Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
...Darvoza ostonasidan to mehmonxonaga qadar oq poyandoz to‘shalgan... Boshlariga 
oq harir ro‘mol tashlagan kelinlari qutlug‘ qadamlari bilan poyandozni bosib ostona 
hatlaydilar. Ichkariga bir qadam qo‘yadilaru egilib salom beradilar — taomil shunday: 
xonadonga, mehmonlarga, shuning barobarinda muborak kunda yo‘qlab kelgan ruhlar 
hurmatiga salom beriladi. Kimdir «hayotlari shirin bo‘lsin» degan niyat bilan kelinlari 
boshi ustidan shirinlik sochadi. Adasi (ya’ni Asadbek!) «hayotlari to‘kin bo‘lsin», degan 
niyatda pul sochadi. Keyin avval kelinlarining, so‘ng o‘g‘illarining peshonasidan o‘padi. 
Agar birov kelib Manzuradan «Bu dunyoga nega keldingu nega yashading?» deb so‘rasa 
u «mana shu baxtli onlarni ko‘rish uchun yashadim» deb javob bermog‘i aniq edi. Endi-
chi? 
Poyandoz solish birovning xayoliga kelarmikin? 
Sochqi sochish-chi? 
Eri, Asadbek nimani sochadi, pulmi? 
Endi pul emas, zahrini sochadi... 
Manzura erining qay holda qarshilashini ko‘z oldiga keltirib, battar ezildi. 
Bulutlar bag‘ridan yulqinib chiqqan uchoq titrog‘i bosildi. Lekin Manzuraning yuragidagi 
titroq so‘na qolmadi. Ko‘z ilg‘amas kenglikdagi osmon uning ko‘ziga tor ko‘rindi. Pastdagi 
bulutlar o‘rkachining go‘zalligi uni maftun etmadi, balki do‘zax o‘tlarining tutuni bo‘lib 
ko‘rindi ko‘ziga. U uchoqda uchmadi, badbaxtlik tikonlari ustidan yalangoyoq yugurib 
yetdi manziliga. 
Uchoq qo‘ngach, o‘rnidan turishga shoshilmadi. Savol nazari bilan qarashgan kelinlariga 
«odamlar tushib olaverishsin, turtinib yurmaylik», deb izoh berdi. Agar orada tashvish 
olovi yonmaganida, o‘g‘illari bag‘rida bo‘lganida bunday demasdi, o‘zi birinchi bo‘lib 
oshiqib tushardi, qush kabi oshiqib uchardi uyi tomon. Hozir esa eri bilan uchrashish 
onlarini bir necha soniyaga bo‘lsa-da, ortga surishni istadi. Go‘yo sal kechroq tushsa, 
o‘g‘illari ortdagi uchoq bilan izma-iz yetib kelib, uni erining qahrli nigohidan qutqarib 
qoladiganday edi. 
Uchoq zinapoyasidan o‘ttiz qadamcha naridagi ikki oq «jiguli» yonida turgan 
Kesakpolvon Manzurani ko‘rishi bilan unga peshvoz chiqib, so‘rashdi. Keyin kelinlarning 
salomiga alik olib, «qiynalmay keldilaringmi?» deb qo‘ydi. Manzura erining kutib olishiga 
unchalik ishonmasa-da, «keldilarmikin?» degan ham ilinj, ham xavotirda mashinalarga 
qarab oldi. 
— Kelinlarning naq shkaladidan topibsan, Manzur! — dedi Kesakpolvon tirjayib. 
Bu gap Manzuraga malol kelsa ham, yuragidagi g‘amni sezdirib qo‘ymaslik uchun bosh 
irg‘ab jilmayishga urindi. Cho‘lponoy ham, Mushtariy ham «Manzur» deb sensirashidan 
bu past bo‘yli jikkak odamni yaqin qarindoshlardan shekilli, deb o‘ylashib «kelinlarning 
naq shkalad»i qanday ekanini anglashmagan bo‘lishsa-da, asta jilmayib qo‘yishdi. Garchi 
Asadbek bir necha marta «Bu senga kennayi bo‘ladi, sizla» deb tanbeh berganiga 
qaramay «sen oshnamsan, bu singlim», deb o‘z bilganidan qolmagan Kesakpolvonning 
sansirashiga avvallari Manzura befarq qarardi. Ammo hozir kelinlari huzurida malol keldi. 
— Pattani ber, yuklaringni bolalar oladi. 
— Yuklarni... ukalaringiz olib kelishadi. 
— Ha... Asad aytuvdi. 
Manzura old o‘rindiqqa, Halimjonning yoniga o‘tirdi. Kelinlar orqa o‘rindiqdan joy olishdi. 
Kesakpolvon o‘tirgan mashina izma-iz yurdi. 
Darvoza ostonasidan to mehmonxonaga qadar bo‘lmasa-da, uch-to‘rt qadam uzunlikda 
poyandoz solingan edi. 
...faqat sochqi sochilmadi. 
...Manzuraning baxtiga g‘azabli nigohdan ta’na o‘qlari ham yog‘ilmadi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling