Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
osilyapsan? 
— O‘zini ko‘rmaysizmi? 
— O‘chir, ahmoq! 
Manzura joyiga qaytgach, Jamshid aka-ukalarni ham qoldirib bojxonachilar bilan o‘zi 
gaplasha boshladi. Oqibat shu bo‘ldiki, o‘zi bilan kelgan yigitga ayollarni topshirib 
mehmonxonaga jo‘natdi. Aka-ukani esa yuklari bilan birga milisaxonaga olib ketdilar. 
Ular bilan izma-iz yetib kelgan Jamshid milisaxonaning kattalari bilan til topishga urindi. 
Bojxonada taftish qaydnomasi yozilmagani uchun bu yerda ish oson bitar, deb o‘ylab 
yanglishgan edi. Milisaxonada ham tergovchi so‘roqni boshlamay aka-ukalarni 
«izolyator» deb atalmish vaqtinchalik qamoqqa qamadi. Jamshid «Ish»ning 
rasmiylashtirilishiga shoshilishmayotganidan, gaplarini bee’tibor tinglashayotganidan bir 
shumlikni sezdi. Shu bois ular qarshisida ko‘pam elanmay, iziga qaytdi. Telegrafga kirib 
Bek akasiga noxush xabarni bildirdi-da: 
— Yuklaridan qora dori chiqqanmish, — deb izoh berdi. 
Bu gapdan so‘ng Asadbekdan bir necha soniya sado chiqmadi. 
— Xongireyga aytsammikin? — deb so‘radi Jamshid. 
Bu safar javob hayallamadi: 
— Yo‘q, — dedi Asadbek bo‘g‘iq ovozda. — Sen aralashmay tur, o‘zim yetib boraman. 
Milisalarga gapi o‘tmagach, Jamshid Xongireyga uchrashmoqni o‘yladi-yu, ammo 
«Xongireyning ishi bo‘lsa-chi, bu?» degan savol xayolini bir yoritib o‘tdi. «Agar bu ishda 
Xongireyning qo‘li bo‘lsa, gapimni sariq chaqaga olmaydi, Bek akamning oyoqlariga bosh 
urib kelishlarini xohlaydi, degan fikr uni to‘xtatdi. 
Jamshiddan sovuq xabarni eshitgan Asadbek ham birinchi galda Xongireyni esladi. 
Esladi-yu, maqsadini ham angladi: endi oyoqlariga bosh urib borishdan o‘zga chorasi 
yo‘q. Shu topgacha erkakman, deb qaddini g‘oz tutib yurgan Asadbek endi egilishga 
majbur. Bu qimor o‘yiniga anov-manov narsa emas, o‘g‘illarining jonlari tikilgan. Ko‘ngli 
shu xorlikni sezardi. Sezgani uchun ham ularning qaytishlarini istamayotgan edi. 
Xojasiga shumxabar yetkazgan Jamshid «Bek akamning jahllari chiqdi» deb o‘yladi. U 
jahl emas, naq jonning o‘zi chiqayozganini fahmlamadi. Shumxabarni eshitgan topda 
Asadbek bo‘lajak xorlikni, ta’zim qilib borib balchiqqa bulg‘anishini o‘ylamadi. Yo‘q, buni 
ancha keyin o‘ylaydi. Hozir uning ko‘zlariga faqat bolalarining joni ko‘rindi. «Bolalar 
qamoqda» degan gap unga «bolalar tobutda» deyilganday eshitilib, vujudiga muz 
yugurdi. Jamshidning «gaplashdim, ancha yumshatdim», deyishi ham bu muzni erita 
olmadi. O‘zining tezda yetib borajagini aytgach, «Kennayingga indamay qo‘ya qol», 
dedi. 
Hojasi ogohlantirmasa ham Jamshid nima voqea yuz berganini yangasiga aytmas edi. 
Vahima to‘riga o‘ralib yig‘iga bandi bo‘lib o‘tirgan ayollarga «ahvol chatoq, yukinglar 
orasidan ancha qoradori chiqibdi» de-yishining oqibatini yaxshi bilardi. 
Manzura mehmonxonaga joylashguniga qadar, yuragi yorilib ketguday darajada potirlab 
urayotgan bo‘lsa-da, alamli yig‘i bo‘g‘zidan bo‘g‘sa-da, o‘zini tutishga kuch topdi. Xonaga 
kirib oromkursiga omonat o‘tirdi. O‘tirdiyu mushuk panjasidagi onasiga mo‘ltillab 
tikilayotgan kabutar poloponlari holidagi kelinlarining ko‘zlariga ko‘zi tushgach boshqa 
chiday olmadi. Yuvinish xonasiga o‘tib unsiz yig‘ladi. Qalbidan nido vulqoni portlagan 
bo‘lsa ham ovoz chiqarmadi. Unsiz yig‘la- moq — uning qismati. Yaratgan unga shu 
azobni ravo ko‘rgan ekan, dardini kimlarga aytsin? 
Hamma uni baxtli hisoblaydi. Agar yemoq-ichmoq, kiyinmoq, bezanmoq baxt hisoblansa 
Manzurani eng baxtli ayollardan biri demoq mumkin. O‘lchovi, zamoni, makoni 
bo‘lmagan baxt atalmish tushunchaga Manzuraning o‘zi ham tushunmaydi. 
Manzurani baxtli deb hisoblovchilar, «shu ayolga nasib etganingdan menga ham ber», 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling