Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
Kesakpolvon hozircha o‘z taxtida o‘tirgan hojasining olazarak qarab qo‘yishlarini sezdi, 
Halimjonni chaqirib qulog‘iga shivirlaganini ko‘rganda sergaklandi. Halimjon ketgach
Asadbek a’yonini imlab chaqirdi. 
— Dasturxonga qarab qo‘ysang bo‘lmaydimi? — dedi Asadbek bir oz zardali ohangda. — 
O‘lar joyda emasmiz-ku, yo bozorda meva-chevaning urug‘i qurib ketibdimi? 
— Endi... ma’rakada siporoq bo‘lsin, debman-da. Hozir qotiramiz, — deb o‘zini oqladi 
Kesakpolvon. 
— O‘tir,— dedi Asadbek, — Halimni jo‘natdim. Sen yigirmani o‘yladingmi? 
— Ha, o‘n to‘qqiz kunda qilamiz. Mahmudning hurmati bor, darrov o‘tkazib yuborsak, 
ayb bo‘lar. 
— Qaerda bo‘ladi? 
— Shu yerda, hovlisi keng, bemalol. 
— Osmonga qarab qo‘y-chi? 
— Uch-to‘rtta parashyut olib kelib to‘sib tashlaymiz. 
— Bo‘lmaydi. Anhor bo‘yini gaplash. Tuzukroq qorilarni ayttir. 
— Qorilarning xo‘rrozini toptiraman. Yo Sobitxoningni Qo‘qondan oldirib kelaymi? 
— Uni bezovta qilma. Sen bundan buyog‘iga yigitlarga ko‘z-quloq bo‘lib tur, bevoshlik 
qilishmasin. Avval ham aytuvdim, a? Esingdami? Zamonga qaralaring, noziklashib qoldi. 
Qozixonangni yopdingmi? 
— Allaqachon yopib tashlaganman. 
— Hosilning bollari tinch yuribdimi? 
— Gah, desang qo‘lingga qo‘nadigan qilib qo‘yganman. 
— Haydar, endi ikkalamiz qoldik. Birga boshlagan edik, oxirida ham ikkalamiz qoldik. 
— Oxirida deganing nimasi? 
— Hamma narsaning oxiri bo‘ladi, og‘ayni. Men senga suyanaman, meni yolg‘izlatma. 
Asadbekning dardli ohang libosiga o‘rab aytgan bu yolg‘oni xuddi rost gapday eshitilib, 
Kesakpolvonni eritdi. «Ha, endi o‘limini bo‘yniga olibdi», degan fikr xayolini bir yoritdi. 
Asadbekning yelkasiga qo‘lini tashlab, mehribonlik bilan quchdi: 
— Unaqa sovuq nafas qilma, oshna. Hali qiladigan ishimiz ko‘p. 
— Buni to‘g‘ri aytding. Qiladigan ishimiz ko‘p... 
Asadbek shunday deb a’yoniga qaradi. Bu qarash zamirida «Sening ishing taxtga chang 
solish, mening ishim esa boshqa», degan ma’no yashiringanini Kesakpolvon fahmlamadi. 
Shu payt xizmatchi yigitlardan biri yaqinlashib, Moskvadan Xongirey so‘rayotganini 
aytdi. Asadbek Kesakpolvonga savol nazari bilan qaradi-da, o‘rnidan turib, mehmonxona 
tomon yurdi. A’yoni esa ikki qadam qo‘yib ergashdi-yu, so‘ng to‘xtadi. Asadbek bundan 
sergaklandi: «Nega to‘xtadi? Xongireyning gapiga nega qiziqmadi?» 
Shaxovskiydagi qarorgohidan mehmonlarni kuzatib, Kozlov masalasida ham, Asadbek 
masalasida ham muddaosiga yetgan Xongirey hol so‘ragach, qayg‘uli xabar eshitganini 
aytib, ta’ziya bildirdi-da: 
— Asad, men doimo sen bilan birgaman, — deb tasalli berdi. 
Asadbek minnatdorlik bildirgach, qisqa suhbat yakun topdi. Xabarning Moskvaga yetgani 
ajablanarli hol emas. Telefon go‘shagi ko‘tarilsa, bir-ikki daqiqada har qanday xabar 
Moskva nima, dunyoning narigi chekkasiga ham yetadi. Lekin o‘sha go‘shakni kim 
ko‘targan, kim Xongireyning raqamlarini tergan? «Xongireyning shu atrofda izg‘ib 
yurgan laychalarimi yo bag‘rimda isinib yotgan ilonlardan birimi?» — deb o‘yladi 
Asadbek iziga qaytar chog‘ida. — «Sen bilan birgaman», dedi. Ha, albatta, birgasan. 
O‘lsam ham seni birga olib ketaman». 
Kesakpolvon joyiga qaytib o‘tirmay, darvozaxonada turgan edi. Asadbekni qarshilab 
ko‘zini olib qochgan holda: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling