Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
gaplari uzildi. 
— Kennayi, qo‘shnilardan qaynoq moshxo‘rda chiqdi. Bek aka, siznikini qatiqlamadim-a? 
Xumkalla shunday deb kosalarni dasturxon ustiga qo‘yayotganida kelin yuziga 
ohistagina fotiha tortib, o‘rnidan turdi-da, «Men ichkarida icha qolaman», deb eshik 
tomon yurdi. 
— Kennayi, siznikini olaveraymi bo‘lmasa? — Xumkalla shunday deb bitta kosani patnis 
ustiga qo‘yib, iziga qaytdi. 
Chuvrindining o‘g‘li Xumkalla kirishidan to chiqquniga qadar unga g‘alati qarash bilan 
qaradi. Asadbek buni sezib, u ham Xumkallaga tikildi. Tikildi-yu, unda sarosima yoki 
dovdirash holatini ilg‘amadi. Ko‘proq Chuvrindi bilan birga bo‘luvchi Xumkallaning fe’lini, 
qiliqlarini yaxshi bilmagani uchun ham Asadbek hech nima sezmadi. 
Asadbek ota uyidagi palovxo‘rlikda Jalilning zo‘ri bilan uch-to‘rt qoshiq osh yegan edi. 
Boshqa payt bo‘lganida balki taomning hidi nafsni qitiqlab uyg‘otardi. Ammo bir necha 
soat oldin o‘lik chiqqan uyda nafs uyg‘ona olmadi. Asadbek ko‘ngil uchun qo‘liga qoshiq 
oldi-da, ovqatga botirib aylantirdi. 
— Ich bolam, sovutma, — dedi mehribonlik bilan. 
Chuvrindining o‘g‘li ham ko‘ngil uchun bir qoshiq ichib opoq dadasiga qarab oldi. 
— Kechasi telefon qilgan odamning ovozini tanidingmi? — deb so‘radi Asadbek, kosani 
sal nari surib. — Men adanglarni chaqirmagan edim. Bu gap oramizda qolsin. Ayangga 
ham aytma. Ovozni kimga o‘xshatding? 
Umid yelka qisib, yerga qaradi. 
— Aytaver, qo‘rqma. Bu tasodifga o‘xshamayapti. Agar adanglarni... o‘ldirishgan 
bo‘lsa... unda sen... ularni o‘ldirasan. Ketgan kelarkan, ketmonlagan qaytib kelmas 
ekan. Men bu ishning tagiga yetaman. G‘alamisni topib o‘ldirmasak, adanglar bizdan rozi 
bo‘lmaydi. Hayot shunaqa, Umidjon bolam, erkak odam qasos uchun yaralgan. 
Asadbek hayot haqidagi, yaralish va o‘lim to‘g‘risidagi, mehr va zulm xususidagi o‘z 
dunyoqarashi, o‘z xulosalariga tayanib aytdi bu gaplarni. U «al qasosul minal Haq» —
«qasos Haqdandir» degan haqiqatning ma’nosiga yetmas edi. Asadbekday odam bu 
haqiqat mag‘zini chaqolmasa hayotning achchiq mevasini endigina totgan bu yigit nima 
desin? Yarim tunda otasining o‘limi haqidagi xabarni eshitiboq «adamni o‘ldirishibdi», 
degan xayolga bandi bo‘lib qolgan yigitga Asadbekning hozirgi gaplari qanot berdi. U 
otasining murdasi uyga olib kelinib, g‘assolning qo‘liga topshirilgunicha ham, Yerga 
topshirilib, to fotihachilar oyog‘i uzilgunicha ham «Kim o‘ldirdi?» degan savolga javob 
topmoq istadi. Ko‘ngil so‘rovchilarning aksari uning ko‘ziga qotil bo‘lib ko‘rindi ham. 
«Bandalik...» degan so‘zlari yigitning qulog‘iga «Bopladik...» deganday eshitildi. Hatto... 
«opoq dada» deb erkalab mehr qo‘ygani Asadbek ham bu ro‘yxatga bir kirib chiqdi. 
Hozir opoq dadasining dardli ohangdagi gaplarini eshita turib undan gumonsiragani 
uchun uyaldi. 
— Ota-bobolarimiz hamisha shunday qilishgan, — dedi Asadbek. — Biz ham shunday 
qilamiz. Agar sen bilan men eplay olmasak, ukalaring ulg‘ayganida o‘ldirishadi u palidni. 
Agar ukalaring katta bo‘lgunicha u o‘lib qolsa, iflosligi uchun bolalari javob beradi. Hukm 
shu. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Endi ayt, ovozni tanidingmi? — Umiddan sado 
chiqavermagach, Asadbek uning hozirgi qarashiga asoslanib — Xumkalla emasmi? — 
deb so‘radi. 
Umid opoq dadasiga bir qarab oldi-yu, ishonchsizlik bilan bosh irg‘adi. 
— Bo‘pti, birovga og‘iz ochma. Sen qarashingdan gumoningni sezdirib qo‘yyapsan. 
Chaqirgan Xumkalla bo‘lsa, chaqirtirgan kim? Bu yog‘iga aralashmay turasan. 
Bolaning tashqi ko‘rinishi otaga o‘xshagani bilan fe’li hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi. 
Umidning bo‘y-basti otasiga tortsa-da, qiziqqonligi o‘xshamasdi. Yosh yigitlardan 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling