Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
deb Tangriga tavallo qilg‘uvchilar uni hozirgi ahvolda bir ko‘rsa- lar edi, «agar baxt 
shu bo‘lsa baxtsizligi qanday ekan?» degan muammoga javob topa olmay yana 
Yaratganga yuzlanar va bu ayolga o‘xshatib qo‘ymasligini so‘rar edilar. 
Manzuraning qorni to‘q, usti but bo‘lishi barobarida tashvish sandig‘i ham to‘la edi. U 
tanish-notanish odamlar og‘zidan ba’zan to‘g‘ri, ba’zan mish-mishlarni eshitib qolganida 
«bundan ko‘ra qimor o‘ynab yurganlari ma’qul edi», deb qo‘yardi. Qaytar dunyo, 
deganlaridek, boshqalarga ravo ko‘rilgan zulm farzandlariga qaytishi mumkinligini 
o‘ylaganda esa badaniga muz yugurib «qimor o‘ynab, meni yutqizib yuborganlari ming 
marta afzal edi», deb qo‘yardi. Deyishga derdi-yu, ke-yinroq noshukrlikka yo‘l qo‘yganini 
fahmlab, tavba qilardi. Shu topgacha xonadoni boshiga qora kunlar tushmagani balki 
shu tavbalar, duolar tufaylidir? Shiddat bilan bostirib kelayotgan qora kunlar seli 
qarshisida endi uning tavbalari, duolari ojizlik qilib qolgandir? 
Roviylar ayturlarkim, cho‘pon suruvni qaytargach, sovliqlarni sog‘ib, bir qultum sutga 
ham xiyonat qilmay, xo‘jasiga berarkan. Xo‘jayin esa sutga suv qo‘shib, pullarkan. 
Cho‘pon xo‘jasini haromdan qaytarmoqchi bo‘lganida da’vati evaziga orqasidan tepki 
yebdi. Bir kuni suruv o‘tlab yurganda qo‘qqisdan sel kelibdi-yu, qo‘ylarni surib ketibdi. 
Oqshomda so‘ppayib qaytayotgan cho‘ponini ko‘rib, xo‘jayin «Qo‘ylar qani?» deb 
so‘rabdi. «Siz sutga qo‘shgan suvlar yig‘ilib selga aylandi-yu, suruvni surib ketdi», debdi 
cho‘pon. 
Har qanday aybli ishlar, gunoh amallar yig‘indisining tomchilardan vujudga kelgan ko‘l 
kabi sel qudratiga ega bo‘lishini va bu qudrat jazo darvozalarini ochib yuborajagini ko‘p 
qatori Manzura ham bilmasdi. Qizi Zaynab o‘g‘irlangan kuni bu jazo darvozasining qiya 
ochilganini, endi esa baralla ochila borayotganini u fikr qilib ko‘rmadi. Boshlari uzra jazo 
shabadalari esa boshlaganda er-xotin tavba bilan sajdaga bosh qo‘yganlarida balki 
ibodatlari jazo seli yo‘liga to‘g‘on bo‘la qolarmidi, vallohi a’lam? 
Endi esa kech. 
Yoz chillasi o‘rnini navbahor qayta egallay olmagani kabi g‘am-tashvish bulutlaridan 
yog‘ila boshlagan alam do‘llariga chora yo‘q endi. 
Manzura bugungi holatdan eziladi. Yuragi esa ertaning alamlaridan so‘zlamoqni istab 
behalovat tepadi. U esa tilsiz yuragining faryod bilan aytayotgan so‘zlarini anglamaydi. 
Ularni kuzatib kelib, mehmonxonaga joylashtirgan yigit chaqirtirgan restoran xodimlari 
dasturxon tuzadilar. Manzuraning ham, kelinlarining ham tomoqlaridan ovqat yoki bir 
tishlam non tugul, bir qultum choy ham o‘tmadi. 
Manzura kelinlariga nima deb izoh berishni ham, nima deb yupatishni ham bilmas edi. 
Uning o‘zi shu topda bir dononing izohiga, bir mehribonning ovutishiga muhtoj edi. 
Mushtariy quyib uzatgan choyni olishga oldi-yu, ko‘ngil uchun labiga ham olib bormadi. 
Ko‘zi kelinlarining nigohlari bilan to‘qnashgach, shu bolalarni tug‘ib katta ayb ish qilib 
qo‘yganday boshini xam qildi. 
Cho‘lponoy ham, Mushtariy ham savol muhrlangan nazarlariga qaynonalaridan javob 
talab qilmayotgan edilar. Ota-onalarining hikoyalari orqali bu mamlakatni och, vahshiy 
bo‘ri ko‘rinishida tasavvur etgan, bir havotir bilan yo‘lga chiqqan kelinlarning yuragi 
qush hadigi bilan tepardi. Ota-onalari yurtlariga kimlar hukmron ekanliklarini bilib 
tursalar-da, mamlakatdagi keyingi o‘zgarishlarga umid bilan qarab, Asadbekning 
o‘g‘illarini kuyov qilmoqlikka jazm etgan edilar. Bo‘rilar hukmidagi o‘rmonda qashqiru 
shoqollar ham davr surishini ular hisobga olmagan edilar. «Mubham u diyorda qanday 
yashab ketarkinmiz?» degan tashvishdagi kelinlarga bu hodisa kutilmagan, ajabtovur 
tuyulmadi. Ularning yuraklari qandaydir noxush voqeaning albatta sodir bo‘lajagini 
sezgan edi. Ammo «mamlakat tuprog‘iga qadam qo‘yishga ulgurmay erlarimiz hibsga 
olinarlar» deb o‘ylashmagan edi. Yaxshiki ular Olmon polisi bilan Moskva milisasi orasida 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling