Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
24 olam belgilagan vaqt va manzilga yetilgunga qadar bu o‘yin davom etaveradi. Solievni quvib kelayotgan sayyod — o‘lim ayni shu bekatda saydiga yetib keldimi ekan? Buni yolg‘iz Yaratgan biladi. III b o b 1 Uchoq bekasi Maskov o‘n ikki darajali sovuq bilan qarshilayotganini e’lon qilib, ehtiyot kamarlarini bog‘lagan holda qo‘nishga tayyorgarlik ko‘rishni iltimos qildi. G‘ildiraklar yerga do‘qillab tegib, uchoq silkinganida Manzura «Xudoga shukr», deb pichirladi. Uyiga yetib olishiga hali fursat bo‘lsa-da ayriliq kunlarining tugayotgani uning qalbini quvonch nuri bilan yoritdi. Shuning barobarida shodlik quyoshi yuzini tashvish buluti to‘sishga urindi. Chuvrindining o‘limi haqidagi xabarni eshitgach, qaytish ixtiyorini bildirdi-yu, uyiga qo‘ng‘iroq qilib ahdini eriga bildirishdan cho‘chidi. Ana shu damlarda Asadbekning o‘zi qo‘ng‘iroq qilib mushkulini bir oz yengillashtirdi. Odatdagi salom-alikdan so‘ng Manzura yurak yutgan holda so‘ramoqchi bo‘ldi: — Adasi, Mahmudjonga... Savolini oxiriga yetkaza olmay erining to‘ng javobini eshitdi: — Ishing bo‘lmasin... Darvoqe, Manzura erining hayotiga, ishlariga aralashmoq huquqidan mahrum ekanini unutibdi. Asadbek, faqat u emas, balki boshqa erkaklar ham «umr yo‘ldoshi» deb atalguvchi xotinlarining chegarasini aniq belgilab qo‘yishadi. Halqadan iborat bu hudud orasidagina ayollar erlarining umrlariga yo‘ldosh bo‘lishlari mumkin, ya’nikim, to‘shakda erning ko‘nglini olish, bolalar tug‘ib berish, farzandlarni tarbiyalash, erning issiq- sovug‘idan xabardor bo‘lib turish huquqi ularga to‘laligicha berilgan. Bu huquq halqasidan bir qarich chiqish yoki chiqishga urinish, agar omadli bo‘lsalar so‘kish bilan, sho‘rpeshona bo‘lsalar kaltak bilan mukofotlanadi. Har bir ayol kabi Manzura ham bilib-bilmay ba’zan chegara chiziqlariga yaqinlashib qoladi. Erining «ishing bo‘lmasin», yoki «aqling yetmaydigan ishlarga aralashma» deb to‘ng‘illashi unga chegarada turgan askarning «To‘xta, otaman!» degan hayqirig‘iday eshitilib, yalang oyog‘i bilan cho‘g‘ni bosib olgan odam holatida iziga qayta qolardi. Asadbek so‘nggi marta qo‘ng‘iroq qilganida ham o‘z odatiga sodiq qoldi: savolining yarmini ichiga yutib «ishing bo‘lmasin», degan javobdan qanoatlana qoldi. Eri «Yana nima gaping bor?» degach, ahdini aytishga qiynalib, bir zum tildan qoldi. — Nima, o‘lib qoldingmi? Gapir, gaping bo‘lsa! — degan amrdan so‘ng tiliga jon qaytganday bo‘ldi-yu, tutila-tutila maqsadini ma’lum qildi. Bu xabarni eshitgan Asadbek jimib qoldi. Manzura vulqon otilishini kutgan bechora holida, barmoqlaridagi qaltiroqni oshkor qilmaslik uchun go‘shakni mahkamroq qisib, qulog‘iga qattiqroq bosdi-da, ro‘parasidagi o‘g‘illariga najot ko‘zlari bilan boqdi. Abdulhamid onasidagi o‘zgarishni sezib «aybni bizga yuklayvering» degan ma’noda ko‘rsatgich barmog‘ini ko‘kragiga nuqib qo‘ydi. Manzura kutgan vulqon portlamadi, vazmin, dardli ovoz eshitildi: — Seni birov haydadimi? — Yo‘q, adasi, o‘g‘illaringiz... — Samadga ber. O‘g‘lining salomiga sovuq tarzda alik olgan Asadbek qachon uchishlarini so‘rab, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling