Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
Ona qalbi bu xotirjamlik pardasi ortida yolg‘on yashiringanini sezib, Jamshidning 
ko‘zlariga tikildi. Asadbekning badanni teshib yuborguday o‘tkir nigohlariga ko‘nikib 
qolgan Jamshid uchun bu ma’suma ko‘zlarning tikilishi nima ekan? Jamshid xuddi hech 
qanday voqea yuz bermaganday, o‘g‘illari rostdan ham hozir kirib keladiganday xotirjam 
tarzda qarab turaverdi, hatto sal jilmaygan ham bo‘ldi. 
— To‘g‘risini ayt, — dedi Manzura titroq ovoz- da. — ularni... qo‘yib yuborishdimi? 
Manzura aslida «ularni qamashmadimi?» deb so‘ramoqchi edi. Ammo bu xunuk so‘zni 
tilga olishdan irganib «qo‘yib yuborishdimi?» deb so‘radi. Jamshid Manzura tilidan 
uchishi mumkin bo‘lgan savol o‘qlariga javob-qalqonlarini tayyorlab qo‘ygan edi. 
— Kennayi, bollarni ushlashgani yo‘q-ku? — Jamshid shunday deb mo‘ltillagancha tikilib 
turgan kelinlarga qarab jilmaydi. — Biz tomonlarda qog‘ozbozlikni yaxshi ko‘rishadi. 
Bitta harf noto‘g‘ri tushsa ham qitmirlik qilaverishadi. 
— Qoradorichi? — dedi Manzura pastroq ovozda. 
— Shunga ishondingizmi? Bojxonaning tomog‘i qichishsa shunaqa qiliq qiladi. Nafsiga 
urib qo‘ydim, tinchishdi. Agar rostdanam qoradori bo‘lganida qog‘ozlar to‘ldirishardi, 
hammayoqni vahimaga to‘ldirib yuborishardi. Bitta ham qog‘oz yozishmadi-ku, o‘zingiz
ko‘rdingiz-ku? 
Manzura «aldamayapsanmi?» deganday unga qarab turaverdi, paltosining yoqasini 
bo‘shatmadi. Jamshid esa o‘z onasini quchgan mehribon o‘g‘il kabi Manzuraning 
yelkasiga kaftini qo‘ydi: 
Hozir aka bilan gaplashdim, — dedi suyunchilik xabari bildirganday. 
— Aytdingmi, chaqirdingmi? 
Bu savol uning mo‘ljalida yo‘q edi, shu sababli bir oz gangidi. «Chaqirdim, keladilar» 
desa ishning jiddiyligi sezilib qoladi. «Kelmas ekanlar», desa uyga qaytishganida bu 
yolg‘oni ham fosh bo‘ladi. Jamshid «Nima bo‘lganda ham uyga yetib borishaverishsinchi» 
degan fikrda: 
— Akam kutyaptilar. Aslida bir-ikki kun Maskovda aylantiray devdim... 
Jamshidning gapi chala qoldi. Manzura qo‘lini uning yoqasidan olib salgina chekindi-da: 
— Ha, Maskoviyam juvonmarg bo‘lsin! — dedi. 
Bu gapdan Jamshid jonlandi: 
— Akam ham shunday dedilar. Hozir sizlarni kuzatib qo‘yar ekanman. Bolalar bilan o‘zim 
izma-iz yetib boraman. 
Manzura «shunday qilamizmi?» deganday kelinlariga qarab oldi-da, ulardan javob 
kutmay qarorini aytdi: 
— Birga ketamiz. Bir kun ming kun emas, kuta- miz. 
— Bilmadim... — Jamshid siquvga olib ularning hadikdagi yuraklarini yanada ezmaslik 
uchun sukut saqladi. So‘ng ilojsiz odamning ovozi bilan davom et-di: — Akam nima der 
ekanlar. Hozir odam keladi. 
— Kim? 
Kim kelishini Jamshidning o‘zi ham bilmas edi. Shu sababli mujmal javob qildi: 
— Akam shu yerdagi yaqinlariga tayinlabdilar. Agar xohlasangiz telefonni ulay, akam 
bilan o‘zingiz gaplasha qoling. 
Jamshid Manzurani ko‘ndirish uchun atayin shunday dedi. U yanglishmadi — mo‘ljalni 
aniq oldi. Eri bilan gaplashish haqidagi taklifni Manzura o‘ylab ham o‘tirmay rad qildi: 
— Yo‘q... kerakmas. 
Manzura xonaga kirishi bilan uyga qo‘ng‘iroq qilishni o‘ylagan edi. Ammo erining qahrli 
ovozini eshitishdan cho‘chidi. «Bunga sen o‘zing aybdorsan!» degan hukmdan 
qo‘rqdi. Hozir ham ana shu qo‘rquv tirnoqlari orasida «yo‘q» deb qaytish haqidagi amrga 
bo‘ysunmoqdan o‘zga chorasi yo‘qligini angladi-yu, bu bilan Jamshidning mushkulini 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling