Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
25 Maskovga kutib oluvchi odam yuborajagini aytishdan nariga o‘tmadi Asadbek o‘g‘illariga indamaydi, zahrini Manzuraga sochadi. Manzura ishonchli qalqoni bilan o‘zini himoya qilishga har on shay bo‘lsa-da, eri otgan zaharli so‘z toshlari bu qalqonni yorib o‘ta olmasligini yaxshi bilsa-da, baribir zirillab turadi. Nikoh kechasi Asadbek chimildiqqa kirib kelishidan sal oldin yangasining «nima bo‘lsayam hamisha bitta gapdan qolishni o‘rgan», degan o‘giti butun umr davomida unga ishonchli qalqon sifatida xizmat qildi. Agar har safar bitta gapdan qolganida bittadan gugurt cho‘pi tashlab qo‘yaverganidami shaharni cho‘p bosib ketishi aniq edi. Erinmagan odam bu cho‘plarni temir yo‘li singari terib chiqsa Yer yuzini necha bora aylanar ekan... Erga tegib kaltak yemaganining bir sababi Asadbekning onasi taqdirini unutmagani bo‘lsa, ikkinchisi ana shu «bir gapdan qolish» deb ataluvchi qalqon himoyasida ekanligi edi. Maskovning muzlagan yeriga qadam qo‘ygan Manzu-ra navbatdagi «bir gapdan qolish» uchun uyiga oshiqardi. Chegarachilar nazoratidan o‘tib, bojxona rasm-rusm-lari maydonchasiga o‘tishganida Manzura to‘siq orti- da turgan Jamshidni ko‘rdi-yu, toshday qotdi. Hatto kipriklar ham harakatdan qoldilar. Abdusamad jomadonlar bilan ovora edi. Akasiga ko‘maklashishga hozirlangan Abdulhamid onasidagi o‘zgarishni sezib, to‘xtadi. Onasi tikilib turgan tomonga qarab Jamshidni ko‘rdi-yu, jilmayganicha qo‘lini havolatib, salomlashgan bo‘ldi. So‘ng onasiga: — Jamshid akam kelibdilar, oyi, — dedi. — Voy tavba, astag‘firulloh! — dedi Manzura pichirlab. — Ha, oyi? — dedi ajablangan Abdulhamid. — Rostdanam Jamshid akangmi? — Ha, tanimadingizmi? Tanimaganida bunchalik holsizlanmas edi. Boshqa a’yonlarga nisbatan yaqinroq, suyumliroq bo‘lgan Jamshidning o‘limini Manzura o‘g‘illariga aytmagandi. Ku-yib, qovjirab, deyarli ko‘mirga aylangan jasad uchun Chuvrindining uyida o‘zi o‘rin solganini, g‘assol kelguniga qadar ona qatorida murdaning yonida o‘tirganini, so‘ngroq esa Jamshidning o‘limini eshitgan Zaynabning o‘zini osganini aytganida Abdulhamid bunday deb so‘ramagan bo‘lar edi. O‘g‘li tanidi. Demak, to‘siq ortidagi yigit — Jamshid. Unda Chuvrindining uyida kimning o‘ligiga o‘rin soldi? Yo tirilib qaytdimi bu yigit? Ko‘mirga aylanganini ko‘rmaganida ham «tirilibdi» degan gapga ishonishi mumkin edi. Balki ko‘rayotgani arvohdir? U holda... o‘g‘liga ham arvoh ko‘rindimi? Bojxonachilarga jomadonlarni ochib ko‘rsatayotgan Abdusamad gap talashib ovozini balandlatgach, ona-bola beixtiyor o‘sha tomonga qarashdi. Abdulhamid «Sizlar shu yerda turinglar», deb kelinlar bilan Manzurani qoldirib, o‘zi akasi tomon yurdi. O‘g‘illarining gap talashayotganidan, bojxonachilarning zarda qilayotganlaridan xavotirlangan Manzura kelinlariga «shu yerda jilmanglar», deb farzandlariga yaqinlashdi. O‘rischani durustroq bilmagani sababli nima voqea yuz berganini darrov anglamadi. Anglamasa-da, yarim o‘rischa, yarim o‘zbekchalab bolalarini himoya qila ketdi. Go‘shtdor malla bojxonachi «grajdanka, siz nari turing» deb Manzuraning bilagidan ushlaganida Abdulhamid qizishib «Nega onamni turtasan!» deganicha uning qo‘lini siltab tortdi. Dahanaki jang Manzura kelishi bilan rosmana olishuvga aylanib ketay dedi. Abdusamad ukasini chetga tortib tanbeh berayotganida Jamshid to‘siq eshigi oldidagi soqchi yigit kaftiga pul qistirdi-da, shoshganicha yigitlarga yaqinlashdi. — Kennayi, siz kelinlaringizning yoniga borib tura qoling, — dedi. Keyin Manzuraning nari ketishini kutmay, Abdulhamidning yelkasini ushlab silkitdi: — Kallang bormi, kimga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling