Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
38 — Tilyog‘lamalik qilma. Men bilan ishlagan odam hech qachon baxtli bo‘lmaydi. Sen O‘zbekistonga boraver, nima qilishingni keyin aytaman. — Men avval o‘zim borib, joy-poy qilsam... — Ha, albatta, bir o‘zing borasan. Oilang esa Moskvada turadi. Sen u yerda boshqaga uylanib, maisha-tingni qilaver. Mamatbey, buning o‘ynashlaridan xabar olib keldingmi? Mamatbey bosh barmog‘ini ko‘rsatib, «Zo‘r!» degan ishorani qilganicha ishshaydi. Selim esa oilasi garovda ekanini anglab zil ketdi. — Balki Bokuda... — deb gap boshlagan edi, Xongirey unga o‘qraydi. — Galvars! Odamlar Moskvada yashashga yetisholmaydilaru sen noz qilasanmi? Agar halol ishlasang, uch yildan so‘ng ana u yerda, — Xongirey ustozi o‘tirgan yerni imlab ko‘rsatdi, — o‘tirasan. Xongirey shu gapni aytgach, Selim masala hal bo‘lganini anglab, o‘rnidan turdi. Ostonaga yetay deganida Xongirey uni to‘xtatdi: — Hosildan qo‘rqma, u ham o‘lgan. Selim bu xabarni endi eshitganday, Xongireyga ajablanib qaradi. Xongirey boshqa gapirmadi. Ichida «Ha, tulki!» deb qo‘yib so‘kindi. Bir necha soatdan so‘ng Kesakpolvon qo‘ng‘iroq qilib, Asadbekning Moskvaga qarab uchganini bildirdi. 2 Bu voqeadan to‘rt kun avval Asadbek Chuvrindining janozasidan so‘ng eski uyiga kelib o‘tirganida Xongirey Moskvadan salkam ikki yuz chaqirim narida joylashgan Shaxovskoy deb nomlanuvchi o‘rmon bag‘rida barpo etilgan qarorgohida maishat qilib yotardi. Chuvrindining o‘limi xususidagi Kesakpolvonning xabari unga aynan shu yerga yetkazilgandi. O‘shanda Xongirey xushxabarni aytgan Mamatbeydan: — Asadbekning o‘g‘illari Germaniyada edimi?— deb so‘rab, savoliga javob kutmayoq amr etgan edi: — Xabar olchi, har holda qadrdonimning bolalari, uyiga qaytadigan bo‘lishsa, Moskvada uch-to‘rt kun mehmon qilaylik. Ularni qanday kutib olish, qanday mehmon qilish rejasi aynan o‘sha yerda, o‘sha damda pishib yetilgan edi. Yovlashib qolgan ikki odamning biri otasidan qolgan eski uyida, bolalik chog‘ida basharasiga tuflab, xalq dushmani o‘g‘liga nafratini izhor etgan do‘stlari uchun osh damlatib o‘tirardi. Do‘stlarini kutayotgan Asadbekning xayoli bolalik xotiralari bilan emas, balki ukasiday qadrdon bo‘lib qolgan Chuvrindining halokati bilan band edi. Shaxovskoydagi qarorgohda esa Xongirey shoxona dasturxon tuzab, o‘g‘rilar olamiga kirib topgan Kats, Yaponchik, Tengiz, Jamal, Mixas, Karo, Yakutyonok kabi laqablar bilan nom chiqargan do‘stlarini kutayotgan edi. Mazkur maishat Kozlov saltanatining barbod etilgani suyunchisi edi. Xongirey shu ziyofat bahonasida O‘zbekistonda ham to‘la nazorat o‘rnata boshlaganini ma’lum qilib, «senlar u tomonlarga burinlaringni tiqmalaring», deb ishora qilib qo‘ymoqchi edi. Osmonga hukmini o‘tkazishga, quyosh yuzini to‘sishga ahd qilgan qora bulutlar ohista va sokin suzib yurgan bo‘lsalar ham, ulardan qo‘rqqulik. Yetarli quvvat to‘plagach, bir-biriga yaqinlashadi-yu, yashin chaqnab hamma-yoq ostin-ustin bo‘lib ketadi. Shamol ularni haydab, quyosh yuzi ochilgunga qadar qora bulutlar bag‘ridan to‘kilgan do‘l ekinlarni payhon qilishga ulguradi. Shaxovskoydagi qarorgoh bilan Asadbekning eski uyi orasida salkam beshming chaqirim masofa bo‘lsa-da, bu ikki joyni, bu ikki jonni ko‘zga tashlanmas iblisning zulm iplari bir-biriga bog‘lab turardi. Qora bulutlarni-ku shamol haydar, ammo qora niyatlarga nima to‘siq bo‘la olar ekan? Asadbek «do‘stlar davrasida bir oz taskin toparmikinman», deb yanglishgan edi. Tancha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling