarga qara, men hozir kelaman», 
deb qaynonasi va qaynisi dafn etilgan qabristonga ketdi. Halimjon olib kelgan tugunni 
go‘rkovlarga berib, o‘zi mashinaga qaytdi. Manzura esa taxta o‘rindiqda uzoq o‘tirib, 
Yaratganga iltijo qildi. 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling