Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 yengil qildi. Ayollar huzurida qoqqan qoziqdek turish Jamshidga malol kelib, dahlizga chiqdi. Qo‘shni xonadan joy olgan bo‘lishlariga qaramay, bu eshikdan uzoqlashmagan holda soqchi kabi turishdi. Ularni kuzatib qo‘yishi lozim bo‘lgan odam hadeganda kelavermagach, Jamshid toqatsizlandi. Xojasidan «Kimga aytgansiz, kim keladi, kim kuzatadi?» deb so‘rab olmagandi. Bularni so‘rashga haqqi ham yo‘q edi. Bek akasi lozim topsa o‘zi aytardi. Aytmadimi, demak, Jamshid bularni bilmasa ham bo‘ladi. Ayniqsa telefonda har qanday gap aytilavermasligini Jamshid yaxshi biladi. Bilgani uchun ham «shuni so‘rab olmabman-da» deb afsuslanmadi. Jamshidning betoqatligi zamirida «aytilgan odam keladimi yo yo‘qmi?» degan havotir yo‘q edi. Xojasi kim bilan-dir gaplashdimi, kimgadir aytdimi, demak, masala hal. Jamshid masalaning tezroq hal bo‘lishini, ayollarni tezroq sog‘-omon kuzatib, yigitlar holidan xabar olish uchun milisaxonaga qaytishni istayotgan edi. Ming yillik qari toshbaqa singari sudralayotgan vaqt betoqat yuragini siqayotgan damda ayollar xonasidagi telefon jiringladi. Manzuraga ham, kelinlarga ham telefonning bemavrid jiringi xuddi ro‘paralarida pinakka ketgan bo‘g‘ma ilonning behos uyg‘onib, bosh ko‘tarishiday tuyulib, cho‘chib ketishdi. Go‘shakni ko‘tarmoqqa hech birlari jur’at etishmadi. Telefon to‘rtinchi marta jiringlaganda Jamshid eshikni taqillatib, kirib keldi. Go‘shakni qulog‘iga tutib «allo» deyishi bilan qo‘ng‘iroq qilgan odam salom-aliksiz, muddaoga ko‘cha qoldi: tezlik bilan Domodedovoga yetib borishlari lozimligini tayinladi. Gap qisqa va aniq edi. Jamshid «xo‘p, yaxshi» deyishga ham ulgurmay aloqa uzildi. Ko‘chaga chiqishganda mijozga mahtal bo‘sh taksilarga o‘tirishmadi. Biroz kechikibroq chiqqan Jamshidning sherigi xuddi begona odamday ularga e’tibor bermasdan ko‘chaning narigi betiga o‘tib ketdi. Kelinlar bo‘sh mashinalardan biriga o‘tirmay izg‘irinda kutib turishlari sababini bilmay hayron edilar. Manzura ham ehtiyot chorasi ko‘rilayotganini bilmay, tanishlarning mashinasi kelsa kerak, degan o‘yda turardi. Qarshi tomondan uch-to‘rt bo‘sh taksi o‘tgandan so‘ng, yigit navbatdagisiga qo‘l ko‘tardi. Manzura uning mashinaga o‘tirganini ko‘rib «ishi bo‘lsa boshqa yoqqa ketayotgandir» deb o‘yladi. Ammo oradan bir qancha muddat o‘tgach, ayni shu mashina ro‘paralarida to‘xtagandan so‘ng Manzura yigitlarning maqsadini tushundi. Old o‘rindiqdagi yigit o‘rniga Jamshid o‘tirdi, ayollar orqadan joy oldilar. Jamshidning sherigi boshqa mashina to‘xtatib, izma-iz yurdi. «Domodedovo» deb atalmish havolanida ularni hech kim kutib olmadi. Shunday bo‘lsa- da, Jamshid qandaydir ko‘zlar ta’qib etayotganini his qildi. Telefondagi topshiriqqa binoan pattalarni rasmiylashtiruvchi ikkinchi bo‘limdagi oltinsoch juvonga hujjatlarni uzatdi. Juvon bir hujjatga, bir unga qarab oldi-yu, patta ilinjida soatlab mo‘ltillab turgan yo‘lovchilarga e’tibor ham bermay ishga kirishdi. Jamshid ayollar oldida, sherigi sal orqaroqda nazoratchining to‘sig‘idan o‘tib, uchoqqa chiqishdi. Ayollar joylashib olishgach ham Jamshid yo‘lovchilarga zimdan ko‘z tashlab kuzatib turdi. Uchoq bekasi «Siz nega turibsiz, joyingiz qaerda?» degach, Manzura bilan xayr-lashib, pastga tushdi. Zinapoyalar olinib, uchoq uchish maydoniga qarab yurganidan so‘nggina iziga qaytdi. Yigitga «Sen Bek akamni kut», deb o‘zi milisaxonaga ketdi. Uchoq bulutlar oqimi bilan olishib, titray-titray yuqoriga ko‘tarilgani sayin Manzuraning yuragi ham titrab-titrab, parcha-parcha bo‘lib uzilib yerda qolayotganday zirillayverdi. Uyga qaytmoq umidining bu tarzda amalga oshayotganidan alamda bo‘lgan ona qalbining xotirjam tepishi mumkin ham emasdi. O‘ldi deb yurgani yigitning tirik holda ko‘rgandagi ajablanishi ham unutildi, uyga qaytgach amalga oshajak suyunchli orzu-havaslar yuzini esa qora bulut to‘sdi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling